O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 2003-YIL 28-IYUNDAGI 290-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qarori)”, qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 29-martdagi 148-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
a) 1-bandning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga oid ikkinchi xatboshi hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 30-band bilan to‘ldirilsin:
“30. Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi”;
v) 5-ilovada:
6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, o‘simliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga, begona o‘tlarga va chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish”;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“kompleks tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar tarqalishi imkoniyatlarini o‘rganadi va prognozlashtiradi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kimyoviy va biologik himoya vositalari, stimulyatorlar bilan ta’minlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish sohasida qishloq xo‘jaligi korxonalari va aholini metodik ta’minlashni, shartnoma asosida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish ishlari bajarilishini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘ta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
o‘simliklarni himoya qilish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi”.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-iyun,
257-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 22-23-son, 262-modda; 2006-y., 48— 50-son, 488-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda)