17.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2769
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 17.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2769
Kuchga kirish sanasi
22.03.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-martda 2769-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor A. YUNUSOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-m/h-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining 2016-yil 22-fevraldagi 19-m/h-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrov (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yoʻllanadigan ogʻzaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish uchun bevosita yoxud oʻz vakillari orqali soʻrov bilan murojaat etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻrovlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻrovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar soʻrov hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilishining oʻziga xos xususiyatlari boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli boʻlgan axborotning ayrim turlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olishga doir soʻrovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan soʻralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, soʻrovda koʻrsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Soʻrovlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ogʻzaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida soʻrov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi soʻrovlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, rasmiy elektron pochta manzillari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soʻrovlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soʻrov pochta orqali kelib tushganda, soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan konvertda soʻrov mavjudligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvertda soʻrovning yoki soʻrovda koʻrsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (soʻrov va u yuborilgan konvert bilan birga) soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda koʻrsatilgan manzil boʻyicha yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Elektron hujjat shaklida soʻrov tushgan kunida qogʻozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilmagan soʻrov anonim hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soʻrov anonim deb eʼtirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada soʻrovni anonim deb eʼtirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Soʻrovni anonim deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xulosa soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat organi rahbari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Avvalgi soʻrovlar boʻyicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy soʻrov kelib tushgan paytda koʻrib chiqishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi soʻrov oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan soʻrov takroriy deb hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy soʻrovga u kelib tushgandan soʻng navbatdagi roʻyxat indeksi berilib, Soʻrovlarni roʻyxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida “takroriy” deb qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining soʻrovi nusxasi soʻrov dublikati hisoblanadi. Davlat organiga soʻrov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu soʻrovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta roʻyxatga olingan soʻrovning tartib raqami va undan soʻng bosh harfda “/D” belgisi hamda soʻrov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, soʻrov birinchi marta 2016-yil 10-martda 10-1-25 bilan roʻyxatga olingan boʻlib, soʻrov dublikati ham kelib tushganda, “2016-yil 10-mart, 10-1-25/D” kabi roʻyxatga olinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soʻrovlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soʻrov davlat organiga kelib tushgandan soʻng, u soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan Soʻrovlarni roʻyxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soʻrovlarni roʻyxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida soʻrov qabul qilingan sana, soʻrovning tartib raqami, soʻrov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning toʻliq firma nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soʻrovning qisqacha mohiyati, agar soʻrov dublikat yoki takroriy boʻlsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda soʻrov ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborotdan foydalanuvchi oʻz soʻrovini u koʻrib chiqilgunga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Soʻrovlarni qayta ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qabul qilingan va roʻyxatga olingan soʻrovlar bir ish kuni ichida davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosariga rezolyutsiya (soʻrovni ijro etish boʻyicha koʻrsatma) qoʻyish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Rezolyutsiyada soʻrovni ijro etish uchun masʼul etib belgilangan tarkibiy boʻlinma(lar) rahbarining familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va sana qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Rezolyutsiya yozilganidan soʻng, soʻrov soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim tomonidan soʻrovni ijro etish uchun masʼul etib belgilangan tarkibiy boʻlinma xodimiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Soʻrovlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim muntazam ravishda davlat organida soʻrovlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek davlat organi faoliyati toʻgʻrisida muntazam soʻraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida soʻrovlarni umumlashtirish, ularni mazmunan birlashtirish va boshqa shakllarda qayta ishlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ogʻzaki soʻrovlarni qabul qilishni tashkillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat organida mazkur davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat organida axborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish uchun moʻljallangan alohida xona ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Axborotdan foydalanuvchi ogʻzaki murojaat etayotganda, davlat organi masʼul xodimiga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, yuridik shaxsning vakili esa, oʻzining shaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini koʻrsatishi kerak. Bunday hujjatlarni koʻrsatmagan axborotdan foydalanuvchilar qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ogʻzaki soʻrov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish soʻrov mohiyatidan kelib chiqib, tegishli boʻlinma rahbari hamda soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma xodimi yoki masʼul xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda ogʻzaki soʻrov bilan murojaat etgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish vaqtida ushbu soʻrovni koʻrib chiqish mazkur davlat organining vakolat doirasiga kirmasligi aniqlansa, unga soʻralayotgan axborotni olish boʻyicha soʻrov bilan qaysi davlat organiga murojaat etishi mumkinligi tushuntiriladi va bu haqda Soʻrovlarni roʻyxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Axborotdan foydalanuvchilarning ogʻzaki soʻrovlari davlat organining “ishonch telefonlari” orqali qabul qilinishi mumkin. Bunda soʻrovlar mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ogʻzaki soʻrovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Soʻrovlarning koʻrib chiqilishini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim soʻrovlarni ijro etish uchun masʼul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan soʻrovlar koʻrib chiqilishini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, soʻrovlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim soʻrovlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi soʻrovlarni ijro etish uchun masʼul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida davlat organi rahbarini darhol xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim monitoring natijalari boʻyicha har oyda davlat organi rahbariga soʻrovlar koʻrib chiqilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni, zarurat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki masʼul xodim soʻrovlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, tahlil natijalari boʻyicha davlat organi rahbariga davlat organida soʻrovlar bilan ishlash tizimini va tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar tomonidan davlat organi faoliyati toʻgʻrisida muntazam soʻraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boʻyicha takliflar kiritadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 106-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)