Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026 17.10.2012 yildagi 545-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.10.2012 yildagi 545-II-son
Kuchga kirish sanasi
17.10.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 30-martdagi 1885-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar nazorati samaradorligini, deputatlar korpusi faolligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishini taʼminlash yuzasidan davlat tuzilmalari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish tartib-taomiliga doir talablarga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nazorat faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni (yilning har choragida) eshitish va muhokama qilish amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
545–II-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 17-oktabrdagi 545–II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir tadbirlarni (bundan buyon matnda nazorat tadbirlari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi qoʻmitalari deb yuritiladi) tomonidan tayyorlash va oʻtkazish tartib-taomilini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarorlarining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasining qarorlari deb yuritiladi) ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasidagi faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari zimmasiga Qonunchilik palatasining oʻzlari masʼul boʻlgan qoʻmitalari ishining lozim darajada tashkil etilishini, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasining Kengashi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish, tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatini taʼminlash, shuningdek Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat tadbirlari yakunlariga koʻra qabul qilinib, davlat organlariga yuborilgan qarorlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish yuzasidan taʼsirchan monitoringni amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkil qilish Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan nazorat tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish Qonunchilik palatasi yoki Qonunchilik palatasining Kengashi har yili tasdiqlaydigan nazorat faoliyati rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat faoliyati rejasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat faoliyati rejasi (bundan buyon matnda Nazorat faoliyati rejasi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflarini umumlashtirish Qonunchilik palatasi Devoni Nazorat-axborot boʻlimining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflari Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-axborot boʻlimiga joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi. Mazkur masalaga doir qaror Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat faoliyati rejasining shakllantirilgan loyihasi Qonunchilik palatasi Spikeriga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi, u mazkur rejani maromiga yetkazish uchun oʻz eʼtirozlari bilan qaytarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qonunchilik palatasi Spikerining fikr-mulohazalari mavjud boʻlmagan taqdirda, Nazorat faoliyati rejasi loyihasi Qonunchilik palatasining yoki Qonunchilik palatasi Kengashining muhokamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan takliflar tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash ularning joriy yildagi faoliyati natijalariga (qonun ijodkorligi faoliyati, konferensiyalar, davra suhbatlari oʻtkazish, nazorat faoliyati yakunlari, parlamentlararo faoliyat va boshqalar) yakun yasash bilan boshlanadi. Yakun yasalganidan keyin nazorat tadbirlari doirasida qoʻshimcha ravishda oʻrganilishi lozim boʻlgan masalalar aniqlanadi va nazorat tadbirlarining taxminiy mavzulari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yil uchun takliflar tayyorlash chogʻida Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilishi (qonun loyihalarini birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻqishlarda koʻrib chiqish) paytida Qonunchilik palatasining qoʻmitasi masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi amaliyotini oʻrganishga qaratilgan nazorat tadbirlarini oʻtkazish zarurati ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Takliflarni tayyorlash uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlaridan yoki maʼruzalaridan (nutqlaridan) kelib chiqadigan topshiriq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarorida yoki Qonunchilik palatasining qarorida koʻrsatilgan topshiriq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikerining topshirigʻi yoki tavsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Kengashining topshirigʻi yoki tavsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻmita aʼzolari boʻlgan va siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari yoki Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi aʼzolari boʻlgan deputatlarning tegishli siyosiy partiya fraksiyasining yoki Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining (bundan buyon matnda deputatlar birlashmalari deb yuritiladi) qaroriga asoslangan taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan nazorat tadbirlarining yakunlari, shu jumladan parlament soʻroviga javob eshituvi yoki parlament eshituvlarini oʻtkazish yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiyalar va davra suhbatlari yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament soʻrovlari va parlament eshituvlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni tahliliy jihatdan har tomonlama ishlab chiqish zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlariga koʻra qabul qilingan qarorlarning ijro etilish holatini baholash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa asoslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflari dastlab ularning majlislarida muhokama qilinadi. Bunda Qonunchilik palatasi qoʻmitasining har bir aʼzosi oʻz fikrini bildirishga va nazorat tadbirining mavzusini taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Deputatlar birlashmalari Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun beriladigan takliflarni tayyorlashda Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridagi oʻz vakillari — deputatlar birlashmalarining aʼzosi boʻlgan deputatlar orqali ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarini oʻtkazish zaruriyati asoslangan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarining maqsadi aniq belgilangan va taʼriflangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarining mavzulari Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun taklif bergan Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ixtisosligiga muvofiq boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarining mavzulari dolzarb xususiyatga ega boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlari bajarib boʻladigan va natijali boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarini oʻtkazish yakunlariga ehtiyoj boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarining pirovard natijalarini taxmin qilish imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nazorat faoliyati rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlanayotganda tadbirlarni oʻtkazishning aniq muddatlari belgilanishi kerak. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining taklifi jadval shaklida rasmiylashtirilishi lozim (ilova qilinadi). Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflariga quyidagilarni qamrab olgan tushuntirish xatlari ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirining maqsadi tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri mavzusiga oid ishlarning holatiga doir sharh (tahlil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirini oʻtkazish zaruriyatining asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirini oʻtkazishdan kutilayotgan natijalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish tartib-taomili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yil boshida, tasdiqlangan Nazorat faoliyati rejasi asosida Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida qoʻmita aʼzolari orasidan nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan deputatlar (deputatlar guruhi) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat tadbirini tayyorlash va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan deputat Qonunchilik palatasi qoʻmitasining qarori qabul qilinganidan keyin besh ish kuni ichida Nazorat tadbirini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasini tuzadi hamda uni Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi bilan kelishib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlariga soʻrovlar yuborish (soʻrovlar Qonunchilik palatasi qoʻmitasining blankasida rasmiylashtiriladi va Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi tomonidan imzolanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur amaliy maslahatlar olish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni taklif etish (taklifnomalar Qonunchilik palatasi qoʻmitasining blankasida rasmiylashtiriladi hamda Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi tomonidan imzolanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etilishini oʻrganish moʻljallanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni normalarini ijro etish uchun qabul qilingan qonunosti hujjatlari roʻyxatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etilishini oʻrganish moʻljallanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunini ijro etish yuzasidan qabul qilingan qonunosti hujjatlari va normativ hujjatlar va ichki hujjatlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri mavzusiga doir xalqaro tajribani oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiya yoki davra suhbati oʻtkazish (tadbir ekspertlar va olimlarning fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasining qoʻmitasi nomidan oʻtkaziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida davlat organi rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijro etilishini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi qonuni normalarini ijro etish maqsadida qabul qilingan qonunosti hujjatlarini va normativ (ichki) hujjatlarni tahlil qilish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlarining maqsadlari va vazifalarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi maqsadida qabul qilingan farmonlari va qarorlari oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunini ijro etish maqsadida qabul qilingan qarorlari oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunini ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organi tomonidan qabul qilingan normativ (ichki) hujjatlar (ichki buyruqlar, farmoyishlar va hokazo) soʻrab olinadi hamda tahlil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash amaliyotidagi kamchiliklar va nomuvofiqliklar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunining normalari bilan mazkur Oʻzbekiston Respublikasi qonunini ijro etish maqsadida qabul qilingan qonunosti hujjatlari, normativ hujjatlar, ichki hujjatlar oʻrtasidagi tafovutlar yoki ziddiyatlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi qonunini ijro etish uchun qabul qilingan qonunosti hujjatlari va normativ (lokal) hujjatlar tahlilining yakunlari alohida maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtirilib, Qonunchilik palatasining qoʻmitasi tomonidan Qonunchilik palatasi Spikerining mazkur qoʻmita faoliyatiga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladigan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotnomani shakllantirishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijro etilishi uchun qabul qilingan qonunosti hujjatlari va normativ (lokal) hujjatlar tahlili asosida Qonunchilik palatasi qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzdagi xulosalar va tavsiyalar tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki tarzdagi xulosalar va tavsiyalar asosliligining tasdigʻini olish maqsadida Qonunchilik palatasining qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organining fikrini soʻrashi, mutaxassislar va olimlarni taklif qilishi, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa shu kabi tadbirlar tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat tadbirini tayyorlash va oʻtkazish tadbirlari rejasini roʻyobga chiqarish yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻma tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi, unda bajarilgan ish yakunlari, Qonunchilik palatasi qoʻmitasining dastlabki tarzdagi xulosalari va tegishli tavsiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organining nuqtai nazari qisqacha tavsiflanadi, shuningdek joyga borib nazorat tadbiri oʻtkazish zarurligi asoslab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bajarilgan ish toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotnoma Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi tomonidan Qonunchilik palatasi Spikerining mazkur qoʻmita faoliyati uchun mutasaddi boʻlgan oʻrinbosariga yuboriladi. Yigʻma tahliliy maʼlumotnoma maromiga yetkazish uchun Qonunchilik palatasining qoʻmitasiga qaytarib yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi joyga borib nazorat tadbiri oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasi Spikerining mazkur qoʻmita faoliyati uchun mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari bilan kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Joyga borib nazorat tadbiri oʻtkazish masalasi boʻyicha eʼtirozlar boʻlmasa, Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi yoki uning oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organining rahbariga belgilangan nazorat tadbiri toʻgʻrisida oldindan xat yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul deputatning taklifiga binoan ishchi guruhining tarkibini belgilaydi va tashkilotlarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan xodimlari ishtiroki toʻgʻrisidagi masalani tegishli tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhi aʼzolarini bajarilgan ish toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotnoma bilan tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish yoʻnalishlari va obyektlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ish toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotnomada koʻrsatilgan dastlabki tarzdagi xulosalar va tavsiyalarni inobatga olgan holda savolnoma tayyorlab, uni tegishli davlat organining rahbariga oldindan yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat tadbiri joyga borib oʻtkazilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining bajarilgan ish toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotnomada koʻrsatilgan dastlabki tarzdagi xulosalari yoki tavsiyalarining toʻgʻriligi yoki notoʻgʻriligi tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining soʻrovlari boʻyicha davlat organi rahbarlari tomonidan avval taqdim etilgan axborotning ishonchli ekanligi yoki ishonchli emasligi va qay darajada tugalligi tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi xodimlarining tarkib topgan ish amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga qay darajada muvofiqligi tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni normalarini ijro etish uchun qabul qilingan qonunosti hujjatlari, normativ hujjatlar va ichki hujjatlar bor-yoʻqligi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi xodimlarining malakasini va mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligidan xabardorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni normalari ijro etilishini taʼminlash uchun qabul qilingan muayyan chora-tadbirlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻtkazilgan nazorat tadbiri yakunlari boʻyicha yakuniy maʼlumotnoma (5 — 10 bet) tayyorlanadi. Yakuniy maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri oʻtkazilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhining tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining nazorat tadbiri oʻtkazilishida ishtirok etgan vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijro etilishi borasidagi ishlar holatining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining asoslantirilgan xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qoʻmitasining (agar kamchiliklar va xatoliklar mavjud boʻlsa) davlat organi faoliyatini takomillashtirish yoki amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha asoslantirgan takliflari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yakuniy maʼlumotnoma ishchi guruhi aʼzolari va Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi tomonidan imzolanadi. Yakuniy maʼlumotnoma ishchi guruhi Qonunchilik palatasiga qaytib kelganidan keyin koʻpi bilan uch ish kuni ichida tayyorlanadi. Yakuniy maʼlumotnomaning nusxasi mazkur qoʻmita uchun masʼul boʻlgan Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosariga taqdim etiladi, shuningdek maʼlumot uchun davlat organining rahbariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining yakuniy maʼlumotnomada koʻrsatilgan xulosalari va takliflari rasmiy hujjatlar bilan mustahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yakuniy maʼlumotnoma Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida tegishli davlat organi rahbarini taklif etgan holda muhokama qilinadi. Davlat organi rahbarining Qonunchilik palatasi qoʻmitasining xulosalari va takliflariga doir nuqtai nazari Qonunchilik palatasining qoʻmitasiga oldindan yozma ravishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qonunchilik palatasining qoʻmitasi yakuniy maʼlumotnomani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, unda aniq bayon etilgan tavsiyalar va Qonunchilik palatasi qoʻmitasining qarori tegishli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish muddatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining qarorida mazkur qoʻmitaning Qonunchilik palatasi qoʻmitasi qarorining ijro etilishi boʻyicha kelib tushgan axborotlarni umumlashtirish va tahlil etish vazifasi zimmasiga yuklatilgan masʼul aʼzosi ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qonunchilik palatasi qoʻmitasi qarorini bajarish boʻyicha taqdim etilgan axborot yetarli boʻlmasa, parlament soʻrovi yuborish yoki parlament eshituvi oʻtkazish toʻgʻrisida tashabbus bilan chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish tartib-taomili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazorat Qonunchilik palatasining qarorlarida koʻrsatilgan Qonunchilik palatasi qoʻmitalari yoki deputatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni roʻyobga chiqarish maqsadida Qonunchilik palatasi ixtisoslashgan qoʻmitasi aʼzolari orasidan ishchi guruhi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qonunchilik palatasining qarori Qonunchilik palatasining qarorida nazarda tutilgan muddatlarda ijro etilganligi toʻgʻrisidagi axborot kelib tushgan taqdirda, ishchi guruhi ushbu axborotni har tomonlama tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qonunchilik palatasi qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida yoki bunday axborot oʻz vaqtida taqdim etilmagani taqdirda, ishchi guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tegishli qoʻmitasining raisi tomonidan tegishli davlat organlariga yozma shakldagi soʻrovlar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Zarurat taqozo etgan taqdirda, ishchi guruhi Qonunchilik palatasining Kengashi bilan kelishgan holda Qonunchilik palatasi qarori ijro etilishining borishini joyga borib oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qonunchilik palatasi qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotning va deputatlarning yozma soʻrovlari asosida davlat organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning yakuniy tahlili boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorining ijro etilganligi yoki ijro etilmaganligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlanadi (Qonunchilik palatasi qarorida bayon qilingan koʻrsatmalarning lozim darajada yoki tugal darajada ijro etilmaganligi Qonunchilik palatasi qarorini ijro etmaganlik deb hisoblanadi). Xulosalar yakuniy maʼlumotnoma shaklida tayyorlanib, Qonunchilik palatasi Spikerining mazkur masala boʻyicha mutasaddi boʻlgan oʻrinbosariga taqdim etiladi. Taqdim etilgan xulosalar asoslantirilmagan yoki taqdim etilgan axborot tugal boʻlmagan taqdirda, maʼlumotnoma maromiga yetkazish uchun qaytarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qonunchilik palatasi qarorining ijro etilishi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot Qonunchilik palatasi qarorida koʻrsatilgan Qonunchilik palatasi qoʻmitasi yoki deputatlari tomonidan Qonunchilik palatasi Kengashining koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qarorining ijro etilishi natijalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining qarorida koʻrsatilgan Qonunchilik palatasi qoʻmitasi yoki deputatlarining Qonunchilik palatasi qarori ijro etilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatiga baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Qonunchilik palatasi Kengashi Qonunchilik palatasining qarori ijro etilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosalar ifoda etilgan qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu masalani Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi qarorining lozim darajada ijro qilinishini taʼminlamagan davlat organi rahbarini taklif qilgan holda koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarining yakunlari yilning har choragida Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri yoki uning oʻrinbosarlari yoxud Qonunchilik palatasi qoʻmitalari raislarining tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida nazorat tadbirlariga daxldor boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Nazorat tadbirlarining yakunlari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoki Qonunchilik palatasining veb-saytida joylashtirish uchun axborot materiallari tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Nazorat tadbirlari davomida qogʻozda yoki elektron shaklda tayyorlangan maʼlumot materiallari va hujjatlarining nusxalari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari faoliyatiga doir maʼlumotlarning axborot bazasi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Devonining tegishli boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_________________________________________________ qoʻmitasining

‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
‎palatasi qoʻmitalarining nazorat qilish faoliyati
‎ rejasiga kiritish uchun
‎ TAKLIFI
‎ ‎

T/r‎

Tadbirning nomi va maqsadi‎

Tadbirni oʻtkazish muddatlari va joyi‎

Ijro qiluvchilar‎

Tadbirning taxmin qilinayotgan yakunlari‎

1.‎

2.‎

3.‎


‎‎‎Qoʻmita raisi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 10-son, 282-modda)