Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 709-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahar hokimiyati boshqaruv apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3050-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining bilimlarini va kasbiy koʻnikmalarini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb ataladi) qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududlarning resurs salohiyati va demografik tendensiyalari bilan muvozanatlangan qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli kompleks dasturlarini ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish;
sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish, pudrat qurilish quvvatlarini mutanosib rivojlantirish hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
ishlab chiqarish infratuzilmasini, uy-joy-kommunal sohasini rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, yer va suv resurslari balanslarini shakllantirish va ularning monitoringini olib borish;
mehnat resurslari balansini shakllantirish va ularning monitoringini olib borish, ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish masalalari, demografik rivojlanishni tahlil qilish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat boshqaruvi iqtisodiyot organlari tizimida ish tajribasiga ega boʻlmagan barcha xodimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlariga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhiga (keyingi oʻrinlarda guruh deb ataladi) ishga qabul qilingandan keyingi dastlabki 12 kalendar oy mobaynida majburiy tartibda toʻrt haftalik qayta tayyorlashdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida — ikki haftalik stajirovkadan oʻtadilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari boshliqlari har yili ikki haftalik malaka oshirish kurslaridan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida — bir haftalik stajirovkadan oʻtadilar;
xodimlar uch yilda bir marta toʻrt haftalik kurslaridan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida — ikki haftalik stajirovkadan oʻtadilar;
guruhlar rahbarlari va xodimlari uch yilda bir marta ikki haftalik malaka oshirish kurslaridan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida — bir haftalik stajirovkadan oʻtadilar;
xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi;
mashgʻulotlarni oʻtkazishga va stajirovkaga rahbarlik qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining, respublika boshqa oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari, Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining, vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlari, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tugallangan taqdirda sertifikat beriladi. Yakuniy testlarga koʻra qoniqarsiz baho olganligi sababli tinglovchining sertifikat ololmaganligi xodimni egallab turgan lavozimidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi. Imtiyozli sertifikat olinishi nomzodni nomenklatura lavozimlarining zaxira roʻyxatiga kiritish uchun asos hisoblanadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida xodimlarning asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga boshqa shaharlardan yuborilgan tinglovchilarga yuborgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda sutkalik pul toʻlanadi va turar joy ijarasi hamda oʻqish joyiga kelish va ketish xarajatlari qoplanadi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan tinglovchilarning xizmat safari xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini va Iqtisodiyot vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarini saqlash uchun nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2016-yilga va 2019-yilgacha boʻlgan davrga xodimlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish roʻyxatlarini va jadvallarini tuzsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bir oy muddatda guruhlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-may,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 133-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb ataladi), shuningdek tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhlari (keyingi oʻrinlarda guruhlar deb ataladi) xodimlarining qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtishi tartibini belgilaydi.
2. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining oʻquv bazasida, stajirovka esa — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida va Savdo-sanoat palatasida amalga oshiriladi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Bank-moliya akademiyasi javob beradi.
4. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davrida ularning asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
5. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning maqsadi, vazifalari va yoʻnalishlari
6. Xodimlarning kasb darajasini yuqori darajada saqlab turish va rivojlantirish xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar kurslarning vazifalari hisoblanadi:
xodimlarga yuklangan vazifalarni yuqori kasb darajasida bajarish uchun zarur boʻlgan nazariy, amaliy bilimlarni, koʻnikmalarni va uquvni tizimli tarzda yangilash;
tinglovchilarga — hududlar xodimlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishi monitoringi jarayonida markaziy iqtisodiyot organlari va davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilish koʻnikmalarini singdirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzaro hamkorligi samaradorligi darajasini va amaliy natijadorligini oshirish maqsadida ular tomonidan hududiy darajada foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy taʼminotning qoʻllanishini ishlab chiqish.
8. Quyidagilar xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududlarning resurs salohiyati va demografik tendensiyalari bilan muvozanatlangan qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli kompleks dasturlarini ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish;
sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish, pudrat qurilish quvvatlarini mutanosib rivojlantirish hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
ishlab chiqarish infratuzilmasini, uy-joy-kommunal sohani rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, yer va suv resurslari balanslarini shakllantirish va ularning monitoringini olib borish;
mehnat resurslari balansini shakllantirish va ularning monitoringini olib borish, ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish masalalari, demografik rivojlanishni tahlil qilish.
9. Har bir yoʻnalish boʻyicha oʻquv rejalari quyidagi masalalarni qamrab olishi lozim:
tinglovchilarga oʻrganilayotgan tarmoqlar va sohalardagi muammolar va nomutanosibliklarni aniqlagan holda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, hududlarning resurs salohiyatini chuqur tahlil qilish koʻnikmalarini singdirish;
tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va monitoring olib borish usullari va koʻnikmalarini oʻrganish;
tegishli tarmoqlar va sohalarning proporsional mutanosib rivojlanishini taʼminlash uchun balans usulidan foydalanish;
hududiy organlar ishlari jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
III. Xodimlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishi tartibi
10. Davlat boshqaruvi iqtisodiyot organlari tizimida ish tajribasiga ega boʻlmagan barcha xodimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlariga ishga qabul qilingandan keyingi dastlabki 12 kalendar oy mobaynida majburiy tartibda toʻrt haftalik qayta tayyorlashdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida ikki haftalik stajirovkadan oʻtadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari boshliqlari har yili ikki haftalik malaka oshirishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida — bir haftalik stajirovkadan oʻtadilar.
Xodimlar uch yilda bir marta toʻrt haftalik malaka oshirishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida — ikki haftalik stajirovkadan oʻtadilar;
Guruhlar rahbarlari va xodimlari uch yilda bir marta ikki haftalik malaka oshirishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida — bir haftalik stajirovkadan oʻtadilar.
11. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni taʼlim oluvchilar soni 14 nafardan 25 nafargacha boʻlgan guruhlarda tashkil etiladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Bank-moliya akademiyasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining takliflariga binoan har yili 15-sentabrgacha ularning egallab turgan lavozimlariga koʻra oʻqitish davrlari va yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilaydi hamda navbatdagi kalendar yil uchun oʻqitish reja-jadvalini tasdiqlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri va hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari boshliqlari malakasini oshirish kurslari kalendar yilning noyabr oyida oʻtkaziladi.
13. Oʻquv kurslari asosan interaktiv shaklda, shu jumladan “Aqliy hujum”, “Keys stadi”, “Jamoada ishlash”, “Davra suhbatlari” shaklida hamda bilimlar va koʻnikmalar berishning boshqa zamonaviy shakllarida oʻtkaziladi.
Mashgʻulotlarni oʻtkazishga va stajirovkaga rahbarlik qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining, respublika boshqa oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining, vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlari, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.
14. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan oʻtish yakunlari boʻyicha 100 balli tizim boʻyicha yakuniy test sinovi oʻtkaziladi.
Yakuniy test sinovi Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan tashkil etiladi.
15. Stajirovka yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har bir taʼlim oluvchiga ijobiy yoxud salbiy baho beradi.
16. Taʼlim oluvchilar, agar test sinovi yakunlari boʻyicha olinishi mumkin boʻlgan ballarning kamida 55 foizini olsa va stajirovkadan oʻtish yakunlari boʻyicha ijobiy bahoga ega boʻlish sharti bilan qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
Taʼlim oluvchi olinishi mumkin boʻlgan ballarning kamida 55 foizini toʻplay olmagan taqdirda uning yana bir marta takroriy test sinovidan oʻtishiga ruxsat beriladi.
17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining sertifikati beriladi.
Tinglovchi tomonidan qoniqarsiz baho tufayli sertifikat olinmasligi xodimni egallab turgan lavozimidan ozod etish uchun asos hisoblanadi.
Ballarning olinishi mumkin boʻlgan sonining 90 foizi va undan ortigʻi olinganda imtiyozli sertifikat beriladi. Imtiyozli sertifikat olinishi nomzodni nomenklatura lavozimlari zaxirasi roʻyxatiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
18. Xodimlar kurslar boshlangandan boshlab ikki kun mobaynida mashgʻulotlarga kelmasa yoki 12 soat qatnashmasa, kelmaslik sabablaridan qatʼi nazar, kurslarga qoʻyilmaydi.
Kelmaslikning xolisona sabablari (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa sabablar) mavjud boʻlganda xodim keyingi guruhlarda kurslardan oʻtish uchun jadvalga kiritiladi.
19. Uzrsiz sabablar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga kelinmagan taqdirda xodimlar kurslardan oʻtmagan deb hisoblanadi, zarur choralar koʻrish uchun tegishli maʼlumot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuboriladi.
20. Kurslardan chiqarilgan xodimlar kurslardan oʻtmagan deb hisoblanadi.
21. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish davrida tinglovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ichki tartibi talablariga rioya qilishlari shart.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI |
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI | |||||||||||||
| Tartib raqami ___________ | | | | | | | | | __________________-son | ||||||
|
SERTIFIKAT | |||||||||||||||
| | | _______________________________________________________________________________ | |||||||||||||
| | |
(malaka sertifikati berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi) | |||||||||||||
| pasport maʼlumotlari: | ____________________________________________________________________ | ||||||||||||||
| | | | |
qayta tayyorlov va malaka oshirishdan oʻtdi | |||||||||||
| 20____ yil “_____” ____________dan 20____ yil “_____” ____________gacha amal qiladi. | |||||||||||||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri |
| | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori |
| | | | ||||||
| ______________________ | | ________________ | ______________________ | | ________________ | ||||||||||
|
(F.I.O.) |
M.ʻO. |
(imzo) |
(F.I.O.) |
M.ʻO. |
(imzo) | ||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI |
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI | |||||||||||||
| Tartib raqami ___________ | | | | | | | | | __________________-son | ||||||
|
IMTIYOZLI SERTIFIKAT | |||||||||||||||
| | | _______________________________________________________________________________ | |||||||||||||
| | |
(malaka sertifikati berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi) | |||||||||||||
| pasport maʼlumotlari: | ____________________________________________________________________ | ||||||||||||||
| | | | |
qayta tayyorlov va malaka oshirishdan oʻtdi | |||||||||||
| 20____ yil “_____” ____________dan 20____ yil “_____” ____________gacha amal qiladi. | |||||||||||||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri |
| | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori |
| | | | ||||||
| ______________________ | | ________________ | ______________________ | | ________________ | ||||||||||
|
(F.I.O.) |
M.ʻO. |
(imzo) |
(F.I.O.) |
M.ʻO. |
(imzo) | ||||||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 194-modda)