Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2007 18.04.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2007
Hujjat 07.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida 1994-yil 29-dekabrda tuzilgan erkin savdo toʻgʻrisidagi Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 18-aprel, Kiyev
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ukraina Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar”, deb ataladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1994-yil 29-dekabrda tuzilgan Bitimning (keyingi oʻrinlarda Bitim deb ataladi) 1-moddasiga muvofiq,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Bitimning 4-moddasiga asosan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat yoʻli bilan tartibga solishning xalqaro amaliyotda umumiy qabul qilingan chora-tadbirlarini bir tomonlama tartibda qoʻllashga boʻlgan huquqiga toʻsqinlik qilmay, Tomonlar ushbu Protokolga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan tovarlar nomenklaturasi boʻyicha erkin savdo rejimidan istisnolarni belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Ushbu Protokolga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan Tomonlar bir-birlariga ekvivalent kuchga ega boʻlgan boj poshlinalari, soliqlar va yigʻimlarni qoʻllash masalasida erkin savdo rejimini hamda ushbu tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdoriy cheklashlar masalasida eng koʻp qulaylik rejimini beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Protokol Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va buning uchun barcha zarur davlat ichki ish tartiblari bajarilgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Protokol Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan yangi protokol tuzilgungacha boʻlgan davr davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1994-yil 29-dekabrda tuzilgan Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar toʻgʻrisida 1995-yil 18-fevraldagi Protokol ushbu Protokol kuchga kirgandan keyin amal qilishdan toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kiyev shahrida 1997-yil 18-aprelda oʻzbek, ukrain va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Protokolning qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

(imzolar)