17.06.2016 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida” 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng shu mazmunda qaytadan ariza bilan murojaat etish arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmasligiga qaratilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-band “bekor bo‘lishi” va “bekor qilingan” degan so‘zlardan keyin tegishincha “yoki o‘zgartirishi” va “yoki o‘zgartirilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) o‘zbekcha matni 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “ariza” degan so‘z “shikoyat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 15.2-bandi “da’vo arizasini qaytarish,” degan so‘zlardan keyin “apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2016-yil 27-yanvardagi 142-sonli qarori quyidagi mazmundagi 13.3-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13.3. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisi bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar ko‘rishi hamda ular haqida kreditorlar yig‘ilishiga, xo‘jalik sudiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalarining (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) 9-bandiga binoan, qarzdorning arizasiga ko‘ra, bankrotlik to‘g‘risida xo‘jalik sudi tomonidan ish qo‘zg‘atishning barcha holatlarida soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida ro‘yobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlar qarzdorning arizasi bo‘yicha bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda va kuzatuv joriy etilganda, ajrim bilan muvaqqat boshqaruvchisiga qarzdorning soxta bankrotligi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyatini yuklashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarning 21-bandiga muvofiq bankrotlikni yashirish alomatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlari jarayonida davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik tartibotlari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlar kuzatuv joriy etish to‘g‘risidagi ajrim (bankrotlik to‘g‘risidagi ish qarzdorning arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan holat bundan mustasno), tashqi boshqaruv yoki sanatsiya joriy etish haqidagi ajrim, shuningdek qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni ochish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bilan sud boshqaruvchisiga bankrotlikni yashirish belgilari mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyatini yuklashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarning 25-bandiga muvofiq qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb e’tirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin amalga oshirilishi bois, sudlar qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni ochish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida sud boshqaruvchisiga bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etish majburiyati yuklanishi to‘g‘risida ko‘rsatishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori Qoidalarning 39-42-bandlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tashkil etilgan xulosani hamda unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha fikrni taqdim etish uchun doimiy ishlovchi Komissiya xulosani va unga ilova qilingan materiallarni xo‘jalik sudi tomonidan murojaat tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqishi va o‘zining fikrini xo‘jalik sudiga taqdim etishi kerakligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlar soxta bankrotlik (bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish) belgilari mavjudligi to‘g‘risidagi sud boshqaruvchisining xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni darhol mazkur Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun yuborishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshisidagi “mashinkada terilgan” degan so‘zlar “mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 12-banddagi oxirgi jumla quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunday talab da’vo predmeti bo‘lmagan yangi talab hisoblanishi sababli, ko‘rib chiqilmasligi va mazkur talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkinligi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar inobatga olishi lozimki, ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, xo‘jalik sudi tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Biroq, ishga jalb qilingan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsning yuridik shaxs maqomiga ega emasligini yoki fuqaro (jismoniy shaxs) ekanligini vaj qilib, ish yuritishni tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va uning hududiy boshqarmalarining” degan so‘zlar “va uning hududiy boshqarmalarining palata a’zosining manfaatlarini ko‘zlab berilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 27-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlar ham XPKda belgilangan tartibda sudga javobgarning manfaatida qarshi da’vo berishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlaring qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4.3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ish XPKning 33-moddasiga asosan boshqa xo‘jalik sudiga ko‘rish uchun o‘tkazilganda, sud tomonidan avval to‘langan davlat boji (pochta xarajatlari) inobatga olinishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 24-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, kelishuv bitimini tasdiqlashda davlat boji da’vo arizasida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqib hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 26.5-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26.5. SK 330-moddasining 25-bandiga ko‘ra., yuridik va jismoniy shaxslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlari bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday talab qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan undiriladi, talabni qanoatlantirish rad etilgan holda, esa davlat boji arizachidan undirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xo‘jalik sudiga yuridik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning manfaatida prokuror, davlat va boshqa organ tomonidan berilgan da’voni qanoatlantirish rad etilganda (ish yuritish tugatilganda, da’vo ko‘rmasdan qoldirilganda), manfaatlari himoya qilinib da’vo berilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi, XPK 86-moddasining 7-bandiga asosan kelishuv bitimi tasdiqlanishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bundan mustasno. Mazkur qoida manfaatlari himoya qilinib da’vo berilgan shaxsning o‘zi, ya’ni da’vogar tomonidan XPKning 40-moddasi tartibida da’voning predmeti o‘zgartirilganda yoxud da’vo talablarining miqdori ko‘paytirilganda, da’voning ushbu o‘zgartirilgan (ko‘paytirilgan) qismi bo‘yicha qo‘llanilmaydi, SKning 330-moddasiga asosan davlat boji to‘lashdan ozod etilgan holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat bojidan ozod qilingan da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori javobgarning (belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanda) apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati bo‘yicha bekor qilinib, da’vo asossizligi sababli rad etilgan taqdirda, javobgar tomonidan to‘langan sud xarajatlari da’vogardan javobgar foydasiga undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qaroriga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 14.1-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14.1. FK 179-moddasining birinchi qismiga asosan davlat korxonasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda baholash o‘tkazilishi majburiyligi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bois, sudlar kelishuv bitimini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqishda kelishuv bitimi obyekti davlat mulki bo‘lsa tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli davlat organining roziligi olinganligiga va obyekt baholanganligiga e’tibor qaratishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini taraflar o‘zaro bekor qilib yoki uni shartlarini o‘zgartirib, sudga yangi tahrirdagi kelishuv bitimini tasdiqlash uchun taqdim etsa, sud bunday arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil iyundagi 210-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 20-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, xo‘jalik sudi tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi qismiga asosan, moliyaviy jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan muddatga rioya qilmagan taqdirda, soliq inspeksiyasi moliyaviy jarimani sud tartibida qo‘llash haqida ariza bilan murojaat qilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 35.2-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35.2. Sudlarga tushuntirilsinki, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari, 112-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar va moliyaviy sanksiyalargagina qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli Qarorining 3-bandida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qarorining 4-bandida, Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda ushbu qoidalar tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi 42.1,42.2-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42.1. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha penyalar va moliyaviy jarimalarni hisobdan chiqarish, qarzlarini (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) to‘lash muddatini kechiktirish to‘g‘risidagi qarorlari davlat soliq xizmati organining da’vo arizasini (arizani) qanoatlantirishni rad qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish to‘g‘risidagi komissiya qarorida belgilangan muddatning tugaganligi davlat soliq xizmati organi tomonidan xo‘jalik sudiga yangi asoslar bilan umumiy tartibda da’vo arizasi (ariza) taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42.2. Sud buyrug‘i berilganidan keyin davlat soliq xizmati organi tomonidan ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo‘yicha da’vo taqdim etilsa, da’vo arizasini qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi, agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 2-bandiga asosan tugatiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil noyabrdagi 220-sonli qaroriga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 11-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar ishni ko‘rish jarayonida qurilmaning o‘zboshimchalik bilan qurilganligi aniqlansa, sud FKning 187-moddasiga asosan bunday qurilmaga mulk huquqini belgilamaydi, FK 212-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 12.4-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalariga javob berishi, imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi da’vogar tomonidan isbotlab berilsa yoki bu holat sud tomonidan aniqlansa, nizoli imorat fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi masalasiga sudlar huquqiy baho berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori FKning 212-moddasida shaxs o‘ziga qarashli bo‘lgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkinligi nazarda tutilmaganligiga qaratilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qarorining 24-bandidagi “o‘n” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarorining 13.4-bandidagi “shartnomani rad etishi” degan so‘zlar “prokat shartnomasini bajarishni rad etishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarorining 9-bandi “uning rahbari yoki xodimining muhr (shtamp)” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Xo‘jalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2009-yil 24-apreldagi 197-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xo‘jalik sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299-son