20.05.2016 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida fuqarolarning xavfsiz dam olishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cho‘milish mavsumi davrida respublika akvatoriyalarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha har yilgi tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish postlariga qo‘yiladigan talablarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda — G‘avvoslik ishlarini olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy yordam postlariga qo‘yiladigan talablarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, plyajlarni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganligi va ularning akvatoriyalaridagi hodisalar uchun pansionatlar, sanatoriylar, dam olish zonalari va uylari, turizm bazalari, madaniyat va istirohat bog‘lari, shuningdek aholi suvda ommaviy dam oladigan boshqa joylarning rahbarlari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shu jumladan suvda ommaviy dam olinadigan joylarda aholining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriya — suv jamlanadigan (ko‘llar, daryolar, dengizlar, suv omborlari, kanallar va shu kabilar) tabiiy shakllangan yoki sun’iy barpo etilgan landshaft obyektlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj zonasi (plyaj) — akvatoriya qirg‘og‘idagi aholining dam olishi uchun ajratilgan va ushbu Nizom talablariga muvofiq jihozlangan joyning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan aniq uchastkalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi — akvatoriyaning odamlarning cho‘milishi uchun mo‘ljallangan, ushbu Nizom talablariga muvofiq ogohlantirish belgilari bilan belgilangan va jihozlangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvda aholining ommaviy dam olish joyi — aholining akvatoriyalarda ommaviy dam olishi uchun mo‘ljallangan va maxsus jihozlangan plyaj zonalari va plyajlarning akvatoriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy suvdan foydalanish — suvdan o‘z ehtiyojlarini va suvning va suv obyektlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus inshootlar va qurilmalar qo‘llanilmasdan boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan suvdan foydalanishni nazarda tutadigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj materiali — tuproq, qum, shag‘al, chig‘anoq tosh, tog‘ jinslari yemirilishi materiallari va akvatoriya suvi ajralishi chizig‘ida hosil bo‘ladigan tabiiy yoki sun’iy tuproq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim terapiyasi (iqlim bilan davolash) — muayyan joyning iqlimining dozalangan ta’siridan va maxsus iqlim tartib-taomillaridan foydalanuvchi davolash usullari jami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cho‘milish mavsumi — cho‘milish uchun yilning 15-mayi — 15-sentabri mobaynidagi eng qulay vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriyalarda odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish — suvda dam olish vaqtida akvatoriyalarda odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi va halok bo‘lishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish posti — tashkilotning unga biriktirilgan akvatoriyalarida (plyajlarida) fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun doimiy, mavsumiy yoki vaqtincha foydalaniladigan maxsus jihozlangan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqarish postining javobgarligi zonasi — suvda halokatga uchrayotgan odamlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda qutqaruv postining kuch va vositalari bilan ularga yordam berish ta’minlanadigan plyajning akvatoriya uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam posti — plyajdagi dastlabki tibbiy yordam berish uchun barcha zarur dori vositalari bilan ta’minlangan, maxsus jihozlangan vaqtinchalik xona yoki joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik o‘lchamli kemalar — asosiy dvigatellarining quvvati 55 kVt dan kam bo‘lgan va 12 kishidan kam yo‘lovchi sig‘adigan o‘ziyurar kemalar, dvigatellarning quvvati va sonidan qat’i nazar, ko‘tarma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), o‘zi suzmaydigan kemalar va 80 registr tonnadan kam sig‘imli boshqa suzuvchi obyektlar, havo to‘ldirilgan motorsiz, eshkakli qayiqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik o‘lchamli kemalar turadigan baza — kichik o‘lchamli kemalarni jamlash uchun maxsus jihozlangan joy. Kichik o‘lchamli kemalar (yaxt-klublar, prichallar, qutqarish stansiyalari prichallari, qayiqlar, suv velosipedlari va mototsikllari, prokatga beriladigan stansiyalar va shu kabilar) jamlanadigan binolar, inshootlar majmui bilan birgalikda tutashib ketgan akvatoriya bilan birgalikdagi qirg‘oq hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj servisi xizmatlari — plyaj jihozlari (yog‘och karavatlar, yengil kreslolar, plyaj soyabonlari va boshqalar), suvdagi o‘yinlar uchun sport jihozlari va hordiq vositalari prokati (stol tennisi, voleybol, badminton uchun sport snaryadlari va moslamalar, suv velosipedlari, yelkanli, eshkakli, motorli suzish vositalari va boshqalar) plyajda boshqa fuqarolarning dam olishiga to‘sqinlik qilmaydigan suv attraksionlari va boshqa hordiq qurilmalaridan foydalanish xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruvchi — muayyan dastur bo‘yicha qutqarish ishlari uchun tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prichal — to‘xtash joyi va kemalarga xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchilarni o‘tirg‘izish va tushirish, yuk operatsiyalari uchun inshootlar va qurilmalar jami hamda shu kabilar mavjud bo‘lgan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pirslar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joylar) — portning akvatoriyasi ichida perpendikulyar yoki qirg‘oqqa nisbatan burchak ostida joylashgan ikki tomonlama prichal. Pirslar kemalarni bog‘lab qo‘yishga va ularning to‘xtab turishiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Plyajlarni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Plyajda dam olishni tashkil etish uchun yaroqli bo‘lgan sohil hududlari shaharsozlik hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajlarning soni va toifalarini, ularning maydonlarini hududlarni rejalashtirish sxemasiga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritmasdan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joyni tanlashda zarur maydonning hisob-kitobini, plyajning asbob-uskunalari va uni jihozlashda suv obyektlari rekreatsiyasi zonalariga qo‘yiladigan talablarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Plyaj va aholining suvda ommaviy dam olishi uchun ajratiladigan joylar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohil bo‘yi hududi rejalashtirilgan va obodonlashtirilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akvatoriyaning chuqurligi 3 metrgacha, qirg‘oqdan 50 metrgacha maydon dam oluvchilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlardan tozalangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasida past haroratli yer osti suvlari chiqmasligi, girdoblar bo‘lmasligi, oqimning tezligi 0,5 m/sekunddan oshmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
port inshootlari, pirslar, prichallardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) organlari bilan kelishilgan masofada joylashgan bo‘lishi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj sanoat va maishiy oqava suvlar chiqarib tashlanadigan joylardan uzoqda joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv havzalari qirg‘og‘ida yoki ularning yaqinidagi bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish muassasalaridagi cho‘milish joylari prichallardan, sanoat va maishiy oqava suvlar va boshqa ifloslantiruvchi manbalar chiqarib tashlanadigan joylardan kamida 500 metr masofada bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv omborlari, ko‘llar, daryolar, kanallar hamda boshqa oqadigan va oqmaydigan yirik suv havzalarida plyaj akvatoriyasi suv yuzasining maydoni bir nafar dam oluvchi hisobiga 5 m2 va oqmaydigan suv havzalarida — 10 m2 bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Plyaj zonalari foydalanishga qonunchilikka muvofiq beriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Plyajlarni jihozlashga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Aholining ommaviy dam olishi uchun foydalaniladigan plyaj zonalari funksional vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-sog‘lomlashtirish plyajlari — iqlim bilan davolash amalga oshirilmaydigan davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari plyajlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar plyajlari — mijozlari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda sog‘lomlashtiriluvchi va dam oluvchi bolalar hisoblanadigan bolalar sog‘lomlashtirish va dam olish muassasalari plyajlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan plyajlar — barcha xohlovchilar bepul va bemalol foydalanadigan plyajlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajlar o‘z funksional vazifasiga muvofiq “Umumiy foydalaniladigan plyaj. Kirish bepul, ijaraga oluvchi (mulkdor), aloqa qilinadigan telefonlar, ish rejimi”, “Davolash-sog‘lomlashtirish plyaji (tashkilotning nomi, telefon raqami, ish rejimi)”, “Bolalar plyaji (tashkilotning nomi, telefon raqami, ish rejimi)” peshlavhalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Plyajlar va plyajlarning akvatoriyasi quyidagi talablarga javob berishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasida suzish masofasi qirg‘oqdan 50 metrgacha, biroq chuqurligi 3 metrdan ortiq bo‘lmagan qizil yoki to‘q qizil rangdagi buylar (suvda sayozlik, yo‘l va shu kabilarni ko‘rsatadigan qalquvchi belgilar) bilan belgilangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj hududida kiyimni almashtirish kabinasi, hojatxonalar (biohojatxonalar), qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun axlatdonlar, soyabonlar, ichimlik suv bilan ta’minlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘z bilan nazorat qilish va kuzatishning zarur vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga zarur axborotni yetkazish va suvda xavfsizlikka rioya qilishga doir tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida radiolashtirilgan bo‘lishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar plyajlari akvatoriyalarida suzish marralari butun perimetr bo‘yicha 0,7 metr chuqurlikda ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi to‘siqlar bilan belgilanadi. Bolalarning har bir guruhi uchun sohil bo‘ylab bir-biridan 5 metr masofada va suv bo‘linishidan 1 metr masofada sohil bayroqchalari qadab qo‘yiladi yoki rangli bayroqchalardan iborat bo‘lgan yaxlit to‘siq o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Cho‘milish taqiqlangan joylarda “Cho‘milish taqiqlanadi!” yozuvli shchitlar o‘rnatiladi, akvatoriyadagi xavfli joylar “Xavfli!” yozuvli ogohlantirish buylari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir plyajda tegishli hudud biriktirilgan tashkilotlar tomonidan qutqarish posti va tibbiy yordam posti bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqarish postlari va tibbiy yordam postlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha talablar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqarish postini va tibbiy yordam postini saqlash plyajlardan, shu jumladan ijara shartlarida foydalanadigan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Plyajlarda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan stendlar o‘rnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomdan ko‘chirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cho‘milish tartibi va quyosh vannalarini qabul qilish to‘g‘risida dam oluvchi fuqarolar uchun tavsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv va havo harorati, shamolning yo‘nalishi va tezligi, oqimning tezligi, suvning to‘lqini ko‘rsatilgan jadvallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajning hududi va akvatoriyasi aniq ajratib ko‘rsatilgan chegaralar, cho‘milish taqiqlangan chuqurliklar va joylar ko‘rsatilgan xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi qutqarish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar hududiy organlarining joylashgan joyi va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir bolalar plyajida suzishga o‘rgatish uchun o‘quv punkti tashkil etiladi, ular qo‘llab-quvvatlovchi (qutqaruv) poyaslari bo‘lgan suzish taxtachalari, elektromegafon, plyaj akvatoriyasini belgilash uchun suvda qalqib turuvchi to‘siqlar bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv punkti peshlavha, mashg‘ulotlar jadvali, suzishga o‘rgatish metodikalari va texnikasi, suvda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘quv plakatlari bilan jihozlanadi. Suzishga o‘rgatish suzish bo‘yicha yo‘riqchi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Plyajda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bemalol kirishlari va bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumiy foydalaniladigan plyajda yer uchastkasi umumiy maydonining 40 foizdan ortiq bo‘lmagan hududda, shu jumladan plyaj umumiy maydonining 35 foizidan ortiq bo‘lmagan hududda yengil kreslolar (yog‘och karavotchalar) berish xizmatlari ko‘rsatadigan haq to‘lanadigan plyaj servisi xizmatlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aholi ommaviy dam oladigan joylar hisoblanadigan hududlarda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj materialini shikastlantirish va yo‘q qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kabellar o‘tkazish, shu jumladan yuqori kuchlanishli yer osti kabellari o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvurlar, boshqa kommunikatsiyalar o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
drenaj, sanoat va maishiy oqava suvlarini chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish rejimi va tabiiy davolash omillarini qo‘riqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan binolar va obyektlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli geologik jarayonlar rivojlanishiga, tabiiy davolash omillari va ekologik muvozanatga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu hududga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan avtotransportning yurishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillar to‘xtash joylari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni yuvish punktlari qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalari faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni kesish (parvarish qilish va sanitariya bilan bog‘liq kesishlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lgan chorva mollari ko‘miladigan joylar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Plyajlardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi holatlarda plyajlar va suvda aholining dam olish joylari faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasining suv osti qismi pasporti mavjud bo‘lmaganda (1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi chuqurligining o‘lchov xaritasi mavjud bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi tekshirilmaganda va tozalanmaganda (2-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv sifati bo‘yicha laboratoriya nazorati natijalari bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam posti bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan qutqaruvchilar bilan ta’minlangan va zarur qutqarish anjomlari bilan jihozlangan qutqarish posti bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajlarning suv osti qismida quvurlar va suv olish quvurlari mavjud bo‘lganda, shuningdek plyajlarga tutashgan tekshirilmagan prichallar yaqinida, kichik o‘lchamli kemalar yaqinlanashadigan joylarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Plyaj xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj yopilgandan keyin har kuni chiqindilarni puxtalik bilan to‘playdilar va plyaj kunduz kuni ishlaydigan payt mobaynida kamida uch marta qumli zonani chiqindilardan tozalaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq dezinfeksiyalovchi eritmalarni qo‘llagan holda har kuni kiyim almashtirish kabinalarini va dushxonalarni yuvadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qumli plyajlarda qumlarga yopishib qolgan chiqindilarni olib tashlagan holda bir kunda kamida bir marta plyaj materialining yuza qatlamini boronalaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Plyaj materiali faqat plyajni tiklash maqsadlarida chiqarib olinishi va qayta joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bevosita plyajlarning hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan savdo obyektlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar savdo obyektlariga tutash hududning sanitariya holati uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qutqaruv postlariga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qutqarish posti joylashgan joyda “Qutqaruv posti” yozuvli peshlavha o‘rnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Plyajlardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qutqaruvchilarning funksional vazifalarini tasdiqlaydi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruv postlarining qutqaruvchilarini tayyorlash (har yilgi qayta tayyorlash), shuningdek ularni attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qaroriga muvofiq, Qutqaruv xizmatlarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyajdan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs qutqaruvchilarning o‘z vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruvchilar yagona namunadagi rasmiy kiyim bilan ta’minlanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sohil bo‘ylab 300 metrgacha va qirg‘oqdan 50 metr uzoqlikdagi hudud har bir qutqaruv posti mas’ul bo‘lgan zona etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suv ayrilishi joyidan 3 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada qutqaruv anjomlari mavjud bo‘lgan taxtacha o‘rnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyaj hududida har 150 metr masofada qutqaruv postining kuzatish minorasi o‘rnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanishda xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jihozlangan plyajlarga, shuningdek suvda aholining ommaviy dam olish joylari sifatida foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan kanallar, ko‘llar, yong‘inni o‘chirish suv havzalari, suv to‘ldirilgan konlar va boshqa suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqiqlovchi belgilar va “Xavfli”!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan buylar bilan belgilangan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘sish belgilaridan (buylar, buy yo‘lchalaridan) o‘tib suzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘on trevoga signali berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Bolalar plyajlarida xavfsizlikni ta’minlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bolalarning cho‘milishi suvda xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning buyrug‘i bilan tayinlanadigan yetakchilar (tarbiyachilar), tibbiyot xodimi, suzish bo‘yicha yo‘riqchilar, qutqaruvchilar kuzatuvida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bolalarning faqat 10 kishidan ortiq bo‘lmagan tarkibda guruh-guruh bo‘lib cho‘milishiga ruxsat beriladi. Suvda bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq bo‘lmagan guruhning bo‘lishiga ruxsat beriladi. Suzishni bilmaydigan bolalar alohida cho‘miladilar. 10 kishidan iborat har bir guruh hisobiga bir nafar qutqaruvchi bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bolalarning cho‘milishidan oldin plyajni quyidagi tarzda tayyorlash zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh cho‘milishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirg‘og‘i chetlarini rangli bayroqchalardan iborat qirg‘oq bayroqchalari yoki yaxlit to‘siq (fal) bilan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cho‘milish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi to‘siqlar bilan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cho‘milish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda cho‘milayotgan bolalarning yonida turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bolalar plyajlari quruqlikdan to‘silgan bo‘lishi kerak. Bolalar cho‘milayotganda chet shaxslarning bolalar plyajlariga kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Kichik o‘lchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Suzish zonalarining suv chegaralari eshkakli kemalar va suv velosipedlari uchun qirg‘oqdan 200 metrgacha, dvigatelli katerlar va kichik o‘lchamli kemalar uchun qirg‘oqdan 300 metrgacha va undan ortiq etib belgilanadi. Suv chegaralarida buylar shaklida ogohlantirish belgilari o‘rnatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Prokat punktlari plyaj akvatoriyasi chetidan kamida 100 metr masofada bo‘lishi, buyto‘siqlari, bayroqchali ishora qoziqlari bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Kichik o‘lchamli kemalarning jihozlanmagan joylarda qirg‘oqqa yaqinlashishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kichik o‘lchamli kemalarda bolalarning suzishiga faqat qutqaruvchilar kuzatuvida va qutqaruv mol-mulki (qutqaruv doirasi, 200 metr uzunlikdagi kapron arqonli g‘altak, qutqaruv jiletlari, kamar, dastlabki yordam beruvchi dorixona (shu jumladan rotorasshiritel, S-simon trubka va shu kabilar) bilan ta’minlangan navbatchi motorli va (yoki) eshkakli qutqaruv vositalari mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kichik o‘lchamli kemalardan foydalanuvchi fuqarolar suvda halokatga uchrayotgan odamlarga yordam ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kichik o‘lchamli kemalardan foydalanilganda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayiqqa (katerga) belgilangandan ko‘p yo‘lovchilar chiqarish (yuk sig‘imidan ortiq yuk ortish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarning cho‘milishi uchun ajratilgan va buy to‘siqlari bilan to‘silgan plyaj akvatoriyasiga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishora qoziqlari, buylar, buy yo‘lkalari bilan belgilangan qirg‘oqqa chiqish joylari chegarasini kesib o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatdagi boshqa kemalarga yaqinlashish va ularning yo‘lini 100 metrdan kam bo‘lgan xavfli yaqinlikda kesib o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga katta yoshdagilar hamrohligisiz kemalarni prokatga berish va qayiqlar, katerlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni katta yoshdagilar hamrohligisiz kemaga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik o‘lchamli kemalar bortlaridan suvga sakrash va sho‘ng‘ish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv vositalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemaning tumshug‘i, quyrug‘idagi bortlarda o‘tirish yoki oyoqlarni bortdan tashqariga osiltirish, bir joydan boshqa joyga o‘tish yoki boshqa kemaga o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlar iste’mol qilish va mast holatda kichik o‘lchamli kemalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik o‘lchamli kema dvigatelining quvvatiga mos bo‘lgan kema haydovchisi guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kichik o‘lchamli motorli kemalarni boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik o‘lchamli kemalarni bazalari — to‘xtash joylari va prokat punktlaridan tashqarida yo‘lovchilarni chiqarish, tushirish, yuklarni ortish va tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Akvatoriyalarda xavfsizlik ta’minlanishi yuzasidan nazoratni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sog‘lomlashtirish yoki sport maqsadlaridagi, shuningdek aholining dam olishi uchun mo‘ljallangan suv havzalaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari akvatoriyalarning suv yuzasi va sohil bo‘yi uchastkasi belgilangan tartibda biriktirilgan doiralarda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishi uchun shaxsan javob beradilar, qutqaruv postlarini jihozlaydilar, saqlaydilar, ularni binolar va qutqaruv anjomlari bilan ta’minlaydilar, shuningdek ular faoliyatini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda plyaj zonalari tashkil etilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sathidan qat’i nazar, suv bo‘linadigan joygacha suv akvatoriyasiga tutash hudud, shuningdek suv bo‘linishidan 100 metr doirasida suv yuzasi uchastkasi sog‘lomlashtirish yoki sport maqsadlari, shuningdek fuqarolarning dam olishi uchun mo‘ljallangan suv havzalaridan foydalaniladigan tashkilotlarning javobgarligi zonasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qutqaruv posti ishlarini nazorat qilishni plyaj biriktirilgan tashkilotlarning rahbariyati amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plyaj akvatoriyasi (cho‘milish joylari buy to‘siqlari) doirasida suvda ro‘y beradigan hodisalar uchun javobgarlik plyaj zonalaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlariga va ushbu uchastkaning qutqaruv posti navbatchi smenasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Sanepidqo‘mning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida plyaj hududlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. O‘zbekiston Respublikasining kichik o‘lchamli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi o‘z vakolatlari doirasida kichik o‘lchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Ushbu Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎PLYAJ AKVATORIYASINING SUV OSTI QISMI
‎PASPORTI

‎‎___________________________________________________________________________________ga tegishli
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(plyajning nomi)

‎‎Plyaj joylashgan joy:_________________________________________________________________________
‎‎Akvatoriya tubi tuprog‘ining xususiyati: ___________________________________________________________
‎‎Akvatoriya tubi relyefi: ______________________________________________________________________
‎‎Cho‘milishda xavf tug‘diruvchi to‘siqlarning mavjudligi:______________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Plyaj hududidagi oqimlarning tavsifi: ___________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar cho‘milishi uchun belgilangan joylarning mavjudligi:______________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Plyaj akvatoriyasi chegaralarini belgilovchi belgilarning mavjudligi:__________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Qutqaruv postining mavjudligi:________________________________________________________________
‎‎G‘avvoslik ishlari bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarning mavjudligi:_________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(ishlarni kim amalga oshirgan)

‎‎1. Plyaj akvatoriyasi tubining g‘avvos tomonidan tekshirilganligi:______________________________________

‎‎‎‎(dalolatnomaning sanasi va №)

‎‎2. Xavfli to‘siqlarning bartaraf etilganligi:______________________________________________________

‎‎(dalolatnomaning sanasi va №)

‎‎3. Chuqurlik o‘lchamlari aniqlangan holda plyaj akvatoriyasi tubi rejasining mavjudligi:
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Plyajdan foydalanuvchi
‎tashkilotning rahbari

‎‎G‘avvoslik ishlarini bajargan
‎g‘avvoslar guruhi rahbari‎

‎‎M.O‘._____________ __________________________ ‎‎M.O‘._____________ __________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(plyajning nomi)
‎plyaji akvatoriyasi tubini g‘avvoslar tomonidan tekshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20_____ yil “_____” ________________

‎‎____________________________

‎‎Dalolatnoma bir tomondan _______________________________________________ plyajining rahbari (undan foydalanuvchi) nomidan ____________________________________________ tomonidan va, ikkinchi tomondan, plyaj akvatoriyasi tubini g‘avvoslar tomonidan tekshirishni amalga oshirgan _____________________________ g‘avvoslar guruhi rahbari tomonidan 20___ yil “____”_____________ dagi ___________-son shartnoma asosida __________________________________________dan iborat
‎‎(g‘avvoslar guruhi a’zolarining F.I.O.)
tarkibdagi g‘avvoslar guruhi 20___ yil “_____” _______________da quyidagi ishlarni bajarganligi to‘g‘risida tuzildi:
‎‎maydoni __________ m2, o‘lchamlari ___________ x ______________ m _________________ plyaji akvatoriyasi tubini g‘avvoslar ko‘zdan kechirib chiqdi;
‎‎ilova qilinayotgan sxemada ko‘rsatilgan ko‘ndalang profil bo‘yicha yuqorida qayd etilgan plyajning tubi chuqurligini o‘lchab chiqdi;
‎‎chuqurlikning o‘lchamlari va cho‘milishda xavf tug‘diruvchi predmetlar ko‘rsatilgan holda yuqorida qayd etilgan plyajning reja-sxemasini tuzdi;
‎‎ishlar______________________ baho bilan plyajning rahbari (undan foydalanuvchi) tomonidan qabul qilindi.
Tekshirishni o‘tkazishda quyidagilar aniqlandi:____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Plyajdan foydalanuvchi
‎tashkilotning rahbari

‎‎G‘avvoslik ishlarini bajargan
‎g‘avvoslar guruhi rahbari

‎‎M.O‘._____________ ‎‎__________________________ ‎‎M.O‘._____________ ‎‎___________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cho‘milish mavsumi davrida respublika akvatoriyalarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha har yilgi tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi

T/r

Tadbirlar nomi

O‘tkazish muddati

Bajarish uchun mas’ul

1.

Suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlash va mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatish.

1-maydan 15-sentabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.

Dam olish zonalari, sanatoriylar va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, plyaj zonalari va hovuzlarni plyajlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan foydalanishning belgilangan talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish.

15-apreldan 15-sentabrgacha

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhlar tomonidan cho‘milishga mo‘ljallanmagan va cho‘milish hamda kichik o‘lchamli kemalar harakati taqiqlangan joylarning monitoringi olib borilishini tashkil etish.

15-maydan 15-sentabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar

4.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, sog‘liqni saqlash tuman bo‘limlari xodimlaridan iborat tarkibda akvatoriyalarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha suvda ommaviy dam olinadigan joylarda shtablar tashkil etish.

1-maygacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kichik o‘lchamli kemalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va choralariga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlash.

doimiy

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar

6.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tarqatish:

mahalliy ommaviy axborot vositalarida fuqarolarning suvda xavfsiz xulq-atvori qoidalari to‘g‘risidagi videosyujetlar, maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar;

kema egalari va kema haydash bo‘yicha yo‘riqchilar o‘rtasida kichik o‘lchamli kemalardan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha eslatma;

plyajlarda va suvda ommaviy dam olishning boshqa joylarida dam oluvchilar tomonidan xavfsizlik choralariga rioya etish qoidalari bo‘yicha eslatma.

1-maydan 15-sentabrgacha

O‘zbekiston MTRK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar

7.

Belgilangan talablarga muvofiq suvda ommaviy dam olish joylarida qutqaruv postlari va tibbiy yordam postlari tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

cho‘milish mavsumi davrida

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar

8.

Plyaj zonalaridagi tibbiy yordam postlarini malakali xodimlar va dastlabki tibbiy yordamning zarur vositalari bilan ta’minlash.

cho‘milish mavsumi davrida

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Suvda ommaviy dam olishning belgilangan joylarida suvni kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar mavjudligi yuzasidan davriy nazorat tekshirishlarini tashkil etish.

1-apreldan 1-oktabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

10.

Plyajlarda va suvda ommaviy dam olinadigan joylarda xavfsizlik choralari bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi plakatlar o‘rnatish.

1-maygacha

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 21-son, 231-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)