Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005 22.04.2004 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005
Hujjat 22.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

MAHSULOTLARNI KIMOShDI SAVDOLARIDA SOTISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdolari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotish hajmlarini kengaytirish hamda mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2004-yilda ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining kimoshdi savdolarida belgilangan tartibda sotish uchun moʻljallangan yuqori likvidli mahsulotlar nomenklaturasi va hajmlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga muvofiq mahsulotlarning savdoga qoʻyilishini, oʻz vaqtida kontraktlar va shartnomalar tuzilishini, shuningdek keyinchalik mahsulotlar yetkazib berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yilda oʻtkazilgan kimoshdi savdolari yakunlariga koʻra tuzilgan kontraktlar boʻyicha mahsulotlar toʻliq hajmda yuklab joʻnatilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini kimoshdi savdosida kafolatli hajmlarda sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotiga 2004-yildan boshlab 1-ilovada nazarda tutilmagan tovarlarni mahsulot ishlab chiqaruvchilar buyurtmanomalari asosida kimoshdi savdolarida sotishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kimoshdi savdolari yakunlariga koʻra tuzilgan eksport kontraktlari hisobga qoʻyilishini, shuningdek eksport qilinadigan tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga
1-ILOVA

2004-yilda ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining kimoshdi savdolarida sotish uchun moʻljallangan yuqori likvidli mahsulotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOMENKLATURASI VA HAJMLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎‏

Etkazib beruvchining nomi‎‏

Mahsulot nomi‎‏

TIF TN kodi ‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Jami‎‏

shu jumladan:

II chorakda‎

III chorakda‎

IV chorakda ‎

1.‎

“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari‎

paxta tolasi ‎

5201‎

tonna‎

15000‎

10000‎

—‎

5000‎

2.‎

“Olmaliq KMK” OAJ‎

tozalangan mis ‎

7403‎

tonna‎

4000‎

2000‎

1000‎

1000‎

3.‎

“Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi‎

qora metallar prokati ‎

7201—7228‎

tonna‎

2000‎

1000‎

500‎

500‎

4.‎

“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi‎

paxta shroti ‎

230610000‎

tonna‎

10000‎

5000‎

—‎

5000‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tovarlarni savdoga qoʻyish sanasi va nomenklaturasi bozor konyunkturasiga qarab Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi qaroriga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga
2-ILOVA

Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini kimoshdi savdosida kafolatlangan hajmlarda sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini muqobil kimoshdi savdosi asosida xorijiy kompaniyalar hamda firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga kafolatlangan hajmlarda sotish tartibini belgilaydi, kimoshdi savdosini oʻtkazishning umumiy tartibini va unda qatnashish shartlarini tartibga soladi, kimoshdi savdosini oʻtkazish boʻyicha maxsus organning vakolatlarini, hisob-kitoblarni oʻtkazish mexanizmini va kimoshdi savdosida sotiladigan yuqori likvidli mahsulotning oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish tartibotlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kimoshdi savdolariga yuqori likvidli tovarlarning xorijiy kompaniyalar va firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga oldindan haq toʻlash shartlarida, ham yetkazib berish muddatini kechiktirgan holda, ham tuzilgan kontrakt boʻyicha yetkazib bergan holda, ushbu eksport kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida roʻyxatdan oʻtkazmasdan sotishga moʻljallangan ayrim turlari qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kim oshdi savdosida sotiladigan yuqori likvidli mahsulotlarning aniq turlari va miqdori Hukumat qarori bilan har yili tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish prognozini tasdiqlash chogʻida, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi takliflari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqori likvidli mahsulotlar ayrim turlarining kimoshdi savdolarini zarur darajada tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlash uchun Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi vakillaridan Yuqori likvidli mahsulotlar ayrim turlarini sotish boʻyicha kim oshdi savdolarini tashkil etish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yuqori likvidli mahsulotlarning belgilangan turlari boʻyicha ularning har qaysi kim oshdi savdosiga qoʻyiladigan aniq miqdorlarini va lotlarning boshlangʻich narxlarini belgilaydi, ushbu Nizomga rioya etilishi, mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlarning Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasiga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining shuʼba korxonasi — “Oʻzauksionsavdo” (keyingi oʻrinlarda “Agent” deb ataladi) yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. Agent faoliyati ustidan nazoratni Kengash amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdolari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining savdo maydonchasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Agentning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan savdo lotlari hujjatlarini qabul qilib olish va tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarni chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi qatnashchilarini kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan tovarlar turlari va miqdorlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻyilayotgan lotni identifikatsiyalash uchun potensial qatnashchilarga hujjatlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va qatnashchilarga chiptalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida qatnashish shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi qatnashchilarini kimoshdi savdolari natijalaridan xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdolarining borishi va natijalari toʻgʻrisida protokollar tuzish, keyinchalik ularni Kengashga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdolari gʻoliblari bilan oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish hamda ularni bojxona organida va vakolatli bankda hisobga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agent savdolarni oʻtkazish jarayoniga bevosita aralashish, shu jumladan ushbu Nizom buzilgan, til biriktirish, fors-major holatlar aniqlangan hollarda lotni savdodan chiqarish, savdoni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Faqat bitta qatnashchi roʻyxatdan oʻtkazilgan lot, qatnashchilarni xabardor qilgan holda, kimoshdi savdosidan chiqariladi va ushbu lot boʻyicha Agent tomonidan kimoshdi savdosi oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisida protokol rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kimoshdi savdosini oʻtkazishga tayyorgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agent Kengash qarori asosida respublika va, zarurat boʻlganda, xorijiy ommaviy axborot vositalarida kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnoma eʼlon qiladi hamda xabarnomalarni kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin treyder kompaniyalarga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnoma Agent tomonidan kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bildirishnoma va xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosining oʻtkazilish vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan tovarlar nomi va miqdor, kimoshdi savdosini oʻtkazish, shu jumladan gʻolibni aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida qatnashish uchun toʻlov miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat summasi va u oʻtkazilishi kerak boʻlgan hisob raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish va toʻlov shartlariga binoan boshlangʻich narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish va toʻlov shartlari (tovar turiga koʻra);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanomalarni qabul qilish tugaydigan muddat va qatnashchi qatnashishni rad etgan taqdirda berilgan buyurtmanomani qaytarib olishning oxirgi muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi qatnashchilariga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi shakli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan shartlar Kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish shakli, shartlari va qoʻshimcha maʼlumotlar roʻyxati Agent tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bildirishnoma eʼlon qilingan yoki xabarnoma olingan vaqtdan boshlab Agent kimoshdi savdosining barcha qatnashchilariga qoʻyiladigan lotni identifikatsiya qilish uchun hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosining potensial qatnashchilari talabiga koʻra tovarni yetkazib beruvchi har qaysi lot namunasini tanishish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni yetkazib beruvchi kimoshdi savdosining potensial qatnashchilariga taqdim etish uchun mahsulotni sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi shaklini Agentga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi navbatdagi kimoshdi savdosi boshlanishidan kamida 15 kalendar kun oldin mahsulotning sortlari, klasslari, tiplari, miqdori, shuningdek uning ishlab chiqaruvchilari toʻgʻrisida Agentni va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasini yozma ravishda xabardor qiladi. Koʻrsatib oʻtilgan miqdordagi sertifikatlangan mahsulot savdo boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin mintaqaviy paxta terminallariga joʻnatiladi. Bunda mahsulotni terminallarga yetkazish xarajatlari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga yuklanadi. Agar koʻrsatib oʻtilgan miqdordagi mahsulot savdoda sotilmasa, mahsulot “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bilan kelishgan holda tashqi savdo kompaniyalari va/yoki Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining kontraktlari boʻyicha 20 kun mobaynida joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kimoshdi savdosida qatnashganlik uchun toʻlov, qaytarib berilmagan zakalatlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar kimoshdi savdolarini tashkil etish uchun moliyaviy mablagʻlar manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kimoshdi savdosida qatnashish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentga Agent tomonidan belgilangan muddatda quyidagilarni taqdim etgan xorijiy kompaniyalar va firmalar kimoshdi savdosida qatnashish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosida qatnashish uchun buyurtmanoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentning hisob raqamiga erkin almashtiriladigan valyutada buyurtmanoma taqdim etilayotgan lot boshlangʻich qiymatining 0,1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda kimoshdi savdosida qatnashish uchun toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentning hisob raqamiga buyurtmanoma taqdim etilayotgan lotga qarab Kengash tomonidan belgilangan miqdorda erkin valyutada zakalat toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniya yoki firma nomidan savdoda bevosita qatnashuvchi vakilga berilgan ishonchnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agent tomonidan zarur hujjatlarni qabul qilish va qatnashchilarni roʻyxatdan oʻtkazish kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan oldingi kunda soat 18-00 da toʻxtatiladi, qabul qilingan buyurtmanomalar esa savdo boshlanishidan kamida 3 soat oldin qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kimoshdi savdosida qatnashishga qoʻyilgan xorijiy kompaniyalar va firmalarga qatnashchining tartib raqami yozilgan kimoshdi savdosi qatnashchisining chiptasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar buyurtmanoma bergan xorijiy kompaniya yoki firma mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan talablarni bajarmagan boʻlsa, uning kimoshdi savdosida qatnashishi rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kimoshdi savdosida qatnashish uchun buyurtmanoma bergan xorijiy kompaniyalar va firmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kimoshdi savdolarini oʻtkazish maqsadida Agent auksionchini tayinlaydi, auksionchi Agentning oʻz xodimi ham, kontrakt asosida jalb etilgan shaxs ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agent va auksionchi oʻzlari tashkil etgan kimoshdi savdosida qatnashchilarning manfaatlarini ifodalash huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartiboti quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionchi kimoshdi savdosi boshlangunga qadar sotilayotgan lotning tartib raqamini eʼlon qiladi, kimoshdi savdosiga qoʻyilgan tovarni va savdo shartlarini tavsiflab beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionchi tegishli lot boʻyicha kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchilarning roʻyxatdan oʻtish tartib raqamini eʼlon qiladi. Auksionchi tomonidan tartib raqami eʼlon qilingan ishtirokchi kimoshdi savdosida qatnashayotganligini tasdiqlab qatnashchi kartochkasini koʻtarishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionchi lotning boshlangʻich bahosini va kimoshdi savdosining qadamini eʼlon qilgan vaqt kimoshdi savdosi boshlangan vaqt hisoblanadi. Kimoshdi savdosi qadamlari toʻgʻrisidagi qaror auksionchi tomonidan har bir lot uchun alohida qabul qilinadi. Zaruriyat boʻlganda auksionchi kimoshdi savdosi davomida qadamni oʻzgartirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich baho eʼlon qilingandan keyin auksionchi takliflarni kutadi, agar qatnashchi qatnashchi kartochkasini koʻtarsa — bu uning tovarni boshlangʻich bahoda sotib olishga tayyorligini bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqoriroq bahoni taklif etmoqchi boʻlgan qatnashchi oʻzining qatnashchi kartochkasini koʻtaradi, bu belgilangan qadam boʻyicha bahoni oshirishga doir taklif hisoblanadi. Auksionchi birinchi boʻlib yuqoriroq bahoni taklif etgan ishtirokchini eʼlon qilar ekan taklif etilgan baho va mazkur qatnashchining tartib raqamini eʼlon qiladi. Agar auksionchi taklif etgan bahoni uch marta eʼlon qilganidan keyin qatnashchilardan hech kim yuqoriroq baho taklif etmasa, auksionchi bolgʻachaning uchinchi zarbi bilan ayni bir vaqtda lotning mazkur bahoni taklif etgan qatnashchiga sotilganligini eʼlon qiladi. Shundan soʻng mazkur lotga doir kimoshdi savdosi yopilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Lotning boshlangʻich bahosi eʼlon qilingandan keyin uni xarid qilishni xohlovchilar boʻlmasa lot kimoshdi savdosidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kimoshdi savdosi gʻolibi (keyingi oʻrinlarda xaridor deb ataladi) va Agent kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi ikki nusxadagi protokolni savdo oʻtkazilgan kunda imzolaydilar, uning bir nusxasi xaridorga beriladi va keyinchalik tovarni yetkazib beruvchi — kontrakt egasi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protokolda yetkazib beruvchi va xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tovarning nomi, tovarning uzil-kesil bahosi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokolni imzolashdan bosh tortgan taqdirda, Agent kimoshdi savdosi natijalarini bekor qiladi. Bunda yutib olingan lot (lotlar)ning eʼlon qilingan qiymatiga mutanosib zakalat summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar lot boʻyicha kimoshdi savdosi lotning kimoshdi savdosidan chiqarilganligi yoxud boshqa sabablarga koʻra oʻtkazilmagan deb eʼlon qilingan boʻlsa oʻtkazilmagan kimoshdi savdosining protokoli tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Shartnomani rasmiylashtirish va kimoshdi savdosi qatnashchilari bilan hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oldi-sotdi shartnomasi tovarni yetkazib beruvchi — kontrakt egasi va xaridor oʻrtasida kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokol asosida va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, kimoshdi savdosi tugagan va protokol rasmiylashtirilgandan keyin ikki haftadan kechikmay tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xaridor belgilangan muddatda oldi-sotdi shartnomasini imzolamasa, savdo natijalari Agent tomonidan bekor qilinishi mumkin. Bunda xaridor tomonidan yutib olingan, rad etilgan lot (lotlar)ning eʼlon qilingan qiymatiga mutanosib zakalat summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan biri shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda ikkinchi tomon shartnomani tuzishga majbur qilish, shuningdek shartnoma tuzishdan boʻyin tovlash tufayli yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi talabnoma bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishda oldi-sotdi shartnomasi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda eksport qiluvchi deb ataladi) va xaridor oʻrtasida tuziladi. Eksport qiluvchi va yetkazib beruvchi mintaqaviy paxta terminallari bilan mahsulotni qabul qilib olish va keyinchalik eksportga joʻnatish toʻgʻrisida zarur shartnomalar tuzadilar. Eksport qiluvchi mintaqaviy paxta terminallariga oʻz vaqtida eksport bildirishnomalari taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xaridor bilan shartnoma tuzish chogʻida u toʻlagan zakalat summasi tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi sifatida hisobga olinadi. Kimoshdi savdosining qolgan barcha ishtirokchilariga zakalat summasi kimoshdi savdosi natijalari eʼlon qilingan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kuni mobaynida qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan tovarning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan tovarning bahosi va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni yetkazib beruvchi va xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni yetkazib berish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov shakli va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlar masʼuliyatining yuzaga kelish shartlari va doirasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shartnomaning boshqa shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo natijalariga koʻra tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi tovarni yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankda hamda bojxona organida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kimoshdi savdosi natijalari boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli mahsulotni oldindan toʻlov asosida mahsulot yetkazib berish muddatini keyinga surish, shuningdek oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi fakti boʻyicha yetkazib berish shartlarida sotishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdosi shartlaridan farq qiluvchi mahsulot yetkazib berishga doir qoʻshimcha shartlarni nazarda tutishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tovarni yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bank tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bildirishnomasi asosida zakalat summasini hisobga olgan holda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xaridor oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq toʻlovlarni shartnoma imzolangan vaqtdan eʼtiboran 20 ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar xaridor oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq belgilangan muddatda hisob-kitob qilmasa, Agent kimoshdi savdolari natijalarini bekor qilish hamda tovarni yetkazib beruvchi bilan kelishgan holda sotilmagan miqdordagi tovarni kelgusi savdolarga qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hollarda Agent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan yutib olingan lot (lotlar)ning protokolda koʻrsatilgan eʼlon qilingan qiymatiga mutanosib holda hisoblab chiqilgan zakalatni oʻz foydasiga olib qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qaroriga koʻra xaridorni Agent tomonidan oʻtkaziladigan boshqa savdolarda qatnashish huquqidan mahrum qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kimoshdi savdosida sotilmay qolgan lotlar keyingi kimoshdi savdolariga (shu jumladan oxirgi kimoshdi savdosida eʼlon qilinganidan boshqa baholar boʻyicha) qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kimoshdi savdosini oʻtkazish jarayonida paydo boʻlgan eʼtirozlar kimoshdi savdosi yopilgunga qadar Agent tomonidan koʻrib chiqiladi. Agentning qarorlari yuzasidan vakolatli organlarga yoki sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kimoshdi savdosi natijalariga oid toʻliq maʼlumotlar mavjud boʻlgan hisobot kimoshdi savdosi oʻtkazilgandan keyin ikki kun muddatda Kengashga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yuqori likvidli tovarlar kimoshdi savdolarida sotilganligi uchun hisob-kitob qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Savdo natijalari toʻgʻrisidagi protokol asosida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida sotib olinadigan tovar uchun mablagʻlar Agentning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Operatsiyalar boshqarmasida ochilgan maxsus tranzit valyuta hisob raqamiga yoki Agentning tovar yetkazib beruvchi yoxud eksport qiluvchining vakolatli bankida ochilgan ikkilamchi valyuta hisob raqamiga tushishi nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agent valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, uni Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltirgan holda, majburiy tartibda sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

paxta tolasini sotishda Agent valyuta tushumining hammasini majburiy tartibda sotadi. Bunda Agent majburiy tartibda sotishni valyuta tushumi summasining 10 foizgachasini chegirgan holda amalga oshirishga haqli, uni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob qilingandan keyin sotadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashtirilmagan eksport nomenklaturasi va hajmlaridan ajratilgan tovarlarni sotishda Agent valyuta tushumini 50 foiz miqdorida majburiy tartibda sotadi, valyuta tushumining qolgan qismini esa tovar yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazadi. Bunda valyuta tushumining sotilgan qismi tovar yetkazib beruvchining majburiy tartibda sotishi sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentning valyutaning bir qismini majburiy tartibda sotishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agentga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan milliy valyutada tushgan tushum tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tovar yetkazib beruvchi hisobiga yoki paxta tolasi eksport qilinganda — eksport qiluvchi hisobiga (Agentning Kengash tomonidan belgilangan vositachilik haqi chegirilgan holda) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasi eksport qilinganda eksport qiluvchi hisobiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlar, paxta tolasini eksport qilish sarf-xarajatlarning cheklangan miqdorlari bilan belgilangan xarajatlarni, shu jumladan eksport qiluvchining 1,5 foiz miqdoridagi vositachilik haqini chegirgan holda, tovar yetkazib beruvchi hisobiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Kimoshdi savdosida bitishuvlarni amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tovarni yetkazib beruvchi Agentga, ular asosida Agent savdo oʻtkazadigan boshlangʻich baholar, yetkazib berish shartlari va muddatlari, toʻlov shartlari va boshqa shartlar boʻyicha yozma axborot berilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda, nomenklaturada, sifat va muddatlarda yetkazib berish boʻyicha javobgarlik tovar yetkazib beruvchining zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Agent va kimoshdi savdosi ishtirokchilarining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar savdoda qatnashish uchun toʻlov toʻlangandan keyin Agent tomonidan kimoshdi savdosini oʻtkazish rad etilgan yoki qatnashchi tomonidan berilgan buyurtmanoma qaytarib olishning soʻnggi muddati tugagunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, Agent oʻzi taklif etgan ishtirokchilar tomonidan toʻlangan toʻlovlarni 3 ish kun mobaynida ularga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.‎ Yakovlev I.G. ‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi‎
2.‎ Saidova G.K. ‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari‎
3.‎ Najimov N.E. ‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi oʻrinbosari‎
4.‎ Gʻulomov R.A.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari‎
5.‎ Joʻrayev T.I.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
6.‎ Tishchenko S.P.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
7.‎ Umarov S.A.‎ —‎‎ “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining bosh direktori ‎
8.‎ Yusupov U.G. ‎ —‎ “Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasining direktori, Kengash kotibi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 6-bandining ikkinchi—beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilab qoʻyilsinki, yuqori likvidli mahsulotlarni koʻrsatib oʻtilgan shartlarda sotishdan tushgan valyuta tushumi belgilangan tartibda Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotiladi. Bunda valyuta tushumi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi sotilgan taqdirda — 100 foiz miqdorida;

markazlashtirilmagan eksport nomenklaturasi va hajmlaridan ajratilgan tovarlar sotilgan taqdirda — 50 foiz miqdorida majburiy sotiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “kafolatli” soʻzidan keyin “hamda belgilangan eksport prognozidan ortiqcha” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotidan mahsulotlarni kimoshdi savdolari asosida xorijiy kompaniyalar va firmalarga sotishdan olingan valyuta tushumini mablagʻlarning tushishiga qarab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi sotilgan taqdirda — 100 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashtirilmagan eksport nomenklaturasi va hajmlaridan ajratilgan tovarlar sotilgan taqdirda — 50 foiz miqdorida sotib oladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdosida sotishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyuldagi 298-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 40-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasi direktoriga, zarur hollarda, ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining xodimlari soniga Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band va qarorga 2-3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 187-modda)