Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 27.05.1999 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi Konsepsiyasi va uni amalga oshirishga doir tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, respublika budjeti va mahalliy budjetlar, sport federatsiyalari, klublari, jamiyatlari, homiylar, xorijiy investorlar mablag‘lari, shuningdek sport tashkilotlari tomonidan aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mahalla” jamg‘armalari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tumanda qishloq sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil etsinlar, ularning faoliyatiga sportning ommaviy, milliy turlarini va xalq o‘yinlarini keng joriy qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy-sport ishlariga keng jalb etishga yo‘naltirilgan muntazam ommaviy-sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish tizimini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat hududidagi barcha mavjud sport inshootlarini, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xatlovdan o‘tkazsinlar, shuningdek, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, ommaviy musobaqalarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi maxsus testlarni ishlab chiqsinlar va joriy qilsinlar. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun uch darajali “Alpomish” va “Barchinoy” nishonlarini ta’sis etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, sport-sog‘lomlashtirish klublari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, sport-sog‘lomlashtirish klublari, jamoat tashkilotlari sifatida, o‘z faoliyatini muassislarning ulushli mablag‘lari, a’zolik badallari, homiylar mablag‘lari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda poytaxtda Respublika boksni rivojlantirish markazini tashkil qilish bo‘yicha ikki oy muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Toshkent otchopari negizida Respublika milliy sport turlarini rivojlantirish markazini tashkil qilish bo‘yicha ikki oy muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumxalq “Sport bayrami”ni ta’sis etish to‘g‘risida o‘n kun muddatda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishga mablag‘lar limitlarini nazarda tutsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni, o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarining sport klublari, sport maktablari, mutaxassislar va murabbiylar faoliyatini yoritishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
27-maydagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Dastur O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dasturda jismoniy tarbiya va sportga millatning umumiy madaniyatining ajralmas qismi, mamlakatning har bir fuqarosining jismoniy va axloqiy kamolotga yetishini, kasalliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishni ta’minlashning asosi sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dasturning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqning salomatligini mustahkamlash, mehnat samaradorligini oshirish va ijodiy faollikni uzaytirish, odamlarning kasallanishi darajasini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining o‘z jismoniy rivoji masalalariga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” dasturini amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining rolini ko‘tarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi va yoshiga ko‘ra aholining jismoniy tayyorligi darajasining maqsadli dasturlari va me’yoriy talablarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, kasalliklarning oldini olish va sport ishlarini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy o‘yinlarni, sport musobaqalari va turlarini aholini jismoniy tarbiyalash tizimiga joriy etishni, muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiyani rivojlantirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarda yoshlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida milliy sport turlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimida jismoniy tarbiya-sport omilini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport klublari, shu jumladan ularning aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi shoxobchalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni ilmiy jihatdan ta’minlash tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashq jarayonining zamonaviy usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport zaxiralarini tayyorlash shoxobchalarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlikni, marketingni hamda jismoniy tarbiya-sport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularning texnologik, ilmiy-texnikaviy va axborot bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida olimpiya harakati to‘g‘risidagi bilimlarni, kichik yoshidan boshlab keksaygunigacha jismoniy mukammallikka bo‘lgan ongli ehtiyojni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat sportchilarini Olimpiya o‘yinlariga, Osiyo o‘yinlariga, Markaziy Osiyo va Butunjahon o‘smirlar o‘yinlariga tayyorlashni hamda ularning mazkur o‘yinlarda muvaffaqiyatli qatnashishlarini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash maqsadida olimpiya zaxiralari bilim yurtini kollejga aylantirish nazarda tutilmoqda. Barcha viloyat markazlarida olimpiya zaxiralari kollejlari ochish mo‘ljallanmoqda. Tizimni tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasida viloyat, shahar va tuman sport klublari, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tizimiga ega bo‘lgan respublika tarmoq jismoniy tarbiya-sport klublari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Ularda xalq o‘yinlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini kuchaytirish uchun sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil etish nazarda tutilmoqda. Ular sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga da’vat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar turmushida jismoniy tarbiya va sport maqomini oshirish maqsadida har yili aprel oyining uchinchi shanbasida “Sport bayrami” umumxalq bayramini o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Ushbu bayramni, keng aholi qatlamlarini jalb etgan holda, yozgi sport mavsumining ochilishi tarzida o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil qilingan jismoniy tarbiya va sport muassasalari darajasi va turini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ularni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazish asosida amalga oshiriladi.
(2-bo‘limning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat, jamoat va sport tashkilotlari faoliyatidagi ish sohalari va yo‘nalishlarini aniq belgilab olish yo‘nalishida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sportni davlat tomonidan boshqarishni asosan quyidagilarga qaratish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda davlat, jamoat va xususiy jismoniy tarbiya-sport muassasalari tomonidan ularga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lardan terma komandalarni Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga, jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorlash, sportning milliy turlarini rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirishda oqilona foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turli jins va yoshdagi guruhlarini jismoniy rivojlantirishning me’yoriy standartlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning milliy turlarini, musobaqalar va o‘yinlarni, ishlab chiqarishda jismoniy tarbiyani, muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiyani va shu kabilarni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sport yo‘nalishidagi muassasalarni sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni ilmiy va tibbiy ta’minlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musobaqalarning yagona sport taqvimini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya bo‘yicha, ularning gavdasi, jussasini normal rivojlantirish bo‘yicha kundalik mashg‘ulotlarni barcha bolalar maktabgacha muassasalarida joriy qilish. Bolalar maktabgacha muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiyalash bo‘yicha mutaxassislar shtatini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiyaga doir o‘quv dasturlari bo‘yicha majburiy dars (mashg‘ulot)larni har haftada 4 — 6 soatgacha yetkazish. O‘quv jarayoniga olimpiya ta’limini, milliy o‘yinlar va musobaqalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar va talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini maxsus testlar bo‘yicha tekshirishning umummilliy haftasini joriy qilish, maxsus testlarni muvaffaqiyatli topshirganlik uchun xalq dostoni qahramonlari sharafiga “Alpomish” va “Barchinoy” deb nomlangan uch darajali ko‘krak nishonlarini ta’sis etish. Talabalarning “Talaba” sport uyushmasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilgan kollejlar va litseylarda ma’naviy va jismoniy rivojlangan yoshlarni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport omillaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kollej sporti” harakatini tashkil etish, uni yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb qilishning asosiy manbaiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda xotin-qizlarni homiladorlik davrida jismoniy tarbiyalash davlat dasturini ishlab chiqish va joriy etish, hamma joyda xotin-qizlar sport-sog‘lomlashtirish klublari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining mehnat samaradorligini oshirish va mehnat qilish faolligini uzaytirish maqsadida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini mehnat tartibiga joriy qilish va bo‘sh vaqtlarda ommaviy jismoniy tarbiya-sport ishlarini tashkil etish orqali ishlab chiqarishda jismoniy tarbiyani rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalari amaliyotiga sog‘lom turmush tarzini hamda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylardan foydalanish tashkilotlari daromadlaridan ajratmalar, otaliq qiluvchilar, homiylar, jamoat tashkilotlari, kooperativlar va xususiy korxonalar mablag‘lari hisobiga mahallalarda jismoniy tarbiya va sport jamg‘armalarini tuzish yo‘li bilan ularda jismoniy tarbiya usullari va shakllarini ishlab chiqish, barcha bog‘larda va dam olish hududlarida aholi bilan ommaviy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq mehnatkashlarida va ularning oila a’zolarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni, ularning o‘z jismoniy rivoji masalalariga munosabatlarini o‘zgartirishni, jismoniy tarbiyani aholining kundalik hayotiga keng joriy qilishni, jismoniy tarbiya vositalari bilan kasalliklarning oldini olishni nazarda tutuvchi dasturni amalga oshiruvchi dasturning muhim qismi sifatida qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy ishlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma joyda mavjud umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar bazasida qishloq aholisi bilan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boruvchi markazlar, qishloq jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish klublari, qishloq sporti uyushmalari tashkil qilish hamda sportning milliy turlarini va xalq o‘yinlarini joriy etishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq an’analari va urf-odatlarini saqlashga, madaniy merosni avaylab asrashga, shuningdek aholining sportning milliy turlariga va xalq o‘yinlariga bo‘lgan muhabbatiga muhim ahamiyat berib, mahalla, qishloq, tuman va viloyatlarda sportning milliy turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha festivallar muntazam o‘tkaziladi, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sportning milliy turlari bo‘yicha bo‘limlar ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yo‘nalishda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi va yoshiga ko‘ra aholining jismoniy tayyorgarligi darajasi bo‘yicha maqsadli dasturlar va me’yoriy talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, uslubiy va ommabop adabiyotlarni nashr etish dasturini tayyorlash, faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarning tarmoq bankini yaratgan holda jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-axborot bilan ta’minlash tizimini tashkil qilish, ilmiy, uslubiy va ommabop adabiyotlarni nashr etishni ta’minlash, sportning milliy turlari va xalq o‘yinlarini ilmiy-axborot bilan ta’minlash tizimini tashkil etish, “Fan sportga” ilmiy-sport jurnalini nashr etishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda, keyinchalik salomatlikni mustahkamlash uchun jismoniy mashqlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar bergan holda, aholining barcha yosh guruhlarini har yili dispanserizatsiyadan va profilaktika ko‘rigidan, jismoniy rivojlanish ahvoli darajasini tekshirishdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat terma komandalarini tayyorlash jarayonida sportchilarni muntazam tibbiy kuzatuvdan o‘tkazib borishni, yakka tartibda davolanish va salomatlikni tiklash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqishni ta’minlash, sportning barcha turlari bo‘yicha ilmiy jihatdan ta’minlash guruhlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlari va vrachlik nazorati shoxobchalarini kengaytirish, kasalxona va sanatoriylarda jismoniy tarbiya-salomatlikni tiklash markazlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona, muassasa va tashkilotlarda sog‘liqni saqlash, mehnatni muhofaza qilish va jismoniy tarbiya mutaxassislarini birlashtiruvchi yagona salomatlik xizmatlari tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining sport turlari bo‘yicha trener kadrlar, sportda menejment va marketing bo‘yicha, sportning milliy turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha, davolash jismoniy tarbiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashdagi rolini oshirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlardagi universitetlar va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida maktablar uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha muassasalar uchun yo‘riqchi-uslubchilar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda. Tarmoq kadrlari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, chet ellarda tajriba orttirishga yuborish tizimini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan mavjud sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini jiddiy yaxshilash va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. “Yangiobod” va “Bildirsoy” sport bazalarida sportning yozgi va qishki turlari bo‘yicha olimpiya o‘quv-mashg‘ulot markazlari tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha xorijiy investorlar ishtirokidagi kichik va qo‘shma korxonalar tashkil qilish hamda ushbu mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda sotish ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vazirligiga jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish, sport obyektlarini loyihalash va qurish, sport tovarlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxona va tashkilotlar tashkil qilishga ko‘maklashish yuklanadi.
(5-bo‘limning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtli matbuotda, teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlarda sport mavzuidagi materiallarni quyidagi maqsadlarda keng yoritish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni, o‘zining jismoniy rivoji to‘g‘risida qayg‘urish istagi va layoqatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportning davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy va tarbiyaviy vazifalarni hal etishdagi rolini targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi jismoniy tarbiyaning mehnatchilarning ish qobiliyatini oshirish va kasb kasalliklarini kamaytirishdagi imkoniyatlarini namoyon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerlik kasbining nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sport tadbirkorligi va marketingini, aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha tajribasini umumlashtirish va yoyish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida, adabiyot va san’atda jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilganlik uchun har yilgi mukofotlarni ta’sis etish, har yili sport jurnalistlari va sport targ‘ibotchilarining seminar-kengashlarini o‘tkazish, sportning milliy turlari, musobaqalar va xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha telereydlarni muntazam o‘tkazish, sportning milliy turlari, musobaqalar va xalq o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi mutaxassislar ishtirokida “Davra suhbatlari” tashkil qilish nazarda tutilgan.
(6-bo‘limning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya-sport mavzuidagi varaqlama va cho‘ntak taqvimlari, bukletlar, otkritkalar, ma’lumotnomalar, “sportga doir rasmlar”, “kichkintoylar uchun jismoniy tarbiya” kabilarni bo‘yash uchun bolalar kitobchalarini ko‘p nusxada nashr etish va Olimpiya shon-shuhrati muzeyining sportchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Millatni sog‘lomlashtirish va sportda yuksak natijalarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladigan mablag‘ bilan ta’minlash manbai sifatida davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z xodimlarini va ularning oila a’zolarini yuqori darajada sog‘lom va jismoniy rivojlangan holatda tutishdan manfaatdor bo‘lgan kasaba uyushmalari tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar mablag‘larini jalb etish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlarining rivojlanishi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda mablag‘ bilan ta’minlashning yangi manbalaridan foydalanish vazifasini qo‘yadi, ulardan quyidagilar mo‘ljallangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport marketingini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport klublari qatnashchilarining a’zolik badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklamada sportdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga sport xizmatlari ko‘rsatishni yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz sport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyalari va klublarining o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Futbol jamg‘armasi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa jamg‘armalar samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalardan, xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlar mablag‘laridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televideniyeda reklama-sport ko‘rsatuvlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportshou tashkil qilish, professional sportdan tushadigan foydadan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport lotereyalari o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lardan keng foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda nodavlat sektori va sport xizmatlari ko‘rsatish marketingi tobora katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu maqsadda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy jismoniy tarbiya-sport muassasalari tashkil etish, ularni akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish shartlari, xizmatlar sifati standartlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat sektori muassasalariga davlat tashkilotlaridagi binolar va sport inshootlarini ularga imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish orqali yordam ko‘rsatish.