31.05.2016 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guliston shahridagi irrigatsiya va melioratsiya inshootlarining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlari sathini pasaytirish, Guliston shahri hududidagi irrigatsiya va melioratsiya inshootlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-sentabrdagi 2401-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlari sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Doʻstlik” kanalidan suv filtratsiyasini kamaytirish uchun ushbu kanalning 3345 m uchastkasini alohida rekonstruksiya qilish va Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57 ta vertikal drenaj quduqlarini 15,2 km uzunlikdagi chiqish yoʻli bilan birga qurish va rekonstruksiya qilish, bitta nasos stansiyasini, 5,3 km yopiq gorizontal drenaj tarmogʻini hamda temir yoʻl va avtomobil yoʻllari ostidagi ikkita dyukerni qurish, shuningdek yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va Guliston shahrining sizot suvlari sathini pasaytirish uchun 277 km kollektor-drenaj tarmogʻini taʼmirlash va tiklash yakunlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining amalga oshirilishi Guliston shahri hududidagi 3071 gektar maydonda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sizot suvlari sathini pasaytirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining quyidagi huquqlarda, belgilangan tartibda begʻaraz topshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining Guliston gidrouzellar boshqarmasi va “Doʻstlik” kanaliga — “Doʻstlik” kanalining 3345 metr uzunlikdagi qismini rekonstruksiya qilish va 2,51 km uzunlikdagi metall toʻsiqlar va inspektorlik yoʻli qurilishi tugallangan obyektlardan vaqtincha foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) operativ boshqaruv:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasiga — 5,3 km yopiq gorizontal drenaj tarmogʻi va avtomobil va temir yoʻl ostidagi ikkita dyuker qurilishi tugallangan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Sirdaryo nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasiga — 15,2 km olib chiqib ketuvchi trakt va bitta nasos stansiyasi qurilishi tugallangan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasiga — Guliston shahar obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasiga biriktirilgan 6,2 km yopiq kollektor-drenaj va 9 dona kuzatuv tarmoqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sirdaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan obyektlarni qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guliston shahrida joylashgan foydalanilmayotgan va boʻsh turgan binolarni berish yoʻli bilan Guliston shahar obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasini unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli bajarish uchun ishlab chiqarish binosi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guliston shahar obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 2017-2018-yillarda xarid qilinadigan zamonaviy transport vositalari va mexanizmlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda tasdiqlangan ilovaga muvofiq 2017-2018-yillarda zamonaviy transport vositalari va mexanizmlarini xarid qilishga mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tashkil etsin va ularni zarur uskuna va mexanizmlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlariga ajratilgan xodimlar soni doirasida shtat birliklarini qayta taqsimlash yoʻli bilan yangidan tashkil etilayotgan boʻlimlarning tegishli malakaga ega boʻlgan ishlab chiqarish xodimlari bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan qabul qilingan obyektlarni saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga suv xoʻjaligi tashkilotlarini saqlash uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sirdaryo viloyati va Guliston shahri hokimlari zimmasiga irrigatsiya-melioratsiya obyektlaridan foydalanishni samarali tashkil etish, shuningdek, Guliston shahri hududida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sizot suvlari sathini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Investitsiyalar va savdo vazirligi “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda Guliston shahar hududidagi yerlarning meliorativ holati va sizot suvlari sathini nazorat qilishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181-son