Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 849-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga*;
Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishiga doir tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-aprel,
131-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 192-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)