Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 24.02.2016 yildagi PQ-2498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mehnat organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish, ularning aholining, avvalambor yoshlarning bandligini ta’minlash va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 kishidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziriga markaziy apparatning, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, Bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vazirini lavozimga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vaziri, Toshkent shahri va viloyatlarning mehnat bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman va shaharlar hokimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (R. Azimov) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va unga qarashli tashkilotlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilsin, uning natijalariga ko‘ra xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi darajasini belgilasin hamda vazirlikni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda Mehnat bosh boshqarmalari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari to‘g‘risidagi yangilangan namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qarorining 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markaziga joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 15-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-sonli qarori, uning 4-bandi istisno qilingan holda, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2498-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 9-son, 85-modda)