Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida
Bitim
Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati,
daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida Bitim tuzish istagida hamda ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida,
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
1-modda
Bitimning qoʻllanish sohasi
Bitimning qoʻllanish sohasi
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidentlari boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Ushbu Bitim, undirilish uslubidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri eki ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyatlari nomidan daromadlardan undiriladigan soliqlarga tatbiq etiladi.
2. Daromadlardan olinadigan soliqlar jumlasiga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan, shu jumladan koʻchar yoki koʻchmas mol-mulkni sotishdan olinadigan daromaddan undiriladigan barcha soliqlar kiradi.
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan mavjud soliqlarga jumladan quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasida:
(I) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
(II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(bundan buyon “Oʻzbekiston soliqlari” deb nomlanadi);
(3-moddaning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Turkiya Respublikasida:
(I) daromad soligʻi;
(II) korporativ soliq;
(bundan buyon “Turkiya soliqlari” deb nomlanadi).
(3-moddaning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
4. Ushbu Bitim u kuchga kirgan sanadan keyin mavjud soliqlarga qoʻshimcha ravishda yoki ularning oʻrniga undiriladigan aslida oʻxshash boʻlgan har qanday soliqqa nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni qoʻllash uchun zarur boʻlgan oʻz soliq qonunlaridagi jiddiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Agar matn mazmunidan oʻzga maʼno anglashilmasa, ushbu Bitim maqsadlari uchun:
a) (1) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda uning xalqaro huquqlarga muvofiq belgilangan hududini oʻz ichiga oladi.
(II) “Turkiya” atamasi Turkiyaning hududini, dengizdagi hududini, shuningdek uning mineral resurslarni konservatsiya qilish va ularni xalqaro huquqqa muvofiq boshqarish maqsadida oʻz yurisdiksiyasini va suveren huquqlarini amalga oshiradigan dengiz kengliklarini anglatadi;
b) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab Oʻzbekiston Respublikasi yoki Turkiya Jumhuriyatini anglatadi;
c) “soliq” atamasi ushbu Bitimning 2-moddasida aytib oʻtilgan har qanday soliqni anglatadi;
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani va shaxslarning boshqa har qanday birlashmasini anglatadi;
e) “kompaniya” atamasi korporativ tusdagi har qanday tashkilotni yoki daromadlaridan soliq olinishi lozim boʻlgan korporativ tusdagi tashkilot sifatida qaraladigan tuzilmani anglatadi;
f) “roʻyxatga olingan idora” atamasi:
(I) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan va roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiruvchi har qanday yuridik muassasani, tashkilotni;
(II) Turkiyaga nisbatan — Turkiya Tijorat Kodeksiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik bosh idorani anglatadi;
g) “milliy” atamasi:
(I) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan har qanday shaxsni; va Oʻzbekistoning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomiga ega boʻlgan har qanday yuridik shaxs, hamjamiyat yoki sherikchilikni;
(II) Turkiyaga nisbatan — Turkiyaning fuqarolik toʻgʻrisidagi Kodeksiga muvofiq turk millatiga mansub har qanday jismoniy shaxsni yoki Turkiyaning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomiga ega boʻlgan har qanday yuridik shaxs, hamjamiyat yoki sherikchilikni anglatadi;
h) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani anglatadi;
i) “vakolatli organ” atamasi:
Oʻzbekistonga nisbatan — Davlat soliq qoʻmitasini;
Turkiya Jumhuriyatiga nisbatan — Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
j) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi foydalanayotgan, havo kemalarida yoki avtotransport vositalarida har qanday tashishni anglatadi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning hududida joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalaniladigan havo kemalari yoki avtotransport vositalari bundan mustasno;
k) “foyda sohibi” atamasi ushbu Bitimda quyidagicha talqin etilishi lozim: yaʼni, uchinchi mamlakatning rezidentiga Soliq Bitimiga muvofiq Oʻzbekiston yoki Turkiyadan olingan dividendlar, foizlar va royaltiga nisbatan foyda olishga imkon bermaydi, ammo bu cheklash Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidentlariga hech bir tarzda daxl qilmaydi.
2. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganda unda taʼriflanmagan har qanday atama, basharti matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, bu atama ushbu Bitim daxl qiladigan soliqlarga taalluqli ana shu Davlatning qonunchiligida koʻrsatilgan maʼnoga ega boʻladi.
4-modda
Rezident
Rezident
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Axdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi mazkur Bitimning maqsadlari uchun ushbu davlatning qonunchiligiga muvofiq unda uzining yashash joyi, rezidensiyasi, boshqaruvi joylashgan joyi, roʻyxatdan oʻtish joyi yoki shunga oʻxshash xususiyat kasb etuvchi har qanday boshqa mezoni asosida soliqqa tortilishi lozim boʻlgan har qanday shaxsni anglatadi, shu jumladan davlat va uning har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organini qamrab oladi. Biroq, bu atama mazkur Axdlashuvchi Davlatdagi manbalardan ushbu Davlatda faqat daromad soligʻiga tortilishi lozim bulgan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
(4-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblansa, uning maqomi quyidagicha belgilanadi:
a) shaxs qaysi Davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar, u har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, shaxsiy hamda iqtisodiy aloqalari (hayotiy manfaatlar markazi) jipsroq boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar muayyan shaxsning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki bu shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan hech birida doimiy yashash joyiga ega boʻlmasa, odatda u qaysi Davlatda turgan boʻlsa, oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
c) agar muayyan shaxs odatda har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri muayyan shaxsni oʻz fuqarosi deb bilsa yoki ulardan hech biri uni oʻz fuqarosi deb hisoblamasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur masalani oʻzaro kelishib hal etadilar.
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs hisoblanmagan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi. Biroq bunday shaxs faoliyatini samarali boshqarish joyi Ahdlashuvchi Davlatlardan birida joylashgan boʻlib, uning yuridik shaxs sifatida roʻyxatga olingan idorasi esa boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu shaxs ushbu Bitim maqsadlarida qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib hisoblanishiga doir masalani oʻzaro kelishib hal qiladilar.
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxonaning faoliyati toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv organi (joyi);
b) boʻlim;
c) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona;
f) kon, neft va gaz qudugʻi, tabiiy resurslar qazib olinadigan karyer yoki har qanday boshqa joy;
Oldingi tahrirga qarang.
g) qurilish maydoni, qurilish, yigʻish yoki oʻrnatish loyihasi yoki qayd etilgan loyihalarning nazoratini amalga oshirish, basharti bunday maydondagi ishlar, loyiha yoki faoliyat 12 oydan ortiq davom etgan holda. Ushbu kichik band maqsadlari uchun maydon, pudratchi oʻz ishini, shu jumladan, qurilish boʻyicha tayyorlov ishlarini boshlagan sanadan mavjud hisoblanadi.
Biroq, ushbu Bitimga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolangandan keyin Oʻzbekiston tomonidan har qanday davlat bilan tuzilgan boshqa bitimga koʻra, Oʻzbekiston ushbu kichik bandda belgilangan muddat yuzasidan ushbu kichik bandda nazarda tutilgandan koʻprok davr belgilanishiga rozilik bergan boʻlsa, ushbu kichik bandning maqsadlari uchun eng uzoq davr qoʻllaniladi va ushbu davr Bitim kuchga kirgan sanadan boshlangan hisoblanadi.
(5-modda 2-bandining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
Obyektlar pudratchi ish boshlagan paytdan, shu jumladan qurilishdagi barcha tayyorgarlik ishlari boshlangan paytdan eʼtiboran amal qila boshlaydi.
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni saqlash, namoyish qilish va yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanishni;
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarning zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina asrab turishni;
s) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini boshqa korxonalarda qayta ishlov berish maqsadlaridagina asrab turishni;
d) doimiy faoliyat joyini mazkur korxona uchun tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki axborot yigʻish maqsadlarida saqlab turishni;
e) doimiy faoliyat joyini tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida faqat shu korxona manfaatlarini koʻzlab saqlab turishni;
f) doimiy faoliyat joyini faqat (a) — (e) kichik bandlarida aytib oʻtilgan va tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyat jamlamasi natijasi boʻlgan doimiy faoliyat joyidagi barcha ishlarni tashkil etuvchi faoliyatning har qanday jamlamasini amalga oshirish uchun saqlab turishni.
Oldingi tahrirga qarang.
4. 1 va 2-bandlar qoidalaridan qatʼi nazar, 5-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomga ega boʻlgan agentdan boshqa shaxs korxona nomidan harakat qilayotgan boʻlsa, Axdlashuvchi Davlatda korxona nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlib, odatda buni amalga oshirsa, bu korxona ana shu davlatda ushbu shaxs tomonidan korxona uchun amalga oshirilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega hisoblanadi, ushbu shaxsning faoliyati 3-bandda belgilanishiga koʻra, doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilishi ushbu doimiy faoliyat joyini doimiy muassasa deb, eʼtirof qilinishiga asos boʻlmaydigan faoliyat bilan cheklangan hollari bundan mustasno.
(5-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
5. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki mustaqil maqomga ega boʻlgan boshqa har qanday agent orqali faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritganlari taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega emas, deb hisoblanadi.
6. Jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlsa, jismoniy shaxs boʻlmagan, boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan yoki ana shu boshqa Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) shaxs nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa, bu hol mazkur kompaniyalardan birini boshqasining doimiy muassasasiga aylantirib qoʻymaydi.
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olayotgan daromadiga (qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar ham shunga kiradi) shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. “koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunlarida ifodalangan tushunchaga ega. Kemalar, qayiqlar, havo kemalariga va erda yuradigan transportga koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
“koʻchmas mulk” atamasi har qanday holatda koʻchmas mulkka tutash boʻlgan (qoʻshimcha) mulkni, uy hayvonlarini hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi anjomlarini, har qanday koʻrinishdagi baliqchilik maydonlarini, erdagi mulkka taalluqli umumiy qonunlarning qoidalarida belgilab berilgan huquqlarni, koʻchmas mulkdan tushgan daromadni va maʼdanlar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini ishlab chiqish yoki ularni ishlab chiqish huquqi uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki belgilab qoʻyilgan toʻlovlarga boʻlgan huquqni oʻz ichiga oladi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan bevosita foydalanish, ijaraga berish yoki undan boshqa har qanday shaklda foydalanish yoʻli bilan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda
Tijorat faoliyatidan olinadigan foyda
Tijorat faoliyatidan olinadigan foyda
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi olgan foydaga agar, ushbu korxona tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi. Agar, korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytib oʻtilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, u holda korxona olgan foydaga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin, biroq bu soliq foydaning doimiy muassasa faoliyatiga taalluqli qismigagina daxl qiladi.
2. 3-band qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirsa, u holda bu korxona olishi mumkin boʻlgan foyda har bir Ahdlashuvchi Davlatda ana shu doimiy muassasaga oʻtkaziladi, faqat agar, muassasa ayni bir xil sharoitda ayni bir xil faoliyatni amalga oshiruvchi va doimiy muassasasi hisoblanuvchi korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda faoliyat olib borayotgan boʻlsa.
3. Doimiy muassasaning foydasini aniqlashda ana shu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun ketgan xarajatlar, shu jumladan ham doimiy muassasa joylashgan davlatda, ham boshqa istalgan joyda ketgan boshqaruv va umumiy-maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
4. Doimiy muassasa korxona uchun xarid qilgan tovarlar yoki mahsulotlargagina asoslanib doimiy muassasa hisobiga biron bir foyda oʻtkazilmaydi.
5. Agar, foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida gap borgan daromad turlarini oʻz ichiga olsa, u holda ana shu boshqa moddalarning qoidalari ushbu moddaning qoidalariga daxl qilmaydi.
8-modda
Havo va yer transporti
Havo va yer transporti
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda havo kemalari va avtotransport vositalaridan foydalanish orqali xalqaro tashishdan olgan daromadlariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi.
2. 1-band qoidalari umumiy fondda, qoʻshma korxonalarda yoki transport vositalaridan foydalanadigan xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishdan olingan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
9-modda
Uyushgan korxonalar
Uyushgan korxonalar
1. Agar:
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
b) oʻsha shaxslarning oʻzlari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa va mustaqil korxonalar oʻrtasida boʻladiganidan farqli ravishda korxonalar oʻrtasida oʻziga xos tijorat va moliyaviy munosabatlar vujudga kelgan sharoitda korxonalardan birida shunday munosabatlar natijasida toʻplangan foyda, shunday munosabatlar sababli korxona foydasiga kiritilishi va tegishli tarzda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Davlat mazkur Davlatning korxonasi foydasiga foyda qoʻshsa va bu foyda tegishli tarzda soliqqa tortilsa, u holda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladigan foyda va shu tarzda birinchi eslatilgan Davlat tomonidan qoʻshilgan va birinchi eslatilgan Davlat korxonasi tomonidan toʻplangan foydalar deb hisoblanuvchi foyda, agar ikki korxona oʻrtasida vujudga kelgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlardek boʻlsa, bunda mazkur boshqa Davlat ushbu foydadan olinadigan soliq miqdorini moslashtiradi, agar bunday moslashtiruvni ana shu boshqa Davlat asosli deb hisoblasa. Bunday moslashtiruvni mazkur Bitimning qoidalariga muvofiq holga keltirishni aniqlash uchun Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari zarur hollarda oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari kerak.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti hisoblangan yuridik shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlaydigan dividendlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Biroq bunday dividendlar dividendlar toʻlaydigan kompaniya rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunchiligiga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, faqat agar, dividendlarning daromadli sohibi dividend oluvchi deb hisoblansa, soliq miqdori dividendlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
3. “dividendlar” atamasi ushbu moddada foydalanilganda aksiyalardan yoki foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, biroq, qarz talablari deb hisoblanmagan boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek daromadni taqsimlaydigan kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunchiligiga muvofiq aksiyalaridan olinadigan daromad singari soliqqa tortiladigan boshqa korporativ huquqlardan keladigan daromadlarni, va investitsiya fondidan hamda investitsiya ishonch fondidan olinadigan daromadlarni anglatadi.
4. Oʻz faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblangan kompaniyaning foydasi, 7-moddaning qoidalariga muvofiq soliqqa tortilganidan keyin, qolgan summaga doimiy muassasa joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq solinishi lozim, bu soliq stavkasi ushbu moddaning 2-bandida eslatib oʻtilganidan oshib ketmasligi kerak.
5. Agar, dividendlarning daromadli sohibi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani holda dividendlar toʻlaydigan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirsa va dividendlar toʻlanadigan xolding haqiqatan ham doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinadi.
2. Biroq, bunday foizlarga ular hosil boʻladigan ana shu Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlat qonunchiligiga muvofiq ham soliq solinishi mumkin, agar dividendlarning daromadli sohibi foizlar oluvchi hisoblansa, soliq miqdori foizlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
3. 2-band qoidalariga qaramay:
a) Oʻzbekistonda hosil boʻlgan va Turkiya hukumatiga yoki Turkiya Markaziy bankiga yoki Turkiya Ekzimbankiga toʻlanadigan foizlar Oʻzbekiston soligʻidan ozod qilinishi kerak.
b) Turkiyada hosil boʻlgan va Oʻzbekiston Hukumatiga, Oʻzbekiston Markaziy Bankiga toʻlanadigan foizlar Turkiya soligʻidan ozod qilinishi kerak.
4. “Foizlar” atamasi Ushbu Bitimda ishlatilganda ipoteka taʼminotidan va foydalarda ishtirok etish huquqi borligidan, va har qanday turdagi qarz talablaridan qatʼi nazar, hukumat qimmatli qogʻozlaridan, obligatsiyalardan va qarz majburiyatlaridan tushadigan daromadni, shuningdek ana shu daromad hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatning soliq qonunchiligi boʻyicha berilgan pullardan olinadigan har qanday boshqa daromadni anglatadi.
5. Agar dividendlarning daromadli sohibi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani holda, foizlar hosil boʻladigan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talablari haqiqatan ham ana shunday doimiy muassasaga qarashli boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda ushbu Bitim 7-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
6. Agar, Davlatning oʻzi, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyati yoki mazkur Davlatning rezidenti foiz toʻlovchi boʻlsa, foizlar ana shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, foizlar toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ekanligi yoki rezidenti emasligidan qatʼi nazar, qarzlar boʻyicha toʻlanayotgan foizlar hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega boʻlsa, bu holda foizlar doimiy muassasa joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
7. Agar, foizlar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoxud ularning har ikkalasi bilan boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar toʻlanayotgan qarz talablariga daxldor foizlar summasi foizlar toʻlovchi bilan bunday munosabatlar mavjud boʻlmagan taqdirda haqiqatan foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida oʻzaro kelishilishi mumkin boʻlgan summadan oshib ketsa, ushbu moddaning qoidalari faqatgina soʻnggi eslatilgan summaga nisbatan tatbiq etiladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga ushbu Bitimning boshqa qoidalarini hisobga olgan holda har bir Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq ilgarigidek soliq solinadi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham va shu Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar oluvchi ana shu royaltilarning daromadli sohibi boʻlsa, bunday holda soliq tushumlar yalpi summasining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu moddada qoʻllanilgan “royalti” atamasi har qanday badiiy, sanʼat yoki ilm-fan asarlariga, shu jumladan kinofilmlar hamda radio va televideniye uchun yozuvlarga nisbatan mualliflik huquqidan foydalanilanish yoki foydalanish huquqi, har qanday patent, tovar belgilari, dizayn yoki model, reja, kompyuter dasturlari, maxfiy formula yoki jarayon yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajriba toʻgʻrisida axborot uchun haq sifatida olinadigan barcha turdagi toʻlovlarni bildiradi.
(12-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royaltiga nisbatan amalda huquqqa ega boʻlgan shaxs royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mol-mulk haqiqatan ham doimiy muassasaga bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda mazkur Bitimning 7-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyat organi yoki shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royaltilar shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, agar, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidentimi, yoʻqmi ekanligidan katʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltidan tushgan daromadlar doimiy muassasa joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki royalti toʻlanadigan axborotga taalluqli toʻlangan royalti summasi toʻlovchi va amalda ana shu royaltilar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilgan summadan ortib ketsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Bitimning boshqa qoidalarini hisobga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, ilgarigidek soliq solinadi.
13-modda
Sarmoya qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Sarmoya qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlarga shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasaning amaliy qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlarga, jumladan mazkur doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) begonalashtirishdan oladigan daromadlarga ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti xalqaro tashishda foydalaniladigan kemalar, samolyotlar yoki avtotransport vositalarini yoki shunday samolyotlar yoki avtotransport vositalaridan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlarga shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
4. 1-, 2- va 3-bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mol-mulkni begonalashtirishdan olingan daromadga mol-mulkini begonalashtirayotgan shaxs rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi. Biroq yuqoridagi jumlada eslatib oʻtilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan olingan sarmoya qiymatining oʻsishi, agar sotib olingan va sotilgan vaqt orasidagi fursat bir yildan oshmagan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan soliq solinishi kerak.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti koʻrsatgan kasb xizmatlari yoki boshqa mustaqil faoliyatidan oladigan daromadiga faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin, agar bu xizmatlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilgan boʻlmasa. Agar bu faoliyat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilgan boʻlsa, bunday daromadga ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirgan kasb xizmatlari yoki boshqa mustaqil faoliyatidan olgan daromadi, agar daromad egasi boshqa Davlatda tegishli moliyaviy yilda boshlanadigan va tugaydigan har qanday 12 oylik davrda 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida turgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
3. “Mustaqil shaxsiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatini, shuningdek, vrachlar, huquqshunoslar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar, buxgalterlarning hamda maxsus kasb tayyorgarligini talab qiladigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanadigan shaxslarning mustaqil shaxsiy faoliyatini qamrab oladi; jismoniy shaxs boʻlmagan shaxslarning shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatdan olgan daromadlariga ushbu Bitimning 5- va 7-moddalari qoidalariga muvofiq soliq solinadi.
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Yollanma shaxsiy xizmatlar
1. Mazkur Bitimning 16, 18, 19 va 20-moddalarining qoidalarini xisobga olib, yollanma ishga nisbatan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti oladigan ish haqi, maosh va boshqa shunga oʻxshash mukofotlarga, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliq solinadi. Agar yollanma ish shu tariqa amalga oshirilsa, shu munosabat bilan olingan mukofotga shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilayotgan yollanma ishga nisbatan olayotgan mukofotga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, agar buning uchun bir paytning oʻzida:
a) daromad oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tegishli moliyaviy yilda boshlanadigan va tugaydigan har qanday 12 oylik davrda 183 kundan oshmaydigan davr va davrlar mobaynida boʻlsa, va
b) mukofot boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlansa, va
c) mukofotni toʻlash xarajatlarini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda yollovchining doimiy muassasasi oʻz zimmasiga olsa.
3. Mazkur moddaning oldingi qoidalariga qaramay, xalqaro tashishda foydalaniladigan havo yoki yer transporti vositalari ichida amalga oshiriladigan yollanma ishga nisbatan olinadigan mukofot puliga havo yoki yer transporti vositalaridan foydalanishdan daromad oladigan shaxs rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari
Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmish direktorlar kengashi yoki shunga oʻxshash kompaniya organi yoxud boshqa har qanday yuridik shaxs sifatida oladigan direktorlik gonorarlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlarga shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. Mazkur Bitimning 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shunday shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadga shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatga nisbatan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, mazkur Bitimning 7, 13 va 14-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Agar Ahdlashuvchi Davlatga borish boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat fondi tomonidan, maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyati tomonidan tashkil etilgan boʻlsa, sanʼat xodimi yoki sportchining Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan faoliyatidan kelgan daromadga shu Davlatda soliq solinmasligi kerak.
18-modda
Davlat xizmati
Davlat xizmati
1. a) Har qanday jismoniy shaxsga uning bir Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyatiga koʻrsatgan xizmatlari uchun shu Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan toʻlanadigan mukofotga, pensiyadan tashqari, faqat shu Davlatda soliq solinadi.
b) 1-bandning (a) kichik bandidagi qoidalarga qaramay, agar, xizmatlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilayotgan boʻlsa va mukofotni oluvchi ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, agar u:
I) birinchi eslatilgan Davlatning fuqarosi boʻlmagani holda ana shu Davlatning fuqarosi boʻlsa; yoki
II) birinchi eslatilgan Davlatning fuqarosi boʻlmagani holda xizmatlar koʻrsatish maqsadidagina boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan boʻlsa, mukofotlarga faqat shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi lozim.
2. a) Ahdlashuvchi Davlatga yoki uning boʻlinmasiga yoki mahalliy hokimiyatiga koʻrsatilgan xizmat uchun har qanday jismoniy shaxsga Fonddan yoki Ahdlashuvchi Davlatda yoxud uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyati tomonidan tuzilgan fonddan toʻlangan har qanday pensiya faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
b) 2-bandning (a) kichik bandidagi qoidalarga qaramay, agar jismoniy shaxs shu Davlatning fuqarosi va rezidenti boʻlsagina, bunday pensiyaga faqat shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
3. 15, 16 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyati amalga oshiradigan tadbirkorlik ishlari bilan bogʻliq xizmatlar uchun beriladigan mukofot va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
19-modda
Pensiyalar
Pensiyalar
18-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga oldinroq amalga oshirilgan faoliyat uchun toʻlanadigan pensiyalar va boshqa shunga oʻxshash mukofotlarga faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
20-modda
Oʻqituvchilar va talabalar
Oʻqituvchilar va talabalar
1. Boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa yoki Ahdlashuvchi Davlatga kelishi arafasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan va eslatilgan Davlatda faqat taʼlim olish yoki praktika oʻtash maqsadlarida boʻlib turgan talaba yoki praktikant tijorat boʻyicha oladigan toʻlovlarga, agar bu toʻlovlar shu Ahdlashuvchi Davlatdan tashqaridagi manbalardan berilayotgan boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinmaydi.
2. Shunga oʻxshab, boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlgan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelishdan oldin ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda ikki yildan oshmaydigan davr va davrlar mobaynida faqat oʻqitish yoki ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadlarida boʻlib turgan oʻqituvchilar yoki instruktorlar oladigan mukofot puli birinchi eslatilgan Davlatda soliqdan ozod qilinadi, agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlatdan tashqarida boʻlgan manbalardan berilayotgan boʻlsa, ularning oʻqituvchilik yoki tadqiqot ishlari uchun oladigan mukofotlariga soliq solinmaydi.
21-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining ushbu Bitim oldingi moddalarida qayd etilmagan daromad turlariga, ularning qayerda hosil boʻlishidan qatʼi nazar, faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
22-modda
Ikki tomonlama soliq solinishga yoʻl qoʻymaslik
Ikki tomonlama soliq solinishga yoʻl qoʻymaslik
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan har birining amaldagi qonunchiligi shu Ahdlashuvchi Davlatlarda daromadlarga soliq solishga nisbatan tatbiq etilaveradi, ushbu Bitimning qoidalari ana shu qonunlarga zid kelgan hollar bundan mustasno.
2. Oʻzbekistonga tatbiqan ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslikka quyidagi tarzda erishiladi:
a) agar, Oʻzbekiston rezidenti ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq Turkiyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad olayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Turkiyada toʻlanadigan daromad soligʻiga teng miqdorda bevosita yoki qisqartirish yoʻli bilan shu rezidentning daromad soligʻini qisqartiradi. Ammo bunday qisqartirish daromad soligʻining Turkiyada soliqqa tortiladigan daromadga tegishli boʻla oladigan qismidan (qisqartirishgacha toʻlangan) oshmasligi kerak;
b) agarda, Oʻzbekiston rezidenti ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq, faqat Turkiyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad olayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston bu daromadni soliqqa tortish bazasiga qoʻshishi mumkin, lekin bunda daromad soligʻi Turkiyada olingan va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda soliqqa tortish normalariga muvofiq hisoblangan daromadga tegishli boʻla oladigan qismidangina qisqartirilishi mumkin.
3. Turkiyaga tatbiqan ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslikka quyidagi tarzda erishiladi:
a) agar, Turkiya rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq. solinishi mumkin boʻlgan daromad olsa, Turkiya shu rezidentning daromad soligʻini bevosita yoki qisqartirish yoʻli bilan Oʻzbekistondagi daromad soligʻiga teng miqdorida qisqartiradi. Biroq, bunday qisqartirish daromad soligʻining (qisqartirilgunga qadar toʻlangan) Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi lozim boʻlgan daromadga taalluqli qismidan koʻp boʻlmasligi kerak;
b) agar Turkiya rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq faqat Oʻzbekistonda soliq solinishi lozim boʻlgan daromad olayotgan boʻlsa, Turkiya ushbu daromadni soliqqa tortish bazasiga qoʻshishi mumkin, biroq, daromad soligʻining Oʻzbekistonda olingan daromadga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan qismini qisqartirishga yoʻl qoʻya oladi.
23-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ana shu boshqa Davlatning milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan soliqdan va u bilan bogʻliq majburiyatlardan koʻra boshqacharoq yoki ogʻirroq soliq solinishiga yoki u bilan bogʻliq majburiyatga duchor qilinmaydilar.
2. 10-moddaning 4-bandi qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ana shu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni soliqqa tortishdan koʻra ana shu boshqa Davlatda yomonroq boʻlmasligi kerak.
3. Sarmoyasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan, yoki bir yoki bir necha rezidentlar tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari birinchi eslatilgan Davlatda ana shu Davlatdagi boshqa shunday korxonalarga solinadigan soliq yoki u bilan bogʻliq majburiyatlardan koʻra ogʻirroq boʻlgan har qanday soliq solish yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlarga duchor qilinmaydilar.
4. Mazkur qoidalar Ahdlashuvchi Davlatlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik maqomi yoki oilaviy munosabatlari asosida beradigan har qanday shaxsiy imtiyozlar, yengilliklar va qisqartirishlar berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi lozim.
24-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Oʻzaro kelishuv tartiblari
1. Agar Ahdlashuvchi Davlat rezidenti Ahdlashuvchi Davlatlarning bittasi yoki har ikkalasining xatti-harakatini ushbu Bitimga nomuvofiq tarzda soliq solinishiga olib kelayotgan yoki olib keladigan sabab deb bilsa, shu Davlatlarning ichki qonunlarida koʻzda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar oʻzi rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga oʻz arizasini taqdim etishi mumkin. Ariza Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlarida belgilangan davr mobaynida taqdim etilishi lozim.
2. Vakolatli organ arizani asosli deb topsa yoki oʻzi qoniqarli bir qarorga kela olmasa, Bitimga nomuvofiq tarzda soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida masalani boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga intiladi.
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda kelib chiqadigan har qanday qiyinchilik yoki shubhalarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga intiladilar. Ular, shuningdek, Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida maslahatlashib olishlari mumkin.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnosida kelishuvga erishish maqsadida belgilangan tartibda bir-birlari bilan bevosita muloqot qilishlari mumkin. Kelishuvga erishish maqsadida ogʻzaki fikr almashuv oʻtkazish zarurati tugʻilsa, bunday fikr almashuv Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari vakillaridan iborat Komissiyani tuzish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Axdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish yoki Axdlashuvchi Davlatlar yoxud ularning maʼmuriy-xududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari foydasiga soliq solinishi bilan bogʻliq mazkur Bitimga zid boʻlmagan tarzda undiriladigan har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tadbiq etish yoki uni qoʻllashga aloqador axborotni almashadilar. Axborot almashinuvi 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
2. Axdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot singari maxfiy hisoblanadi hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan soliqlarni baholash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud taʼqibi yoxud ushbu soliqlarga nisbatan daʼvolar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoki yuqoridagilarni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) oshkor etilishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar ushbu axborotlardan faqat koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular bunday axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin.
3. Har qanday holatda ham 1 va 2-bandlarning qoidalari Axdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
a) u yoki bu Axdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar qoʻllash;
b) u yoki bu Axdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoki oshkor etilishi jamoat tartibiga (ordre public) xilof boʻlgan axborotni taqdim qilish.
4. Agar axborot Axdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur modda qoidalariga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Axdlashuvchi Davlat oʻz soliq maqsadlari uchun bunday axborotga extiyoj mavjud boʻlmasa ham soʻralayotgan axborotni yigʻish boʻyicha oʻzining imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin, biroq har qanday holatda ham, bunday cheklovlar faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli axborot taqdim etishni rad qilish uchun Axdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
5. 3-bandning qoidalari har qanday holatda ham bunday axborot faqatgina bank, boshqa moliya tashkiloti, nominal saqlovchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli ekanligi sababli Axdlashuvchi Davlatga axborot taqdim qilishni rad etishga ruxsat sifatida talqin qilinishi mumkin emas
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
25A-modda
Soliqlarni undirishda koʻmaklashish
Soliqlarni undirishda koʻmaklashish
1. Axdlashuvchi Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq daʼvolarini undirishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Bunday yordam Bitimning 1 va 2-moddalari bilan cheklanmaydi. Axdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishuv yoʻli bilan belgilaydilar.
2. Mazkur moddada qoʻllanadigan “soliq daʼvosi” atamasi Axdlashuvchi Davlatlar yoki ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari foydasiga undiriladigan mazkur Bitimga yoki Axdlashuvchi Davlatlar ishtirokchi boʻlgan istalgan boshqa hujjatga zid boʻlmagan tarzda har qanday tur va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻni, shuningdek bunday soliqlarga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ushbu mablagʻni undirish yoki undirilishini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni anglatadi.
3. Basharti Axdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq daʼvosi ushbu davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi mumkin boʻlsa va ushbu davlatning qonunchiligiga muvofiq ayni shu paytda undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxq tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan bunday daʼvo majburiyati ikkinchi Axdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq daʼvosi ikkinchi davlat tomonidan, ayni shu davlatga taalluqli soliq daʼvosi kabi, uning oʻz soliqlarini undirish uchun qullanadigan oʻzining qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinishi lozim.
4. Agarda Axdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq daʼvosi uni undirish uchun ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan majburiyat hisoblansa, bunday soliq daʼvosi ushbu davlat vakolatli organlarining soʻrovnomasi bilan ikkinchi Axdlashuvchi Davlat vakolatli organlari tomonidan taʼminot choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinishi lozim. Ushbu ikkinchi davlat bunday soliq daʼvolariga nisbatan, hattoki ushbu soliq daʼvosi, bunday choralarni qoʻllash paytida birinchi koʻrsatilgan davlatda soliq talabini ijro etishning imkoni boʻlmasa yoki uni ijrosiga toʻsqinlik qilishga haqli shaxse tarafidan toʻlanishi lozim bulgan holatda ikkinchi davlatga taallusli boʻlganidek, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
5. Mazkur moddaning 3 va 4-bandlari qoidalaridan qatiy nazar, Axdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq, soliq daʼvolariga nisbatan shunday daʼvoning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari taqdim etilgan va ustuvorlik ushbu davlat tomonidan mazkur moddaning 3 yoki 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq daʼvosiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Shuningdek, Axdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan mazkur moddaning 3 yoki 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun boshqa Axdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq qabul qilinayotgan soliq daʼvosi ushbu davlatda ustuvorlikka ega emas.
6. Axdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq daʼvosining mavjudligi, haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash buyicha tartibotlar ikkinchi Axdlashuvchi Davlatning sud yoki maʼmuriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
7. Axdlashuvchi Davlatlardan biri mazkur moddaning 3 yoki 4-bandlariga muvofiq soʻrovnoma yuborganidan soʻng ikkinchi Axdlashuvchi Davlat tegishli soliq daʼvosi summasini undirib, birinchi Axdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga kadar, soliq daʼvosi:
a) soʻrovnoma 3-bandga muvofiq yuborilganda — birinchi aytilgan davlatga taalluqli, ushbu davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu davlatning qonunchiligiga koʻra uning undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlab berilishi lozim soliq daʼvosi hisoblanmay qolsa, yoki;
b) soʻrovnoma 4-bandga muvofiq yuborilganda — koʻrsatilgan birinchi davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq taʼminot choralarini koʻrishi mumkin boʻlgan soliq daʼvosi hisoblanmay qolsa,
bu holda birinchi davlatning vakolatli organi bu haqda darhol ikkinchi davlatning vakolatli organini xabardor qiladi va birinchi davlat ikkinchi davlatning ixtiyori boʻyicha oʻz soʻrovnomasini toʻxtatadi yoki chaqirtirib oladi.
8. Mazkur moddaning qoidalari har qanday holatda ham Axdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
a) u yoki bu Axdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻrish;
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan choralarni koʻrish;
c) yordam koʻrsatish, basharti boshqa Axdlashuvchi Davlat mavjud boʻlgan holat boʻyicha oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq undirish yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa;
d) koʻmaklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy xarajatlarni undirish natijasida ikkinchi Axdlashuvchi Davlat olishi mumkin boʻlgan foydaga nomutanosib boʻlgan holatlarda koʻmaklashish.
(25A-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2017-yil 25-oktabrdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
26-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ushbu Bitimning biron-bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilariga xalqaro huquqning umumiy normalari yoki maxsus bitim qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
27-modda
Bitiming kuchga kirishi
Bitiming kuchga kirishi
Har bir Ahdlashuvchi Davlat boshqa Ahdlashuvchi Davlatni ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun talab etiladigan tartiblar tugaganligi haqida bir-birini xabardor qiladi. Ushbu Bitim shu haqda xabar qilingan xat olingan kunda kuchga kiradi hamda uning qoidalari har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda ushbu Bitim kuchga kirgan yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvardan keyin boshlanadigan har bir soliqqa tortiladigan yildagi soliqlar uchun qoʻllanila boshlaydi.
28-modda
Bitim amal qilishining toʻxtatilishi
Bitim amal qilishining toʻxtatilishi
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitim kuchga kirgan paytdan boshlab besh yil oʻtganidan keyin boshlanadigan istalgan taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolganda Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqida diplomatik yoʻllar orqali xabar berib, ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bunday holda ushbu Bitim uning amal qilishini toʻxtatish haqida xabar berilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanadigan har bir soliqqa tortiladigan yildagi soliqlar uchun har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda oʻz kuchini toʻxtatadi.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib mazkur Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 1996-yil 8-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
(imzolar)