Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 09.06.2016 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Darband” yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punktini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqiqlangan buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining faoliyat ko‘rsatib turgan “Darband” yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi “G‘alaba” chegara temir yo‘l bojxona punktining “Darband” bojxona punktini (keyingi o‘rinlarda “Darband” bojxona punkti deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Darband” bojxona punktining faoliyati faqat “Termiz-Qarshi” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalarida ularni mobil inspeksiya-tekshirish kompleksidan foydalangan holda tekshirish yo‘li bilan kontrabandani aniqlash va oldini olishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatdagi xodimlar soni 1-ilovaga* muvofiq 15 nafar bo‘lgan “Darband” bojxona punktini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘linmalarining, shuningdek Oliy harbiy bojxona institutining shtatdagi xodimlari sonini 2-ilovaga* muvofiq qisqartirish hisobiga tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Rapiscan Systems Ltd” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan inspeksiya-tekshirish kompleksini yetkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan kontrakt tuzishga ruxsat etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona punktining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligining texnologik sxemasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, “Darband” bojxona punktining funksiyalarini faqat avtotransport vositalarini inspeksiya-tekshirish kompleksidan foydalangan holda tekshirishdan o‘tkazishdan iborat etib belgilashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya-tekshirish kompleksini o‘rnatish va undan foydalanish uchun zarur ta’mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilishini, shu jumladan inspeksiya-tekshirish kompleksiga kirish va undan chiqish yo‘llari qurilishini hamda yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) qonun hujjatlariga muvofiq radiatsiya xavfsizligi normalariga rioya etgan holda zarur infratuzilma yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l-patrul xizmati postining mavjud binosida “Darband” bojxona punkti xodimlari uchun to‘rtta xona ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti parametrlarida tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi uchun nazarda tutilgan budjet ajratmalari, shuningdek ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Darband” bojxona postini jihozlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha keltirilayotgan inspeksiya-tekshirish kompleksi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, sarflash materiallari bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi keltirilayotgan inspeksiya-tekshirish kompleksini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan inspeksiya-tekshirish kompleksiga texnik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar yuridik shaxslarning foyda solig‘idan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga va Surxondaryo viloyati hokimligiga istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt bo‘yicha ta’mirlash-qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini 2016-yil 30-sentabrgacha ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash-qurilish ishlari yuzasidan pudrat shartnomasini tanlov savdolari o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan olib kelinadigan, “Darband” bojxona punktini jihozlash uchun zarur bo‘lgan inspeksiya-tekshirish kompleksi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, sarflash materiallari aeroportlarda va temir yo‘l stansiyalarida yig‘imlar undirilmasdan saqlanishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l-patrul xizmati postida ma’lumotlarni aloqaning optik vositalari orqali uzatish kanalini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l-patrul xizmati posti hududida mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining ishonchli ishlashini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zbekenergo” AJ yo‘l-patrul xizmati postini va “Darband” bojxona punktini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Surxondaryo viloyati hokimligi, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga binoan ikki hafta muddatda qo‘shimcha yer uchastkasi ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va ta’mirlash-qurilish ishlari bajarilishi sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AK bilan birgalikda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha obyektning ta’mirlash-qurilish ishlarini amalga oshirish uchun metall prokat va sementning boshqariladigan narxlarda belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 284-modda)