06.05.2016 yildagi 145-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, aholini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga doir vazifalarni hal etishga kompleks yondashish, shuningdek yuqorida qayd etilgan tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida “Mo‘ynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Jaltirbas” (17280 ga), “Sudochye” (19000 ga) va “Ribachye” (3000 ga) tabiiy suv havzalarini (keyingi o‘rinlarda suv havzalari deb ataladi) baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun belgilangan tartibda “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKga doimiy alohida foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning asosiy vazifalari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalarini kelgusida baliqlantirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida suv havzalari hududida baliq pitomniklari va inkubatsiya sexlarini tashkil etish va ularning faoliyatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalarida qafas usulida baliq yetishtirish texnologiyalarini yaratish va joriy etish ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalari hududida havaskorlik va sport maqsadidagi baliq ovini, turizmni rivojlantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baliq ovlash hajmini ko‘paytirish, raqobatbardosh baliq mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafardan iborat bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimligi “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mo‘ynoq akva sanoat” DUK o‘z faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini moliyalashtirish uchun “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKga belgilangan tartibda kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 761-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mo‘ynoq tumani hokimligi tomonidan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning ustavi tasdiqlanishini va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mo‘ynoq akva sanoat” DUK quyidagi manzilga joylashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, Ajiniyoz ko‘chasi, 77-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 19-son, 212-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)