1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmonini bajarish yuzasidan va Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, buning uchun o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablari va xalqaro standartlarga javob beradigan zarur o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (keyingi o‘rinlarda TDPU deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli pedagogik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarni, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pedagogik ta’lim muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oliy ta’limning pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, TDPUning shtatdagi xodimlari soni va professor-o‘qituvchilar tarkibi oliy ta’lim muassasalari uchun amaldagi shtat normativlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDPUning yangilangan ustavini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda Universitetning fakultetlari va kafedralarini shakllantirish, Universitetning tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasiga muvofiq ularni yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2016-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar parametrlariga zarur o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahri hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy manzili bo‘yicha joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1-Toshkent pedagogika kollejining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy manzili bo‘yicha joylashgan binolarini bepul asosda, tasarruf etish huquqisiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga berish-qabul qilishni bir oy muddatda ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2016-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining zarur qo‘shimcha binolari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun zarur markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar ajratilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. TDPU uchun binolar qurish va uning balansiga berilayotgan tegishli binolarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshaharsozlikLITI” AJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qurilishbirlashmasi” AJ — bosh pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasiga 2017-yil 1-avgustgacha qurilish ishlari va jihozlash tugallanishini ta’minlagan, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda, qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini ko‘chirish va uning faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi
Zakirov B.I.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
Vahobov A.V.
—
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
Nabiyev D.X.
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha)
Xidoyatov D.A.
—
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi
Xo‘jayev B.A.
—
Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari
Qo‘chqorov J.A.
—
Moliya vazirining o‘rinbosari
Sharipov Sh.S.
—
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Kamilov M.M.
—
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma bosh�ig‘i
Onorboyev B.O.
—
Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 20-son, 223-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/775/0051-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)