04.03.2016 yildagi 68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energiyani tejovchi lampalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 20-oktabrdagi 299-son qarorini bajarish yuzasidan, Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va respublika shaharlarida koʻchalarni elektr bilan yoritish sxemalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari kompleksining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun energiyani tejaydigan zamonaviy yoritish priborlarini ishlab chiqarish boʻyicha mukammal ishlab chiqarish bazasi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, xalqaro standartlarga javob beradigan aks etgan yorugʻlik texnologiyasidan foydalangan holda Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlari joriy etilishini hisobga olgan holda, bir oy muddatda 2.01.05.98 “Tabiiy, sunʼiy yoritish” KMKning sifatli qayta koʻrib chiqilishi va yangilanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2016 — 2019-yillarda diodli yoritish texnologiyalari negizida Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar markazlari va shaharlardagi koʻchalar boʻyicha — Nukus shahrining, viloyatlar markazlari va shaharlarning obodonlashtirish boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasi Dasturni bajarish ishlarining buyurtmachilari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida, istisno tariqasida, tender savdolari oʻtkazmasdan, “foydalanishga tayyor” shartlarida, maqbul narxlarni hisobga olgan holda Dastur doirasida tashqi yoritish tizimlarini yetkazib berish va oʻrnatish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida “foydalanishga tayyor” shartlarida tashqi yoritish tizimlarini yetkazib berish va oʻrnatish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olishni oʻtkazish boʻyicha Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (B.I. Zakirov) ikki oy muddatda diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlab olishning belgilangan muddatda oʻtkazilishini taʼminlasin hamda maqbul narxlarni hisobga olgan holda, kechki va tungi vaqtlarda ulash va oʻchirish rejimiga muvofiq yoritishning tartibga solinishini nazarda tutib, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda xalqaro standartlarga muvofiq “foydalanishga tayyor” shartlarida tashqi yoritish tizimlarini yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha gʻolibni aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasi eng yaxshi takliflarni tanlab olish gʻolibi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tashqi yoritish obyektlarini xatlovdan oʻtkazsinlar va natijalari boʻyicha ularning balans boʻyicha tegishliligiga koʻra foydalanish boʻyicha masʼullikka muvofiqligini taʼminlasinlar, shaharlar koʻchalarining tashqi yoritish obyektlarini Nukus shahri, viloyatlar markazlari va shaharlarning obodonlashtirish boshqarmalariga, umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining tashqi yoritish obyektlarini — “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasiga bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalarning va avtomobil yoʻllarining sifatli yoritilishini, shuningdek energiyaning tejalishini taʼminlash maqsadida tashqi yoritish tarmoqlarini foydalanish uchun texnik jihatdan tashqi yoritish qurilmalaridan foydalanish talablari va qoidalariga muvofiq holatga keltirish tadbirlari kompleksini amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalariga koʻra ikki oy muddatda Toshkent shahridagi, viloyatlar markazlari va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi natijalariga koʻra tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatlarni va tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlasin hamda Toshkent shahridagi, viloyatlar markazlari va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari mablagʻlari, shu jumladan yil boshidagi mablagʻlarning boʻsh qoldiqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining va viloyatlarning viloyat budjetlarining daromadlari prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari parametrlarida nazarda tutiladigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 1-ilovaga muvofiq Dasturni bajarish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan maʼqullangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturini amalga oshirish doirasida respublikada ishlab chiqarilmaydigan va diodli yoritish priborlari ishlab chiqarish uchun chetdan keltiriladigan bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 101-modda) bilan tasdiqlangan Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-bandining “a” kichik bandidagi “hovli va mavze ichidagi” soʻzlari “tashqi” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 4-mart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 95-modda; 2017-y., 20-son, 366-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)