26.08.2016 yildagi PQ-2580-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida O‘zbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va eksplutatsiya qilish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar va yo‘l o‘tkazgichlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiyasi hamda yer usti transport tizimlari sohasida xalqaro standartlarga muvofiq sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yo‘llari hamda boshqa muhandislik yo‘l inshootlarini loyihalash va qurish, qurilishda yangi materiallar va texnologiyalarni tatbiq etish, konstruksiyalar mustahkamligini va energiya samaradorligini oshirish, materiallar hajmini kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, yer usti transport tizimlari logistikasi, ularni tashkil etish hamda ulardan foydalanish borasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasi va texnologiyalarini chuqur o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy materiallardan keng foydalanish, yo‘l qurilishi hamda yo‘l-qurilish texnikasi va transport tizimlaridan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, tonnellar, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar puxta ishlashini ta’minlashga yo‘naltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borishga, tematik ishlarni bajarishga talabalar va professor-o‘qituvchilarni keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish va ilmiy-ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadida chet ellardagi yetakchi turdosh (ixtisoslashgan) oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutida kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, institutning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 442-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tugatilayotgan Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining rahbarlari va professor-o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazib, so‘ngra institutning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining fakultet va kafedralarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 30-avgustga qadar muddatda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavriat va magistratura talabalarining respublika turdosh (ixtisoslashgan) oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti bakalavriati va magistraturasiga har yilgi qabul kvotalarini shakllantirishni turdosh (ixtisoslashgan) loyiha va yo‘l-qurilish tashkilotlari, eksplutatsiya qilish korxonalari va buyurtmachilar xizmatlarining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan istiqboldagi talab-ehtiyojlari asosida amalga oshirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 442-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 442-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti o‘quv auditoriyalari va o‘quv-ilmiy laboratoriyalari zamonaviy texnik vositalar, maxsus sinov mashinalari, stendlar, asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek o‘quv binolari va talabalarning yashash joylari muhandislik infratuzilmasi bilan kompleks holda rekonstruksiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi ta’lim va ilmiy markazlar, tashkilotlar va korxonalarning, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning eng tajribali, yuqori malakali mutaxassislarini o‘quv jarayoniga shartnoma asosida jalb etishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2580-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga
1-ILOVA

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI

Ishchilarning cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibini hisobga olmagan holda) — 223 nafar, shu jumladan ma’muriy-boshqaruv xodimlari — 38 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga
1-a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti fakultetlari va kafedralarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Klassifikator bo‘yicha shifr

Ta’lim va mutaxassisliklar yo‘nalishi

Bakalavriat

1.

5340800

Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish

2.

5310600

Avtomobil transporti, yo‘l-qurilish mashinalari �a uskunalari ekspluatatsiyasi

3.

5620100

Transport logistikasi (avtomobil transporti)

4.

5110014

Kasb-hunar ta’limi (avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish va ekspluatatsiyasi, avtomobil transporti)

Magistratura

1.

5A340801

Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish

2.

5A620101

Transport logistikasi

3.

5A310602

Avtomobil transporti va yo‘l-qurilish texnikasi ekspluatatsiyasi

4.

5A340205

Ko‘priklar, tonellar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 35-son, 409-modda; 2017-y., 28-son, 442-modda)