Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
254-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-avgustdagi 254-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan ogʻishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 390-modda)