Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida 1997-yil 18-iyundagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
2010-yil 27-sentabr, Toshkent
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida 1997-yil 18-iyundagi Bitimning (bundan keyin Bitim) 7-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1. Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Protokolga 1-ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Ozarbayjon Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Protokolga 2-ilova) tasdiqlansin.
2. Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Bitimga 1-ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Ozarbayjon Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Bitimga 2-ilova) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Protokol Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 8-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2010-yil 27-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Protokol qoidalarini talqin qilish uchun rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisidagi bitimga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Ozarbayjon Respublikasi umumiy fuqaro pasporti.
2. Ozarbayjon Respublikasi diplomatik pasporti.
3. Ozarbayjon Respublikasi xizmat pasporti.
4. Ozarbayjon Respublikasi dengizchisi guvohnomasi (kema roli yoki koʻchirmasi bilan).
5. Havo kemasi ekipaji aʼzosining guvohnomasi (parvoz topshirigʻida tegishli yozuv boʻlganda).
6. Ozarbayjon Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Ozarbayjon Respublikasiga qaytish uchun).
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisidagi bitimga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari va unda boʻlishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasporti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining eski namunadagi pasporti (2016-yilning 1-yanvarigacha).
4. 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi guvohnomasi (voyaga yetmagan fuqaroning safar hujjati (2016-yilning 1-yanvarigacha)).
5. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ota-onasi yoki qonuniy vakillar — pasportlariga ularning maʼlumotlari va fotosurati kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamrohligida ketayotgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun (2016-yilning 1-yanvarigacha).
6. Havo kemasi ekipaji aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida borish-kelish vaqtida).
7. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun)