30.06.2016 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish, shuningdek poytaxtda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi svetofor obyektlari, yo‘l belgilari o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda yo‘l chiziqlari o‘tkazish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasining maxsus yoki harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan 1-ilovaga* muvofiq xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkasini amalga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasining maxsus yoki harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xodimlarining lavozim maoshlariga 20 foizgacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidga matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi xodimlarining lavozim maoshlariga 20 foizgacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 27-son, 327-modda)