O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIRJA VA ko‘rgazma-yarmarka savdosini YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hamda bozor infratuzilmasining ta’sirchan mexanizmi sifatida tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Respublika tovar-xom ashyo birjalarining hisob-kitob (kliring) palatalari to‘g‘risida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralarning korxonalari hamda ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalariga, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolariga, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolariga bitishuvlarni, qoidaga ko‘ra, birjalar va yarmarkalarda tuzish tavsiya qilinsin, bunda raqobat, qulaylik va bitishuvlarning oshkoraligi ta’minlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tovarlar va xom ashyolarning asosiy turlari uchun Birjalar kengashi tomonidan taqdim etilgan birja kotirovkalari ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘zlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Hukumat qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 6-may.,
223-son
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va u to‘lov hamda hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “so‘m”da nazarda tutiladigan birja savdolarida tuziladigan tovarlar va xom ashyo xarid qilish bo‘yicha import kontraktlarga joriy etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Import tovarlarni birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali sotuvga qo‘yishda sotuvchi yoki sotuvchining brokeri birjaga:
sotuvga qo‘yilayotgan tovarga uning mijozining mulk huquqini, tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat ta’minoti mablag‘larini to‘lagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonunchilikda belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sotuvchi tomonidan imzolangan kafolat xatini;
kafolat ta’minoti mablag‘lari to‘lanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor ma’lumotnomasini;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining belgilangan tartibdagi shartnoma-kafolatnomalari, kafolatlari so‘m asosida birjalarda tuzilgan import kontraktlarni ta’minlash shakllari hisoblanadi.
4. Birja savdolarida tuzilgan import kontraktlarida konsalting xizmatlarining narxlar darajasi haqidagi ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Birjaning barcha qatnashchilari uchun real vaqt rejimida tashkil etilib o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan import kontrakti:
tovar-xom ashyo birjalarining birja savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan Tartibiga muvofiq birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) rasmiylashtiriladi hamda ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
Import kontraktida:
real vaqt rejimida birja savdosi o‘tkazilgan sana;
birja savdosi protokolining tartib raqami ko‘rsatilishi shart.
Mazkur Tartibning 2-bandida sanab o‘tilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun ushbu ma’lumotlarni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradi.
Import kontraktlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun ularni imzolagan tomonlar javob beradi.
Import kontraktlarining birjada ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun birja javob beradi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Import kontraktlari birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tegishli bank muassasalari tomonidan ijro etishga qabul qilinadi. Birjada tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha haq to‘lash kontrakt asosida amalga oshiriladi. Faksimil aloqa bo‘yicha olingan va birja muhri bilan tasdiqlangan shartnomalar — topshiriqlar, kafolat xatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, keyinchalik asl nusxalari navbatdagi o‘n kalendar kun davomida taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 42-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Import kontrakti tuzilgandan keyin xaridor uch bank kuni davomida kontraktda ko‘rsatilgan to‘lov shartlariga muvofiq, birja hisob-kitob (kliring) palatasining maxsus schyotiga pul mablag‘lari o‘tkazadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Birja import kontraktlari bo‘yicha tovarni olib kelishda tovarning kelib tushish joyidagi bojxona bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikat;
yuk bojxona deklaratsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun tegishli hujjatlarni taqdim etgan shaxs javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tovar birja import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgandan va xaridor tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin birjaning hisob-kitob-kliring palatasi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mda sotuvchi-norezidentning birjaning hisob-kitob (kliring) palatasidagi hisob raqamiga o‘tkazadi, sotuvchi ulardan faqat birjalar va birjalarning ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan norezidentlar tomonidan olingan mablag‘lardan birja brokerlari O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish (sotish) uchun norezidentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida foydalanishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Birja brokerlari mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga mijoz-norezident nomidan xorijiy valyutani sotib olishga (sotishga) tijorat banklariga buyurtmanomalar berish, norezidentlar — yuridik shaxslar esa — O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga xorijiy valyutani sotib olish (sotish) huquqiga egadir.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hukumat qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
2-bandning uchinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
“import kontraktlarini hisobga qo‘yish (tovar-xom ashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida — ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari amalga oshiriladi”;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 2003-y., 416-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xom ashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tadbiq etiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 45-modda; 2003-y., 17-18-son, 161-modda; 2006-y., 22-son, 192-modda; 2011-y., 42-son, 455-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)