07.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2794
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi, 07.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2794
Kuchga kirish sanasi
14.09.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2794]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 10-maydagi 143-mh-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yer usti (efir) raqamli televideniye (bundan buyon matnda raqamli televideniye deb yuritiladi) xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abonent — raqamli televideniye xizmatlari ko‘rsatilishi uchun provayder bilan yoki uning dileri orqali shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diler — provayder bilan tuzilgan shartnoma asosida aholini provayder xizmatlariga ulash jarayonida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida raqamli televideniye tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatish zonasi — operator yoki provayder litsenziya bitimi asosida aloqa xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘rnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hudud;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provayder— operatorning raqamli televideniye tarmog‘i orqali tijorat asosida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish uchun ochiq raqamli tele-, radiokanal (bundan buyon matnda ochiq tele-, radiokanal deb yuritiladi) — provayder bilan shartnoma tuzilmasdan va haq olinmasdan operator tomonidan foydalanuvchi va abonentlarga yetkaziladigan raqamli tele-, radiokanal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi — provayder bilan shartnoma tuzmagan, ochiq tele-, radiokanallarni qabul qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha xizmatlar — abonentning so‘roviga ko‘ra provayder tomonidan raqamli televideniye xizmatlaridan alohida ravishda ko‘rsatiladigan va litsenziya shartlari bilan tartibga solinmagan xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Operator va provayderning raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya asosida hamda vakolatli davlat organi bilan tuzilgan litsenziya kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqamli televideniye xizmatlari faqat xizmat ko‘rsatish zonasida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalana olish uchun foydalanuvchi va abonent normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob beruvchi uskunalarga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Foydalanuvchi va abonentlar xizmat ko‘rsatish zonasida ochiq tele-, radiokanallarni provayder bilan shartnoma tuzmasdan va haq to‘lamasdan qabul qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ochiq tele-, radiokanallardan tashqari boshqa raqamli tele-, radiokanallarni qabul qilish uchun provayder bilan shartnoma tuzilishi va haq to‘lanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ochiq tele-, radiokanallardan tashqari boshqa raqamli tele-, radiokanallarni qabul qilish uchun yuridik yoki voyaga yetgan jismoniy shaxs provayder yoki dilerga bevosita (yuridik shaxslar o‘z vakili orqali) yoki elektron tarzda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bevosita murojaat qilinganda provayder yoki dilerga quyidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi va sharifi (jismoniy shaxslar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi, manzili, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘lanish ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud bo‘lsa).
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki dilerga mazkur Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar elektron shaklda taqdim qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki diler tomonidan murojaatchiga bir ish kuni ichida shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lganda shartnoma tuzish uchun aniq manzil va vaqt ko‘rsatilgan javob yoki shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda buning sabablari ko‘rsatilgan javob yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lganda provayder yoki diler shartnomani tuzish vaqtida murojaatchi tomonidan elektron tarzda taqdim qilingan ma’lumotlarni ularning asl nusxalari bilan solishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Provayder yoki diler raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun bevosita murojaat qilingan kunning o‘zida yoki elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki dilerning javobida ko‘rsatilgan kunda shartnomani tuzadi yoki tuzishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxsning talabi bo‘yicha provayder yoki diler vakillari uning yashash joyiga borib raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shartnomani tuzish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim qilingan ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shartnomani rad etish asoslari mavjud bo‘lmaganda provayder va murojaatchi tomonidan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Abonentlarga ko‘rsatiladigan raqamli televideniye xizmatlarining ro‘yxati va turlari operatorga tegishli raqamli televideniye tarmoqlarining texnik imkoniyatlari va abonentlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda provayder tomonidan belgilanadi va shartnomada ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Raqamli televideniye xizmatlari bitta abonentga bir nechta uskunalar uchun bitta shartnoma asosida yoki bir nechta alohida shartnomalar asosida ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Raqamli televideniye xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda tarifikatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Raqamli televideniye xizmatlari uchun to‘lovlar abonent tomonidan provayder bilan abonent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlar abonent va foydalanuvchi tomonidan ular bilan provayder o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Raqamli televideniye xizmatlari uchun tariflar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida provayder tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Abonent o‘z xohishiga ko‘ra provayder tomonidan taklif qilingan tarif-rejasini tanlashi va o‘zgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Provayder tomonidan tariflar o‘zgartirilganda u bu haqda abonentlarni kamida o‘n kun oldin xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Provayder abonentning talabiga ko‘ra abonent hisobvarag‘ida aks ettirilgan o‘zaro hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni (kamida oxirgi o‘n ikki oy uchun) bepul berish imkoniyatini yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Abonent raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan va tanlangan tarif rejasiga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yoki abonentning xohishiga ko‘ra undan ko‘proq muddatda provayder tomonidan aktivatsiya qilinadi va raqamli televideniye tarmog‘iga ulanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Raqamli televideniye xizmatlari provayderning xizmatlar to‘g‘risidagi axborotiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Operator va provayder raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ularni shartnoma, normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq hamda kechayu-kunduz va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Provayder quyidagi xizmatlarni bepul ko‘rsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatiladigan raqamli televideniye xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar to‘g‘risida axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatish zonasi to‘g‘risida axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli televideniye xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar uchun tariflar va tarif-rejalari to‘g‘risida axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provayder va dilerning rekvizitlari va ishlash rejimi to‘g‘risida axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarning texnik nosozliklari, shartli foydalana olish tizimi bilan bog‘liq muammolar, smart-kartaning yo‘qolganligi, abonentning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Provayder tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlar ro‘yxati u tomonidan mustaqil kengaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Raqamli televideniye xizmatlarining sifati keskin tushib ketganligi yoki xizmat ko‘rsatish to‘xtaganligi to‘g‘risida abonentdan murojaat kelib tushganda provayder tomonidan tezkor choralar ko‘rilishi va kamchiliklar bartaraf etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish provayder va abonentning o‘zaro kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi abonentning xohishiga ko‘ra provayderga murojaat qilish orqali bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi provayder tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli televideniye xizmatlari uchun to‘lovlar abonent tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator yoki provayderning litsenziyasi bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator yoki provayderning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi provayder tomonidan bekor qilinganda, provayder abonentni buning sabablarini ko‘rsatgan holda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bekor qilingan taqdirda ko‘rsatilgan va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun provayder va abonent o‘rtasida qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shartnomada ko‘rsatilgan abonent haqidagi ma’lumotlar o‘zgarganda abonent provayderni bu haqda besh kun mobaynida xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Operator va provayder rejali profilaktika yoki ta’mirlash ishlarining boshlanish vaqti to‘g‘risida abonent va foydalanuvchilarni kamida bir sutka oldin xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Provayder va diler o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida abonent va foydalanuvchi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 10-may

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A. XADJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 10-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)