11.05.2016 yildagi PQ-2527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini tubdan oshirish, Milliy universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, o‘quv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy aloqasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga keng jalb etish, shuningdek buning uchun zarur zamonaviy infratuzilma va moddiy-texnika bazasini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (keyingi o‘rinlarda — Milliy universitet)ni O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti negizida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Milliy universitet faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali o‘qituvchi va ilmiy kadrlarni zamonaviy talablar darajasida tayyorlash, respublikaning bazaviy universiteti sifatida oliy ta’limning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fanning istiqbolli, yuqori texnologiyali yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatimiz ilmiy maktablarini rivojlantirish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini e’tirof etilgan xalqaro talablar va standartlar darajasida takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Milliy universitet respublikaning matematika, tabiiy-ilmiy va gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy universitet huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti 2016-yilning 1-iyulidan tugatilsin va barcha ilmiy loyihalar, uskunalar va boshqa mol-mulkning maqsadga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ular Milliy universitetning Fizika fakultetiga topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Yadro fizikasi institutining 1956 — 1972-yillarda qurilgan obyektlarini xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy infratuzilmani shakllantirgan holda ularni zarur multimedia uskunalari va kommunikatsiyalar bilan jihozlash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200 o‘rinli majlislar zali va 4 ta seksiya auditoriyalari bor ma’muriy binoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
600 o‘rinli zali bo‘lgan binoni (sobiq madaniyat uyi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinadigan ilmiy xodimlar uchun 30 o‘rinli mehmonxona tipidagi yotoqxonani kapital rekonstruksiya qilish uchun 2016-2017-yillarda budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tugatilayotgan Yadro fizikasi instituti va Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda attestatsiya komissiyasi tuzilsin, malakali mutaxassislar Milliy universitet Fizika fakultetining yo‘nalishlar bo‘yicha kafedralari va laboratoriyalariga ishga qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Milliy universitet bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda Milliy universitetning yangilangan nizomini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Milliy universitetning ma’muriy-boshqaruv hamda o‘quv-yordamchi xodimlari soni va tarkibini tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmaga muvofiq holga keltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarordan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi respublika budjeti xarajatlari parametrlariga zarur o‘zgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Yadro fizikasi institutining bo‘shayotgan xodimlarini belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2527-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi PQ-2527-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining yadro fizikasi instituti va O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

R.S. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri, komissiya raisi

A.V. Vaxabov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari

Sh.I. Salixov

Fanlar Akademiyasi prezidenti

N. Tursunov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari

A.M. Sadikov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti

D.R. Turdiyev

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

B. Nizamov

mehnat vaziri o‘rinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijrochi direktori

F.X. Rizayev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri

Sh.S Sirojiddinov.

O‘zbekiston milliy universiteti rektori

A.X. Xaitbayev

O‘zbekiston milliy universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

X.S. Daliyev

O‘zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti dekani

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, komissiya kotibi..

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 19-son, 210-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 07/17/3390/0265-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)