20.05.2016 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida fuqarolarning xavfsiz dam olishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻmilish mavsumi davrida respublika akvatoriyalarida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha har yilgi tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish postlariga qoʻyiladigan talablarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda — Gʻavvoslik ishlarini olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiy yordam postlariga qoʻyiladigan talablarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, plyajlarni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganligi va ularning akvatoriyalaridagi hodisalar uchun pansionatlar, sanatoriylar, dam olish zonalari va uylari, turizm bazalari, madaniyat va istirohat bogʻlari, shuningdek aholi suvda ommaviy dam oladigan boshqa joylarning rahbarlari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish, shu jumladan suvda ommaviy dam olinadigan joylarda aholining xavfsizligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriya — suv jamlanadigan (koʻllar, daryolar, dengizlar, suv omborlari, kanallar va shu kabilar) tabiiy shakllangan yoki sunʼiy barpo etilgan landshaft obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj zonasi (plyaj) — akvatoriya qirgʻogʻidagi aholining dam olishi uchun ajratilgan va ushbu Nizom talablariga muvofiq jihozlangan joyning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan aniq uchastkalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi — akvatoriyaning odamlarning choʻmilishi uchun moʻljallangan, ushbu Nizom talablariga muvofiq ogohlantirish belgilari bilan belgilangan va jihozlangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvda aholining ommaviy dam olish joyi — aholining akvatoriyalarda ommaviy dam olishi uchun moʻljallangan va maxsus jihozlangan plyaj zonalari va plyajlarning akvatoriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy suvdan foydalanish — suvdan oʻz ehtiyojlarini va suvning va suv obyektlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi maxsus inshootlar va qurilmalar qoʻllanilmasdan boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan suvdan foydalanishni nazarda tutadigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj materiali — tuproq, qum, shagʻal, chigʻanoq tosh, togʻ jinslari yemirilishi materiallari va akvatoriya suvi ajralishi chizigʻida hosil boʻladigan tabiiy yoki sunʼiy tuproq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim terapiyasi (iqlim bilan davolash) — muayyan joyning iqlimining dozalangan taʼsiridan va maxsus iqlim tartib-taomillaridan foydalanuvchi davolash usullari jami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻmilish mavsumi — choʻmilish uchun yilning 15-mayi — 15-sentabri mobaynidagi eng qulay vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriyalarda odamlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish — suvda dam olish vaqtida akvatoriyalarda odamlarning sogʻligʻiga zarar yetkazilishi va halok boʻlishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish posti — tashkilotning unga biriktirilgan akvatoriyalarida (plyajlarida) fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun doimiy, mavsumiy yoki vaqtincha foydalaniladigan maxsus jihozlangan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish postining javobgarligi zonasi — suvda halokatga uchrayotgan odamlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda qutqaruv postining kuch va vositalari bilan ularga yordam berish taʼminlanadigan plyajning akvatoriya uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam posti — plyajdagi dastlabki tibbiy yordam berish uchun barcha zarur dori vositalari bilan taʼminlangan, maxsus jihozlangan vaqtinchalik xona yoki joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oʻlchamli kemalar — asosiy dvigatellarining quvvati 55 kVt dan kam boʻlgan va 12 kishidan kam yoʻlovchi sigʻadigan oʻziyurar kemalar, dvigatellarning quvvati va sonidan qatʼi nazar, koʻtarma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), oʻzi suzmaydigan kemalar va 80 registr tonnadan kam sigʻimli boshqa suzuvchi obyektlar, havo toʻldirilgan motorsiz, eshkakli qayiqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oʻlchamli kemalar turadigan baza — kichik oʻlchamli kemalarni jamlash uchun maxsus jihozlangan joy. Kichik oʻlchamli kemalar (yaxt-klublar, prichallar, qutqarish stansiyalari prichallari, qayiqlar, suv velosipedlari va mototsikllari, prokatga beriladigan stansiyalar va shu kabilar) jamlanadigan binolar, inshootlar majmui bilan birgalikda tutashib ketgan akvatoriya bilan birgalikdagi qirgʻoq hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj servisi xizmatlari — plyaj jihozlari (yogʻoch karavatlar, yengil kreslolar, plyaj soyabonlari va boshqalar), suvdagi oʻyinlar uchun sport jihozlari va hordiq vositalari prokati (stol tennisi, voleybol, badminton uchun sport snaryadlari va moslamalar, suv velosipedlari, yelkanli, eshkakli, motorli suzish vositalari va boshqalar) plyajda boshqa fuqarolarning dam olishiga toʻsqinlik qilmaydigan suv attraksionlari va boshqa hordiq qurilmalaridan foydalanish xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruvchi — muayyan dastur boʻyicha qutqarish ishlari uchun tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prichal — toʻxtash joyi va kemalarga xizmat koʻrsatish, yoʻlovchilarni oʻtirgʻizish va tushirish, yuk operatsiyalari uchun inshootlar va qurilmalar jami hamda shu kabilar mavjud boʻlgan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pirslar (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan maxsus joylar) — portning akvatoriyasi ichida perpendikulyar yoki qirgʻoqqa nisbatan burchak ostida joylashgan ikki tomonlama prichal. Pirslar kemalarni bogʻlab qoʻyishga va ularning toʻxtab turishiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Plyajlarni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Plyajda dam olishni tashkil etish uchun yaroqli boʻlgan sohil hududlari shaharsozlik hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajlarning soni va toifalarini, ularning maydonlarini hududlarni rejalashtirish sxemasiga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritmasdan oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joyni tanlashda zarur maydonning hisob-kitobini, plyajning asbob-uskunalari va uni jihozlashda suv obyektlari rekreatsiyasi zonalariga qoʻyiladigan talablarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Plyaj va aholining suvda ommaviy dam olishi uchun ajratiladigan joylar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohil boʻyi hududi rejalashtirilgan va obodonlashtirilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriyaning chuqurligi 3 metrgacha, qirgʻoqdan 50 metrgacha maydon dam oluvchilarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan predmetlardan tozalangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasida past haroratli yer osti suvlari chiqmasligi, girdoblar boʻlmasligi, oqimning tezligi 0,5 m/sekunddan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
port inshootlari, pirslar, prichallardan davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan masofada joylashgan boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj sanoat va maishiy oqava suvlar chiqarib tashlanadigan joylardan uzoqda joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv havzalari qirgʻogʻida yoki ularning yaqinidagi bolalarni sogʻlomlashtirish va dam olish muassasalaridagi choʻmilish joylari prichallardan, sanoat va maishiy oqava suvlar va boshqa ifloslantiruvchi manbalar chiqarib tashlanadigan joylardan kamida 500 metr masofada boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv omborlari, koʻllar, daryolar, kanallar hamda boshqa oqadigan va oqmaydigan yirik suv havzalarida plyaj akvatoriyasi suv yuzasining maydoni bir nafar dam oluvchi hisobiga 5 m2 va oqmaydigan suv havzalarida — 10 m2 boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Plyaj zonalari foydalanishga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Plyajlarni jihozlashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Aholining ommaviy dam olishi uchun foydalaniladigan plyaj zonalari funksional vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-sogʻlomlashtirish plyajlari — iqlim bilan davolash amalga oshirilmaydigan davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari plyajlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar plyajlari — mijozlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda sogʻlomlashtiriluvchi va dam oluvchi bolalar hisoblanadigan bolalar sogʻlomlashtirish va dam olish muassasalari plyajlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan plyajlar — barcha xohlovchilar bepul va bemalol foydalanadigan plyajlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajlar oʻz funksional vazifasiga muvofiq “Umumiy foydalaniladigan plyaj. Kirish bepul, ijaraga oluvchi (mulkdor), aloqa qilinadigan telefonlar, ish rejimi”, “Davolash-sogʻlomlashtirish plyaji (tashkilotning nomi, telefon raqami, ish rejimi)”, “Bolalar plyaji (tashkilotning nomi, telefon raqami, ish rejimi)” peshlavhalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Plyajlar va plyajlarning akvatoriyasi quyidagi talablarga javob berishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasida suzish masofasi qirgʻoqdan 50 metrgacha, biroq chuqurligi 3 metrdan ortiq boʻlmagan qizil yoki toʻq qizil rangdagi buylar (suvda sayozlik, yoʻl va shu kabilarni koʻrsatadigan qalquvchi belgilar) bilan belgilangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj hududida kiyimni almashtirish kabinasi, hojatxonalar (biohojatxonalar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun axlatdonlar, soyabonlar, ichimlik suv bilan taʼminlangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻz bilan nazorat qilish va kuzatishning zarur vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga zarur axborotni yetkazish va suvda xavfsizlikka rioya qilishga doir tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida radiolashtirilgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar plyajlari akvatoriyalarida suzish marralari butun perimetr boʻyicha 0,7 metr chuqurlikda ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi toʻsiqlar bilan belgilanadi. Bolalarning har bir guruhi uchun sohil boʻylab bir-biridan 5 metr masofada va suv boʻlinishidan 1 metr masofada sohil bayroqchalari qadab qoʻyiladi yoki rangli bayroqchalardan iborat boʻlgan yaxlit toʻsiq oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Choʻmilish taqiqlangan joylarda “Choʻmilish taqiqlanadi!” yozuvli shchitlar oʻrnatiladi, akvatoriyadagi xavfli joylar “Xavfli!” yozuvli ogohlantirish buylari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir plyajda tegishli hudud biriktirilgan tashkilotlar tomonidan qutqarish posti va tibbiy yordam posti boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqarish postlari va tibbiy yordam postlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha talablar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqarish postini va tibbiy yordam postini saqlash plyajlardan, shu jumladan ijara shartlarida foydalanadigan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Plyajlarda quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan stendlar oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomdan koʻchirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻmilish tartibi va quyosh vannalarini qabul qilish toʻgʻrisida dam oluvchi fuqarolar uchun tavsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv va havo harorati, shamolning yoʻnalishi va tezligi, oqimning tezligi, suvning toʻlqini koʻrsatilgan jadvallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajning hududi va akvatoriyasi aniq ajratib koʻrsatilgan chegaralar, choʻmilish taqiqlangan chuqurliklar va joylar koʻrsatilgan xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi qutqarish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar hududiy organlarining joylashgan joyi va telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir bolalar plyajida suzishga oʻrgatish uchun oʻquv punkti tashkil etiladi, ular qoʻllab-quvvatlovchi (qutqaruv) poyaslari boʻlgan suzish taxtachalari, elektromegafon, plyaj akvatoriyasini belgilash uchun suvda qalqib turuvchi toʻsiqlar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv punkti peshlavha, mashgʻulotlar jadvali, suzishga oʻrgatish metodikalari va texnikasi, suvda xavfsizlik choralari boʻyicha oʻquv plakatlari bilan jihozlanadi. Suzishga oʻrgatish suzish boʻyicha yoʻriqchi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Plyajda nogironlarning bemalol kirishlari va boʻlishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumiy foydalaniladigan plyajda yer uchastkasi umumiy maydonining 40 foizdan ortiq boʻlmagan hududda, shu jumladan plyaj umumiy maydonining 35 foizidan ortiq boʻlmagan hududda yengil kreslolar (yogʻoch karavotchalar) berish xizmatlari koʻrsatadigan haq toʻlanadigan plyaj servisi xizmatlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aholi ommaviy dam oladigan joylar hisoblanadigan hududlarda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj materialini shikastlantirish va yoʻq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kabellar oʻtkazish, shu jumladan yuqori kuchlanishli yer osti kabellari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvurlar, boshqa kommunikatsiyalar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
drenaj, sanoat va maishiy oqava suvlarini chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish rejimi va tabiiy davolash omillarini qoʻriqlash bilan bogʻliq boʻlmagan binolar va obyektlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli geologik jarayonlar rivojlanishiga, tabiiy davolash omillari va ekologik muvozanatga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu hududga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan avtotransportning yurishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillar toʻxtash joylari, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni yuvish punktlari qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalari faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni kesish (parvarish qilish va sanitariya bilan bogʻliq kesishlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlgan chorva mollari koʻmiladigan joylar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni saqlash va koʻmish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyning gidrologik rejimini oʻzgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Plyajlardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi holatlarda plyajlar va suvda aholining dam olish joylari faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasining suv osti qismi pasporti mavjud boʻlmaganda (1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi chuqurligining oʻlchov xaritasi mavjud boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi tekshirilmaganda va tozalanmaganda (2-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv sifati boʻyicha laboratoriya nazorati natijalari boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam posti boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan qutqaruvchilar bilan taʼminlangan va zarur qutqarish anjomlari bilan jihozlangan qutqarish posti boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajlarning suv osti qismida quvurlar va suv olish quvurlari mavjud boʻlganda, shuningdek plyajlarga tutashgan tekshirilmagan prichallar yaqinida, kichik oʻlchamli kemalar yaqinlanashadigan joylarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Plyaj xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj yopilgandan keyin har kuni chiqindilarni puxtalik bilan toʻplaydilar va plyaj kunduz kuni ishlaydigan payt mobaynida kamida uch marta qumli zonani chiqindilardan tozalaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq dezinfeksiyalovchi eritmalarni qoʻllagan holda har kuni kiyim almashtirish kabinalarini va dushxonalarni yuvadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qumli plyajlarda qumlarga yopishib qolgan chiqindilarni olib tashlagan holda bir kunda kamida bir marta plyaj materialining yuza qatlamini boronalaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Plyaj materiali faqat plyajni tiklash maqsadlarida chiqarib olinishi va qayta joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bevosita plyajlarning hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan savdo obyektlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar savdo obyektlariga tutash hududning sanitariya holati uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qutqaruv postlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qutqarish posti joylashgan joyda “Qutqaruv posti” yozuvli peshlavha oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Plyajlardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qutqaruvchilarning funksional vazifalarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruv postlarining qutqaruvchilarini tayyorlash (har yilgi qayta tayyorlash), shuningdek ularni attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qaroriga muvofiq, Qutqaruv xizmatlarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajdan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs qutqaruvchilarning oʻz vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruvchilar yagona namunadagi rasmiy kiyim bilan taʼminlanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sohil boʻylab 300 metrgacha va qirgʻoqdan 50 metr uzoqlikdagi hudud har bir qutqaruv posti masʼul boʻlgan zona etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suv ayrilishi joyidan 3 metrdan uzoq boʻlmagan masofada qutqaruv anjomlari mavjud boʻlgan taxtacha oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyaj hududida har 150 metr masofada qutqaruv postining kuzatish minorasi oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanishda xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jihozlangan plyajlarga, shuningdek suvda aholining ommaviy dam olish joylari sifatida foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan kanallar, koʻllar, yongʻinni oʻchirish suv havzalari, suv toʻldirilgan konlar va boshqa suv havzalarida choʻmilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqiqlovchi belgilar va “Xavfli”!”, “Choʻmilish taqiqlanadi!”, “Shoʻngʻish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” soʻzlari yozilgan buylar bilan belgilangan joylarda choʻmilish va suvga sakrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻsish belgilaridan (buylar, buy yoʻlchalaridan) oʻtib suzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik oʻlchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik va ogohlantirish belgilaridan va buytoʻsiqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati nomaʼlum boʻlgan joylarda suvga sakrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish va mast holatda choʻmilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvda shoʻngʻish va choʻmiluvchilarni ushlab olish bilan bogʻliq oʻyinlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻon trevoga signali berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik oʻlchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchuklar va boshqa hayvonlarni oʻzi bilan olib kelish, choʻmiltirish, sayr qildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalarini iflos qilish, qirgʻoqda axlatlarni qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda choʻmilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga koʻmish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovush balandligi 90 dBdan ortiq boʻlgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Bolalar plyajlarida xavfsizlikni taʼminlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bolalarning choʻmilishi suvda xavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxsning buyrugʻi bilan tayinlanadigan yetakchilar (tarbiyachilar), tibbiyot xodimi, suzish boʻyicha yoʻriqchilar, qutqaruvchilar kuzatuvida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bolalarning faqat 10 kishidan ortiq boʻlmagan tarkibda guruh-guruh boʻlib choʻmilishiga ruxsat beriladi. Suvda bir vaqtning oʻzida bittadan ortiq boʻlmagan guruhning boʻlishiga ruxsat beriladi. Suzishni bilmaydigan bolalar alohida choʻmiladilar. 10 kishidan iborat har bir guruh hisobiga bir nafar qutqaruvchi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bolalarning choʻmilishidan oldin plyajni quyidagi tarzda tayyorlash zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh choʻmilishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirgʻogʻi chetlarini rangli bayroqchalardan iborat qirgʻoq bayroqchalari yoki yaxlit toʻsiq (fal) bilan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻmilish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi toʻsiqlar bilan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻmilish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda choʻmilayotgan bolalarning yonida turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bolalar plyajlari quruqlikdan toʻsilgan boʻlishi kerak. Bolalar choʻmilayotganda chet shaxslarning bolalar plyajlariga kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Kichik oʻlchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Suzish zonalarining suv chegaralari eshkakli kemalar va suv velosipedlari uchun qirgʻoqdan 200 metrgacha, dvigatelli katerlar va kichik oʻlchamli kemalar uchun qirgʻoqdan 300 metrgacha va undan ortiq etib belgilanadi. Suv chegaralarida buylar shaklida ogohlantirish belgilari oʻrnatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Prokat punktlari plyaj akvatoriyasi chetidan kamida 100 metr masofada boʻlishi, buytoʻsiqlari, bayroqchali ishora qoziqlari bilan belgilangan boʻlishi kerak. Kichik oʻlchamli kemalarning jihozlanmagan joylarda qirgʻoqqa yaqinlashishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kichik oʻlchamli kemalarda bolalarning suzishiga faqat qutqaruvchilar kuzatuvida va qutqaruv mol-mulki (qutqaruv doirasi, 200 metr uzunlikdagi kapron arqonli gʻaltak, qutqaruv jiletlari, kamar, dastlabki yordam beruvchi dorixona (shu jumladan rotorasshiritel, S-simon trubka va shu kabilar) bilan taʼminlangan navbatchi motorli va (yoki) eshkakli qutqaruv vositalari mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kichik oʻlchamli kemalardan foydalanuvchi fuqarolar suvda halokatga uchrayotgan odamlarga yordam koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kichik oʻlchamli kemalardan foydalanilganda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayiqqa (katerga) belgilangandan koʻp yoʻlovchilar chiqarish (yuk sigʻimidan ortiq yuk ortish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarning choʻmilishi uchun ajratilgan va buy toʻsiqlari bilan toʻsilgan plyaj akvatoriyasiga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishora qoziqlari, buylar, buy yoʻlkalari bilan belgilangan qirgʻoqqa chiqish joylari chegarasini kesib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatdagi boshqa kemalarga yaqinlashish va ularning yoʻlini 100 metrdan kam boʻlgan xavfli yaqinlikda kesib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshgacha boʻlgan bolalarga katta yoshdagilar hamrohligisiz kemalarni prokatga berish va qayiqlar, katerlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 yoshgacha boʻlgan bolalarni katta yoshdagilar hamrohligisiz kemaga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oʻlchamli kemalar bortlaridan suvga sakrash va shoʻngʻish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv vositalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemaning tumshugʻi, quyrugʻidagi bortlarda oʻtirish yoki oyoqlarni bortdan tashqariga osiltirish, bir joydan boshqa joyga oʻtish yoki boshqa kemaga oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlar isteʼmol qilish va mast holatda kichik oʻlchamli kemalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oʻlchamli kema dvigatelining quvvatiga mos boʻlgan kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan kichik oʻlchamli motorli kemalarni boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oʻlchamli kemalarni bazalari — toʻxtash joylari va prokat punktlaridan tashqarida yoʻlovchilarni chiqarish, tushirish, yuklarni ortish va tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Akvatoriyalarda xavfsizlik taʼminlanishi yuzasidan nazoratni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sogʻlomlashtirish yoki sport maqsadlaridagi, shuningdek aholining dam olishi uchun moʻljallangan suv havzalaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari akvatoriyalarning suv yuzasi va sohil boʻyi uchastkasi belgilangan tartibda biriktirilgan doiralarda odamlarning hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishi uchun shaxsan javob beradilar, qutqaruv postlarini jihozlaydilar, saqlaydilar, ularni binolar va qutqaruv anjomlari bilan taʼminlaydilar, shuningdek ular faoliyatini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda plyaj zonalari tashkil etilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sathidan qatʼi nazar, suv boʻlinadigan joygacha suv akvatoriyasiga tutash hudud, shuningdek suv boʻlinishidan 100 metr doirasida suv yuzasi uchastkasi sogʻlomlashtirish yoki sport maqsadlari, shuningdek fuqarolarning dam olishi uchun moʻljallangan suv havzalaridan foydalaniladigan tashkilotlarning javobgarligi zonasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qutqaruv posti ishlarini nazorat qilishni plyaj biriktirilgan tashkilotlarning rahbariyati amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyaj akvatoriyasi (choʻmilish joylari buy toʻsiqlari) doirasida suvda roʻy beradigan hodisalar uchun javobgarlik plyaj zonalaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlariga va ushbu uchastkaning qutqaruv posti navbatchi smenasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari oʻz vakolatlari doirasida plyaj hududlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Oʻzbekiston Respublikasining kichik oʻlchamli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasi oʻz vakolatlari doirasida kichik oʻlchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Ushbu Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

‎‎PLYAJ AKVATORIYASINING SUV OSTI QISMI
‎PASPORTI

‎‎___________________________________________________________________________________ga tegishli
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(plyajning nomi)

‎‎Plyaj joylashgan joy:_________________________________________________________________________
‎‎Akvatoriya tubi tuprogʻining xususiyati: ___________________________________________________________
‎‎Akvatoriya tubi relyefi: ______________________________________________________________________
‎‎Choʻmilishda xavf tugʻdiruvchi toʻsiqlarning mavjudligi:______________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Plyaj hududidagi oqimlarning tavsifi: ___________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Bolalar, nogironlar choʻmilishi uchun belgilangan joylarning mavjudligi:______________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Plyaj akvatoriyasi chegaralarini belgilovchi belgilarning mavjudligi:__________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Qutqaruv postining mavjudligi:________________________________________________________________
‎‎Gʻavvoslik ishlari bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalarning mavjudligi:_________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(ishlarni kim amalga oshirgan)

‎‎1. Plyaj akvatoriyasi tubining gʻavvos tomonidan tekshirilganligi:______________________________________

‎‎‎‎(dalolatnomaning sanasi va №)

‎‎2. Xavfli toʻsiqlarning bartaraf etilganligi:______________________________________________________

‎‎(dalolatnomaning sanasi va №)

‎‎3. Chuqurlik oʻlchamlari aniqlangan holda plyaj akvatoriyasi tubi rejasining mavjudligi:
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Plyajdan foydalanuvchi
‎tashkilotning rahbari

‎‎Gʻavvoslik ishlarini bajargan
‎gʻavvoslar guruhi rahbari‎

‎‎M.Oʻ._____________ __________________________ ‎‎M.Oʻ._____________ __________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(plyajning nomi)
‎plyaji akvatoriyasi tubini gʻavvoslar tomonidan tekshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20_____ yil “_____” ________________

‎‎____________________________

‎‎Dalolatnoma bir tomondan _______________________________________________ plyajining rahbari (undan foydalanuvchi) nomidan ____________________________________________ tomonidan va, ikkinchi tomondan, plyaj akvatoriyasi tubini gʻavvoslar tomonidan tekshirishni amalga oshirgan _____________________________ gʻavvoslar guruhi rahbari tomonidan 20___ yil “____”_____________ dagi ___________-son shartnoma asosida __________________________________________dan iborat
‎‎(gʻavvoslar guruhi aʼzolarining F.I.O.)
tarkibdagi gʻavvoslar guruhi 20___ yil “_____” _______________da quyidagi ishlarni bajarganligi toʻgʻrisida tuzildi:
‎‎maydoni __________ m2, oʻlchamlari ___________ x ______________ m _________________ plyaji akvatoriyasi tubini gʻavvoslar koʻzdan kechirib chiqdi;
‎‎ilova qilinayotgan sxemada koʻrsatilgan koʻndalang profil boʻyicha yuqorida qayd etilgan plyajning tubi chuqurligini oʻlchab chiqdi;
‎‎chuqurlikning oʻlchamlari va choʻmilishda xavf tugʻdiruvchi predmetlar koʻrsatilgan holda yuqorida qayd etilgan plyajning reja-sxemasini tuzdi;
‎‎ishlar______________________ baho bilan plyajning rahbari (undan foydalanuvchi) tomonidan qabul qilindi.
Tekshirishni oʻtkazishda quyidagilar aniqlandi:____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Plyajdan foydalanuvchi
‎tashkilotning rahbari

‎‎Gʻavvoslik ishlarini bajargan
‎gʻavvoslar guruhi rahbari

‎‎M.Oʻ._____________ ‎‎__________________________ ‎‎M.Oʻ._____________ ‎‎___________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻmilish mavsumi davrida respublika akvatoriyalarida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha har yilgi tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi

T/r

Tadbirlar nomi

Oʻtkazish muddati

Bajarish uchun masʼul

1.

Suvda baxtsiz hodisalar (odamlar oʻlimi) tez-tez roʻy berib turadigan joylarni aniqlash va mahalliy aholi va dam oluvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirgʻoq boʻylab choʻmilishni taqiqlovchi belgilar oʻrnatish.

1-maydan 15-sentabrgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.

Dam olish zonalari, sanatoriylar va bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, plyaj zonalari va hovuzlarni plyajlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan foydalanishning belgilangan talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish.

15-apreldan 15-sentabrgacha

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat boʻlgan ishchi guruhlar tomonidan choʻmilishga moʻljallanmagan va choʻmilish hamda kichik oʻlchamli kemalar harakati taqiqlangan joylarning monitoringi olib borilishini tashkil etish.

15-maydan 15-sentabrgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar

4.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, sogʻliqni saqlash tuman boʻlimlari xodimlaridan iborat tarkibda akvatoriyalarda aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha suvda ommaviy dam olinadigan joylarda shtablar tashkil etish.

1-maygacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kichik oʻlchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va choralariga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlash.

doimiy

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar

6.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tarqatish:

mahalliy ommaviy axborot vositalarida fuqarolarning suvda xavfsiz xulq-atvori qoidalari toʻgʻrisidagi videosyujetlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar;

kema egalari va kema haydash boʻyicha yoʻriqchilar oʻrtasida kichik oʻlchamli kemalardan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha eslatma;

plyajlarda va suvda ommaviy dam olishning boshqa joylarida dam oluvchilar tomonidan xavfsizlik choralariga rioya etish qoidalari boʻyicha eslatma.

1-maydan 15-sentabrgacha

Oʻzbekiston MTRK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar

7.

Belgilangan talablarga muvofiq suvda ommaviy dam olish joylarida qutqaruv postlari va tibbiy yordam postlari tashkil etilishi va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.

choʻmilish mavsumi davrida

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar

8.

Plyaj zonalaridagi tibbiy yordam postlarini malakali xodimlar va dastlabki tibbiy yordamning zarur vositalari bilan taʼminlash.

choʻmilish mavsumi davrida

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Suvda ommaviy dam olishning belgilangan joylarida suvni kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar mavjudligi yuzasidan davriy nazorat tekshirishlarini tashkil etish.

1-apreldan 1-oktabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Plyajlarda va suvda ommaviy dam olinadigan joylarda xavfsizlik choralari boʻyicha maʼlumotlar beruvchi plakatlar oʻrnatish.

1-maygacha

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 231-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)