13.02.2009 yildagi 960-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 13.02.2009 yildagi 960-I-son
Kuchga kirish sanasi
13.02.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 2008-yilda mamlakatimizda erishilgan yutuqlar chuqur va batafsil tahlil qilingan, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning 2009-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish — davr talabi” deb nomlangan maʼruzasini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan majlisidagi maʼruzasida bayon etilgan qoidalar va xulosalar qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlansinki, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari iqtisodiy oʻsishning yuqori, barqaror va muvozanatlashgan surʼatlari hamda makroiqtisodiy barqarorlik tendensiyalari mustahkamlanayotganligidan, iqtisodiyotni tubdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilish, aholining bandligi va farovonligi darajasini oshirish boʻyicha uzoq muddatli vazifalarni hal etishda ijobiy siljishlar taʼminlanayotganligidan asosli tarzda dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan xulosalar, maqsadlar va vazifalarni oʻz qonunchilik hamda nazorat-tahlil faoliyatining samaradorligini yanada oshirish uchun asos sifatida qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi navbatdagi tadbirlari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruhi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhining ishini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X.N. Doʻstmuhamedov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhiga oʻz tarkibida alohida yoʻnalishlar boʻyicha kichik guruhlar tuzish hamda hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun oʻz ishiga mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhining umumlashtirilgan takliflari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga jamiyat va davlat hayotining dolzarb masalalarini tayyorlash hamda palata muhokamasiga kiritish boʻyicha oʻz ishlarini kuchaytirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlarda mamlakatimizda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarning ahamiyatini, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida Oʻzbekiston rahbariyati tanlagan rivojlanish strategiyasi toʻgʻriligini va mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi dasturning samarali ekanligini atroflicha tushuntirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari X.N. Doʻstmuhamedov, A.A. Rustamov, I. Saifnazarov va A.X. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
960-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2009-yil 13-fevraldagi 960-I-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida bayon etilgan qoidalardan kelib chiqadigan birinchi navbatdagi tadbirlari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Vafoyev U.N.

—

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Ishchi guruhi rahbari)

2.

Abdunazarov A.B.

—

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

3.

Ahmadjonov N.

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi

4.

Alimov N.H.

—

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

5.

Jalmenov U.A.

—

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi

6.

Karimov N.H.

—

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi

7.

Rajabov F.Z.

—

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi

8.

Sidiqov N.Gʻ.

—

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi

9.

Ubaydullayev Z.S.

—

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi

10.

Yusupov E.J.

—

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

11.

Irkaxodjayev A.K.

—

Qonunchilik palatasi Devoni rahbari

12.

Rustamov B.M.

—

Qonunchilik palatasi Devoni Qoʻmitalar bilan ishlash boʻlimi mudiri

13.

Yoʻldoshev A.A.

—

Qonunchilik palatasi Devoni Yuridik boʻlimi mudiri

14.

Abdurahmonov F.A.

—

Ќonunchilik palatasi Devoni Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri

15.

Islombekov U.I.

—

Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot kotibi

16.

Joʻrayeva S.A.

—

Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot va tarjima boʻlimi mudiri

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 2-son, 45-modda)