Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018 27.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2679-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 27.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2679-1
Kuchga kirish sanasi
01.08.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2679-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3020, 01.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 177-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2679, 2015-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 297-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (Z. Maxmudov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir M. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, adliya organlarida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi), shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari (bundan buyon matnda xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari deb yuritiladi), diniy tashkilotlar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishini, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual hamda boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Mazkur Nizom siyosiy partiyalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar, diniy tashkilotlarning ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Quyidagi tadbirlarni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning ustaviga (nizomiga) muvofiq uning rahbar organlari yigʻilishlari, NNTning, shu jumladan xalqaro va chet el NNTning vakolatxona va filiallari tomonidan ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkilot faoliyati bilan bogʻliq oʻtkaziladigan tadbirlari, basharti ularda uchinchi shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari) ishtirok etishi nazarda tutilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olish talab qilinadigan faoliyat turi boʻyicha tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega boʻlgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan oʻtkaziladigan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat dasturlari va milliy rejalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida oʻtkazilishi nazarda tutilgan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida oʻtkaziladigan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlari (vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnoma nusxasi taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishish talab etilmaydigan tadbirlar haqida adliya organiga tadbir oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin yozma ravishda xabar beriladi, bundan boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etish hollari mustasno.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 4, 5 va 11-bandlardagi “xalqaro va xorijiy” degan soʻzlar “xalqaro va chet el” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tegishli adliya organida roʻyxatdan oʻtgan ikki yoki undan ortiq NNT tomonidan hamkorlikda tadbir oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlsa, ushbu tadbirni oʻtkazishni kelishish yuzasidan tashkilotchi NNTlarning biri tomonidan murojaat qilinishi yetarli hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish uchun NNT tadbir oʻtkazilishi moʻljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin, xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan tadbirlar boʻyicha tadbir oʻtkazilishidan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻlsa, ularning tashrifidan kamida bir oy oldin tegishli adliya organiga yozma ravishda murojaat etishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar soni va maqsadli guruhlar (voyaga yetmaganlar, talabalar, ayollar va h.k);”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 9-banddagi “uchinchi va oltinchi xatboshilarida” degan soʻzlar “oltinchi xatboshisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Tadbirda xorijiy davlat fuqarosi (fuqarolari) ishtirok etishi rejalashtirilayotgan boʻlsa, mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda xorijiy davlat fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tugʻilgan joyi va sanasi, fotosurati, ish joylari koʻrsatilgan maʼlumotnoma hamda uning kelib-ketish dasturi taqdim etilishi kerak, bundan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlat fuqarolari mustasno.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolar ishtirok etishi nazarda tutiladigan tadbirlarni kelishish haqidagi hujjatlar adliya organi tomonidan yigirma besh kun ichida koʻrib chiqiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizomning 14-15-bandlarida koʻrsatilgan holatlar adliya organlari tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqishning umumiy muddatiga taʼsir qilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 18-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mazkur Nizomda nazarda tutilgan hamda adliya organlari tomonidan Nizomning 15-bandiga asosan soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 22-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Adliya organi NNTga oʻtkaziladigan tadbirda oʻz vakilining ishtirok etishi haqidagi maʼlumotni yozma ravishda berishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Adliya organi zarur hollarda NNTdan tadbir oʻtkazilgandan soʻng tegishli maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 369-modda)