01.06.2016 yildagi PQ-2539-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda yetishtiriladigan, noyob iste’molbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng ko‘lamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsion aloqalar o‘rnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksportga yetkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK hamda boshqa xo‘jalik birlashmalari va fermer xo‘jaliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 12-iyuldan 14-iyulgacha Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi” AJning ko‘rgazma maydonlarida navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yildan boshlab har yili oktabr oyida tizimli va muntazam asosda xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazilishini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini har yili tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Tashkiliy qo‘mita tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning zamonaviy xalqaro talablari va standartlariga mos keladigan samarali, shaffof bozor mexanizmini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda ekologik sof, iste’molbop xususiyatlari bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida chet ellardagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkor sheriklarni izlash va ular o‘rtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini tuzishda qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada har tomonlama ko‘maklashish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda chet ellardagi import qiluvchi kompaniyalar, dunyoga mashhur marketing tuzilmalari o‘rtasida barqaror, uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon meva-sabzavot mahsulotlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini chuqur tahlil etish, mamlakatimizning mahsulot yetishtiruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarini tashqi bozorlarda doimiy xaridorgir bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, navbatdagi yil va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirishga yo‘naltirish maqsadida ularni keng ko‘lamda xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi tarkibida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi 2-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi” MCHJ zimmasiga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yarmarka savdolari qatnashchilariga yarmarka shartnomalari tuzish, moliyaviy xizmat ko‘rsatish va ularni hisobga olish bo‘yicha kompleks xizmatlarni taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar va eksport kontraktlarini tuzish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi meva-sabzavot savdo maydonchasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozor konyunkturasini o‘rgangan holda yarmarka savdolari qatnashchilariga zarur axborotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqarish maqsadida reklama-axborot faoliyatiga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribani o‘rganish asosida elektron savdolar tizimidan foydalangan holda yarmarka savdosining zamonaviy metodlarini, shu jumladan fyuchers va forvard bitimlari tuzish, ishlab chiqish va joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasini Toshkent shahar, Beruniy ko‘chasi, 41-uyda joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkiliy qo‘mita (Sh. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yilning 20-iyuniga qadar navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb etish maqsadida Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining maqsad va vazifalarini, uning imkoniyatlari, yarmarka ishida qatnashish shartlari va mexanizmini chet ellarda yoritish bo‘yicha faol axborot-reklama faoliyati olib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda ko‘rgazma maydonlari yarmarka qatnashchilariga tasdiqlangan normativ baholarga nisbatan 50 foizli chegirmani hisobga olgan holda beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini berish va xizmatlar ko‘rsatish esa o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK buyurtmanomalariga ko‘ra, o‘tkaziladigan yarmarkaning chet ellik qatnashchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yarmarka o‘tkaziladigan, shuningdek, yarmarka qatnashchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini saqlashni va yong‘in xavfsizligini to‘lov haqini undirmasdan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zagroeksport” AJ Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oktabr oyida o‘tkaziladigan jahon oziq-ovqat tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1 avgusdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar va eksport kontraktlarining bajarilishi ustidan “onlayn” rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan monitoring tizimini yaratish bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazishga oid tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2539-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyundagi PQ-2539-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sh.M. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

U.U. Ro‘zuqulov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

E.M. Ganiyev

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

O.B. Rustamov

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK raisi

Sh.D. Teshayev

qishloq va suv xo‘jaligi vaziri

U.Yu. Uzakov

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti mudiri

A.A. Usmonov

adliya vaziri o‘rinbosari

S.B. Shermatov

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

S.P.Niyazxodjayev

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

Z.A. Fayziyev

O‘zbekoziqovkatzaxira” assotsiatsiyasi raisi

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

lavozim bo‘yicha

“O‘zsharobsanoat” AJ raisi

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimi

A.K. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari

J.A. Xolmuxamedov

O‘zagroeksport” AJ bosh direktori, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyundagi PQ-2539-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 15 nafar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 22-son, 247-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)