08.03.2016 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida 1998-yil 9-apreldagi ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Finlyandiya Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishinig oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi 1998-yil 9-aprelda imzolangan Bitimga (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb nomlanadi) oʻzgartirishlar kiritish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish yoki Ahdlashuvchi Davlat yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan soliq solinishi bilan bogʻlik mazkur Bitimga zid boʻlmagan tarzda undiriladigan har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikka amal qilish yoki uni qoʻllash uchun zarur axborotlarni almashadilar. Axborot almashinuvi ushbu Bitimning 1- va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlar biri tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot singari maxfiy hisoblanadi hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan soliqlarni baholash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud taʼqibi yoki ushbu soliqlarga nisbatan daʼvolar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud yuqoridagilarni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) oshkor etilishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar axborotlardan faqat koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular bunday axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan qatʼii nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan axborotdan, basharti bunday axborot har ikkala Davlatning qonunchiligiga muvofiq boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilgan boʻlsa, hamda axborotni taqdim etuvchi Davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud boʻlsa, boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har qanday holatda ham mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbiy sirni yoxud savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga (ordre public) xilof hisoblangan axborotni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu modda qoidalariga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻz soliq maqsadlari uchun bunday axborotga ehtiyoj mavjud boʻlmasa ham soʻralayotgan axborotni yigʻish boʻyicha oʻzining imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin, biroq har qanday holatda ham, bunday cheklovlar faqat ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli axborot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalari hech bir holatda bunday axborot faqatgina bank, boshqa moliya tashkiloti, nominal saqlovchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning ixtiyorida ekanligi yoki bunday axborot biror bir shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli ekanligi sababli Ahdlashuvchi Davlatga axborot taqdim qilishni rad etishga ruxsat sifatida talqin qilinishi mumkin emas”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-moddadan keyin quyidagi tahrirda yangi 25a-modda qoʻshiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25a-modda
Soliqlarni undirishda yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq majburiyatlarini undirishda bir-birlariga oʻzaro amaliy yordam koʻrsatadilar. Bunday amaliy yordam mazkur Bayonnomaning 1 va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishuv yoʻli bilan belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq majburiyati” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan va undirilishi mazkur Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi boʻlgan istalgan boshqa hujjatga zid boʻlmagan tarzda har qanday tur va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻni, shuningdek, bunday soliqlarga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ushbu mablagʻni undirish yoki undirilishini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq majburiyati ushbu Davlatning qonunlariga muvofiq undirilishi va ushbu Davlatning qonunlariga koʻra ayni shu paytda uning undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan bunday soliq majburiyati ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq majburiyati ikkinchi Davlat tomonidan, ayni mazkur Davlatga taalluqli soliq majburiyati singari, uning oʻz soliqlarini undirishi uchun qoʻllanadigan oʻzining qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq majburiyati uni undirish uchun ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan majburiyat hisoblansa, bunday soliq majburiyati ushbu Davlat vakolatli organlarining soʻrovi bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organlari tomonidan taʼminot choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinishi lozim. Mazkur ikkinchi Davlat bunday soliq majburiyatiga nisbatan, hattoki ushbu soliq majburiyati, bunday choralarni qoʻllash paytida birinchi koʻrsatilgan Davlatda soliq talabini ijro etishning imkoni boʻlmasa yoki uning ijrosiga toʻsqinlik qilishga haqli shaxs tarafidan toʻlanishi lozim boʻlgan holatda ikkinchi Davlatga taalluqli boʻlganidek, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq taʼminot choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq, soliq majburiyatiga nisbatan shunday majburiyatning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari va ustuvorlik tartibi ushbu Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Shuningdek, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan ustuvorlik tartibi qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq majburiyatining mavjudligi, haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash boʻyicha tartibotlar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud maʼmuriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan biri mazkur moddaning 3 va 4- bandlariga muvofiq soʻrov yuborganidan soʻng toki ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq majburiyati summasini undirib, birinchi Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga qadar bunday soliq majburiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrov mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq yuborilganda — birinchi aytilgan Davlatga taalluqli, ushbu Davlatning qonunlariga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu Davlatning qonunlariga koʻra uning undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlab berilishi lozim, soliq majburiyati hisoblanmay qolsa, yoki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrov mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq yuborilganda — koʻrsatilgan birinchi Davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq taʼminot choralarini koʻrishi mumkin, soliq majburiyati hisoblanmay qolsa,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu holda birinchi Davlatning vakolatli organlari bu haqda darhol ikkinchi Davlatning vakolatli organlarini xabardor qiladilar va birinchi Davlat ikkinchi Davlatning ixtiyori boʻyicha oʻz soʻrovini toʻxtatadi yoki chaqirtirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu moddaning qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarning yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat siyosatiga (ordre public) zid choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar boshqa Ahdlashuvchi Davlat har bir muayyan holatda oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan undirishga yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa, koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) koʻmaklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat olishi mumkin foydaga nomutanosib boʻlgan holatlarda koʻmaklashish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning Hukumatlari ushbu Bayonnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha konstitutsiyaviy tartibotlar yakunlangani toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar bilan xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning ajralmas qismi hisoblangan ushbu Bayonnoma mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan xabarnomalardan soʻnggisining sanasidan 30 (oʻttiz) kun oʻtib kuchga kiradi va uning qoidalari har ikkala davlatda quyidagilarni hisobga olgan holda amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu moddaning 2-bandi “s” kichik bandini inobatga olgan holda, Bayonnoma kuchga kirgan yildan keyingi taqvim yilining birinchi yanvaridan boshlab olingan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu moddaning 2-bandi “s” kichik bandini inobatga olgan holda, boshqa soliqlarga nisbatan — Bayonnoma kuchga kirgan yildan keyingi taqvim yilining birinchi yanvaridan boshlanadigan har bir soliq yili uchun hisoblangan soliqlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) mazkur Bayonnoma kuchga kirgan sanadan boshlab, Bitimning 25-moddasiga koʻra axborot almashinish boʻyicha soʻrovlarga hamda mazkur Bayonnoma kuchga kirishidan avvalgi axborotlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli tartibda oʻz hukumatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar, ushbu Bayonnomani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xelsinki shahrida 2016-yil 8-martda, ikki nusxada har biri oʻzbek, fin va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)