Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 19.09.2002 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan tuzilgan yozma bitimlar asosida faoliyat ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organining tuzilmasi shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 5 nafardan iborat bo‘lgan holda (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ikki oy muddatda tijorat banklari bilan tegishli yozma bitimlar tuzilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, yangidan tashkil etiladigan tijorat banklari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan bank operatsiyalari o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziya olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay yozma bitimlar tuzishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga majburiy badallar to‘lash va ma’lumotlar taqdim etish tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organini joylashtirish, uni o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur texnika va aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qaroriga
1-ILOVA

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (bundan buyon matnda “Fond” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (bundan buyon matnda “fuqarolar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fond o‘z faoliyatida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fond yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, o‘z ramzi tasviri tushirilgan va nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fondning ustav sarmoyasi tijorat banklarining bir yo‘la to‘lanadigan majburiy badallari hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fond o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zining butun mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Fond mol-mulkini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘lar qo‘yishdan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bir yo‘la to‘lanadigan va kalendar badallar banklarning Fondga to‘laydigan majburiy badallari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning Fondga bir yo‘la to‘laydigan badali bankning amalda shakllangan ustav sarmoyasi miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kalendar badal banklar tomonidan yilning har choragida Fondga o‘tkaziladigan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Kalendar badallarning miqdori “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kafolatlanishi lozim bo‘lgan fuqarolar omonatlarining amaldagi qoldig‘iga qarab yil choragi uchun Fondning kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan miqdorda belgilanadi, biroq u omonatlar umumiy summasining 0,5 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. To‘langan kalendar badallar summasi bankdagi omonatlar qoldiqlari umumiy summasining 5 foiziga yetganda banklar tomonidan kalendar badallarni to‘lash to‘xtatiladi. Fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldiqlari umumiy summasi o‘zgarganda, Fondga to‘langan kalendar badallarining summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fondning pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Fondning maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan shartlarda va hajmda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi uchun bank litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha kafolatli haq to‘lash Fond faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fond tomonidan kafolatli haq to‘lanishi bank qayta tashkil etilishi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan taqdirda joriy etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ta’minlash uchun banklarning majburiy badallarini jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamlangan mablag‘lardan mazkur Nizomda belgilangan maqsadlar va tartibda foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Fondning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fond quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklardan fuqarolarning banklardagi kafolatlanadigan omonatlarining soni va miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘larini davlat qimmatbaho qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fond mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalar Fondning kuzatuv kengashi qarori bo‘yicha, u har yili tasdiqlaydigan Fond budjeti doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fondning moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fond quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnashchi banklar ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Fondni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Fondning kuzatuv kengashi Fond faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Fondning kuzatuv kengashi vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kalendar badallari stavkalarini, ularni to‘lash hisob-kitobi tartibi va muddatlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda agent bankni tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablag‘larini davlat qimmatbaho qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyat uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondning ijro etuvchi organini shakllantirish va uning faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditor tashkilotni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(19-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fond kuzatuv kengashi majlislari uning raisi yoki kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Fondning kuzatuv kengashi agar majlisda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa qaror qabul qilishga haqli. Fond kuzatuv kengashi qarorlari ular uchun qatnashganlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda Fond kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Fond direksiyasi Fondning ijro etuvchi organi hisoblanadi, u joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Fond faoliyati uchun javob beradi. Fond direksiyasi tarkibiga direktor, direktor o‘rinbosari va bosh buxgalter kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Fond direksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar tomonidan bir yo‘la va kalendar badallarning o‘z vaqtida to‘liq o‘tkazilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy faoliyat uchun xarajatlar smetasi to‘g‘risidagi takliflarni Fond kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(23-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fond direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondning joriy faoliyatini tashkil qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarida,boshqa muassasalarda, shu jumladan xorijiy davlatlar muassasalarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda Fond nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnomasiz Fond nomidan ish ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim yo‘riqnomalarini va Fondning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond nomidan da’volar bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
(24-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond direktori Fondning kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi bilan qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Banklarning Fond bilan yozma bitimlar tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bank Fond bilan yozma bitim tuzish uchun fuqarolarning bankdagi kafolatlanishi lozim bo‘lgan omonatlarining soni va qoldiqlari miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda Fondning kuzatuv kengashiga murojaat qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Fond kafolatnomasi bank Fond bilan yozma bitim tuzgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bank yozma bitim tuzilgandan keyin uch kalendar kundan kechikmay bir yo‘la to‘lanadigan badalni Fondga o‘tkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28.Fond O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini tuzilgan yozma bitimlar va bir yo‘la to‘lanadigan badallar banklar tomonidan Fondga to‘langani to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Fond bilan yozma bitimlar tuzgan banklar reyestri ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Banklar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank nomiga o‘zgartirishlar kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank qayta tashkil etilganda Fondni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fond bilan yozma bitim tuzgan bank nomi o‘zgargan taqdirda bankdan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganini va litsenziyaning qayta rasmiylashtirilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan vaqtdan boshlab o‘n ish kuni mobaynida reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qayta tashkil etish natijasida yangi paydo bo‘lgan bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kunidan boshlab uch ish kuni mobaynida Fond bilan yozma bitim tuzishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Bankni Fonddan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bank qayta tashkil etilganda yoki belgilangan tartibda tugatilganda Fond oldidagi barcha majburiyatlarini bajargandan keyin Fond bilan yozma bitim tuzgan banklar reyestridan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bankni Fond bilan yozma bitim tuzgan banklar reyestridan chiqarish Fondning kuzatuv kengashi qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bankning Fond bilan yozma bitim tuzgan banklar reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma u reyestrdan chiqarilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida matbuotda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Fondni tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 17-18-son, 137-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)