Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.05.2004 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAShINASOZLIK TARMOGʻINI ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmoniga muvofiq hamda mashinasozlik tarmogʻida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi qatnashchilari umumiy yigʻilishi tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzmashsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya ikki oy muddatda “Oʻzmashsanoat” uyushmasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ishchi komissiya bilan birgalikda “Oʻzmashsanoat” uyushmasi tugatilishi munosabati bilan boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tugatilayotgan “Oʻzmashsanoat” uyushmasi tarkibiga kirgan korxonalarning aksiyalarining davlat paketlari ular professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha 2-ilovaga muvofiq kompaniyalar va uyushmalarga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Toshkent asbobsozlik texnologiya byurosi” davlat unitar korxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda birlashmaning yangi Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, boshqa vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda idoraviy normativ hujjatlarga hamda 2004-yil uchun moʻljallangan moddiy-qiymat balanslariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari (“Oʻzmashsanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 147-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 208-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmashsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Sultonov Oʻ.T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
2.‎ Asqarov M.A.‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasining raisi, komissiya raisining oʻrinbosari‎
3.‎ Obidov O.O.‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎
4.‎ Hasanov S.S.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
5.‎ Guskova T.N.‎ —‎‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
6.‎ Gadoyev E.F.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
7.‎ Abdurashidov A.A.‎ —‎‎ Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
8.‎ Sodiqov X.M.‎ —‎‎ Adliya vazirining oʻrinbosari‎
9.‎ Xan A.M.‎ —‎‎ “Oʻzmashsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
10.‎ Bahromov A.U.‎ —‎‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
11.‎ Matchonov R.D.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi‎
12.‎ Umarov Sh.H.‎ —‎‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvining raisi ‎
13.‎ Shoismatov E.R.‎ —‎‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
14.‎ Voznenko A.N.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
15.‎ Rahimov A.M.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, komissiya kotibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-maydagi 208-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarining davlat paketlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha kompaniyalar va uyushmalarga beriladigan “Oʻzmashsanoat” uyushmasining korxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tugatiladigan “Oʻzmashsanoat”
‎uyushmasi korxonalari ‎

Aksiyalarning davlat ulushi, %‎

Tarkibiga korxonalar oʻtadigan
‎xoʻjalik birlashmalari ‎

“Kinap” ishlab chiqarish birlashmasi

100‎

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi‎
‎“Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

25‎

“Oʻzpaxtamash” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

“Kompressor” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi‎
“Toj metall” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

“Toshkent kimyo texnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi‎

100‎

“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
“Andijonmash” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
“Upakmashavtomat” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi‎
“Toshkent asbobsozlik texnologik byurosi” davlat unitar korxonasi‎

100‎

“Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi‎
(6-qator Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi 542-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 471-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 205-modda; 2004-y., 45-46-son, 471-modda)