23.03.2016 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, oziq-ovqat va farmatsevtika tarmog‘iga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yetkazib berishga doir shartnomalar majburiyatlarini bajarish yuzasidan yalang‘och qizilmiya g‘amlangan (to‘plangan) taqdirda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olinmasdan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yalang‘och qizilmiyani g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi qonunchilikda belgilangan miqdorda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda undiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 85-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib- taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlaganlik (to‘plaganlik) bo‘yicha imtiyozlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) sharti bilan yalang‘och qizilmiyani g‘amlashda (to‘plashda) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlarni kamaytirish shaklida beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish- Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki O‘zbekiston Respublikasining ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lar, ko‘chatlar) uchun belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan boshqa yerlarda yalang‘och qizilmiya g‘amlash (to‘plash) va O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiya ildizini xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxati, shuningdek respublika bo‘yicha g‘amlash (to‘plash) hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari yetkazib berishga shartnomalar nusxalarini tegishli hisobni yuritish uchun yovvoyi o‘simliklar g‘amlanadigan (to‘planadigan) hudud bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga taqdim etadilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 101-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish shaklida ular bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz berilgan holda yalang‘och qizilmiya g‘amlanganligi (to‘planganligi) uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi, xomashyo shaklida yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzgan qayta ishlash tashkilotlari tomonidan (ruxsatnoma olinmasdan) belgilangan to‘lovlarning 3 foizi miqdorida to‘lanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 75-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“G‘amlashga (to‘plashga) to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq undiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 12-son, 113-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)