21.05.2008 yildagi 790-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 21.05.2008 yildagi 790-I-son
Kuchga kirish sanasi
21.05.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 2008-yil 25-fevraldan 29-fevralgacha saylov okruglarida olib borgan ishlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 2008-yil 25-fevraldan 29-fevralgacha saylov okruglarida olib borgan ishlari toʻgʻrisidagi axborotni eshitib va muhokama qilib, taʼkidlaydiki, deputatlar tomonidan fuqarolar yigʻinlari, oʻquv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarda 600 dan ziyod uchrashuv va suhbatlar oʻtkazildi, ularda 115 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Deputatlar uchrashuv va suhbatlar chogʻida aholini mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov rahbarligida jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida, parlament faoliyati, qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyati, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ishi haqida xabardor qildilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar Vazirlar Mahkamasining 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Inson manfaatlari ustuvorligini taʼminlash – barcha islohot va oʻzgarishlarimizning bosh maqsadidir” mavzuidagi maʼruzasini tushuntirishga alohida eʼtibor qaratdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchrashuvlar ishtirokchilari Oʻzbekiston rahbariyatining jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishga, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan yoʻlini maʼqulladilar hamda qoʻllab-quvvatladilar. Shu bilan birga saylovchilar ijtimoiy taʼminot, ishga joylashtirish, uy-joy-kommunal xizmati koʻrsatish, fuqarolarni elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlash, yoʻllarni taʼmirlash va qurish, jamoat transporti xizmati ishidagi kamchiliklarni taʼkidlab oʻtdilar. Bir qator joylarda fuqarolar yosh bolali oilalarga nafaqalar berish bilan bogʻliq masalalarni koʻtardilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar iqtisodiyotga va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga daxldor qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga kengroq va faolroq tushuntirish, ularning ayrimlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish zarurligi haqida deputatlar oldiga savollar qoʻydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchrashuvlar va fuqarolarni qabul qilish chogʻida saylovchilar tomonidan koʻtarilgan qator muammolar joyning oʻzida hal qilindi, boshqa muammolar yuzasidan esa hokimliklarga va respublika organlariga tegishli soʻrovlar yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 2008-yil 25-fevraldan 29-fevralgacha saylov okruglarida olib borgan ishlari toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etish Tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan uchrashuvlar vaqtida saylovchilar tomonidan koʻtariladigan masalalarni hal etishga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (7-modda) deputatlarga berilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda jiddiy eʼtibor qaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga, aholi oʻrtasida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ahamiyatini, qabul qilinayotgan qonunlar mohiyatini tushuntirishga doir ishlarni yaxshilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar, “Yoshlar yili” Davlat dasturini amalda roʻyobga chiqarishda faol ishtirok etsinlar, qabul qilingan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻtarilgan muammolarni oʻrganishda eʼtiborni saylovchilarning eng muhim va dolzarb savollariga qaratsinlar hamda muhokama etilayotgan muammolar sabablari chuqur oʻrganilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz majlislarida deputatlarning saylovchilar bilan olib boradigan ishini takomillashtirish masalalarini muntazam koʻrib borish, joylarda qonunlarning ijrosi ustidan nazorat qilish masalalarida hokimiyatning mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlarining ish shakli va uslublarini ayniqsa “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning bajarilishi masalalarida doimiy ravishda takomillashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qonunlar xalq, jamiyat va davlat manfaatlariga mos boʻlishi, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlar vaqtida aniqlangan qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni oʻrganish va qonun ijodkorligi ish rejasiga aniq takliflar kiritishga yanada jiddiy eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuzaga kelayotgan muammolar ustida koʻtarilgan masalani qonun yoʻli bilan taʼminlash uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari vakillari bilan joylarda ishlash (tahlil qilish va sabablarni aniqlash) amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda qonunlar ijrosi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish natijalari boʻyicha parlament nazoratining barcha shakllari va uslublari (parlament soʻrovi, palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoinki axborotini palata majlislarida eshitish va shu kabilar) amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi haqidagi masalani 2008-yilgi nazorat-tahlil ishlari rejasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Rustamov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
790-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 21-maydagi 790–I-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Tartib “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz saylov okrugidagi saylovchilar bilan aloqa bogʻlab turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida saylovchilarning manfaatlarini ifoda etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta, saylovchilarga oʻz faoliyati haqida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq, noyabr, fevral va may oyining oxirgi toʻliq haftasi deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlashi uchun moʻljallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Deputat qaysi siyosiy partiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib koʻrsatilib saylangan boʻlsa, mazkur siyosiy partiya bilan ham muntazam aloqa bogʻlab turadi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida shu siyosiy partiyaning manfaatlarini ifoda etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Deputat mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ahvoli va istiqbollari haqidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda olishi, saylovchilarga parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va ijrosini taʼminlash mexanizmini tushuntirib borishi, qonun talablari buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish boʻyicha keskin choralar koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Deputat saylov okrugiga borishdan avval okrugda olib boradigan faoliyati tartibini, uchrashuvlar oʻtkaziladigan joylar hamda ishtirokchilar tarkibini belgilab oladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun ijodkorligi, hozirgi vaqtda muhokama qilinayotgan qonun loyihalari, oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmita faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni toʻplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Deputatlarning saylovchilar bilan ishlashi uchun belgilangan muddatlarda saylov okruglariga borishlari oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari nomiga deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda hamda boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, respublika markaziy gazetalari rahbarlariga deputatlarning saylovchilar bilan olib borayotgan ishlarini yoritib borish haqida xatlar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni saylov okrugiga borishidan avval deputatni mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol haqidagi axborot va boshqa tegishli statistik maʼlumotlar, shuningdek mazkur Tartibning 6-bandida koʻrsatilgan yozma maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit yaratiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatning murojaatiga koʻra saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishi, fuqarolarni qabul qilishi uchun xona ajratadilar. Tadbirlar oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida saylovchilarga xabar beradilar, zarur boʻlgan taqdirda uchrashuv va qabulda ishtirok etish uchun mutasaddi tashkilotlar vakillarini yuboradilar, deputatning saylov okrugidagi faoliyatini tashkil etish yuzasidan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirishda, deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyaning mahalliy kengashlari imkoniyatidan ham foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Deputat saylov okrugida saylovchilar bilan ish olib borish davomida ularga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, muhokama qilinayotgan qonun loyihalari toʻgʻrisida, oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmita va fraksiya faoliyati haqida hamda avvalgi uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan bildirilgan ayrim takliflar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Saylovchilar bilan oʻtkaziladigan uchrashuvlarning samaradorligiga erishish maqsadida deputat siyosiy partiyalarning mahalliy kengashlari vakillarini, mutaxassislarni uchrashuvlarga jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Deputat saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqishi, shikoyatlarni keltirib chiqargan sabablarni hal etish chora-tadbirlarini koʻrishi, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etishi, bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Deputat fuqarolardan tushgan murojaatlar yuzasidan joylarda hal boʻladigan masalalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hal qilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda, ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Deputat ayrim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganib, bu haqda mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan koʻtarilgan ayrim masalalar yuzasidan deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishi yoki oʻz nuqtai nazarlarini bayon qilishi talabi bilan parlament soʻrovi yuborish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Deputat saylov okrugidagi faoliyati davomida qonun talablari ijro etilishidagi kamchiliklarni aniqlagan taqdirda oʻzi aʼzo boʻlgan siyosiy partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi orqali bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qoʻmitaga taklif kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Deputat aholini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, parlament va oʻzi aʼzo boʻlgan fraksiya faoliyati haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali muntazam xabardor qilib turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Deputat saylov okrugida olib borgan ishlari yakuni boʻyicha maʼlumot tayyorlab oʻzi aʼzo boʻlgan siyosiy partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbariga topshiradi. Ushbu maʼlumotda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuv joyi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchrashuv ishtirokchilarining tarkibi va soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchrashuv mavzusi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchrashuv ishtirokchilari tomonidan koʻtarilgan masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchrashuv ishtirokchilarining amaldagi qonunlarni yanada takomillashtirish, shuningdek qoʻmitalarda koʻrilayotgan qonun loyihalariga doir taklif va mulohazalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar tomonidan koʻtarilgan muammolarni hal etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari hamda siyosiy partiyalar mahalliy kengashlari vakillarining uchrashuvdagi ishtiroki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Siyosiy partiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari deputatlarning saylov okruglarida olib borgan ishlari yakunlariga doir maʼlumotni palata miqyosida umumlashtirish uchun Qonunchilik palatasi Devoni boshligʻiga taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 281-modda)