10.02.2016 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-dekabrdagi 362-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-dekabrdagi 362-son qarorini ijro etish yuzasidan, fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari berish va ularni olib qo‘yish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga” so‘zlari “tuman fermerlari kengashiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman fermerlari kengashi ikki kun mobaynida arizalarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashi xulosasi arizalar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi jumladagi “va tegishli xulosa chiqaradi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Komissiya qaror qabul qiladi, ushbu qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermerlari kengashining qarori bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Ushbu qaror tuman (shahar) hokimiga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-banddagi “Komissiyaning ijobiy xulosasi” so‘zlari “xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 17-banddan “tuman fermerlari kengashi bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 18 — 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermerlari kengashiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashi ikki kun mobaynida hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashining xulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar tasdig‘ini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va ko‘rsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar tasdig‘ini topgan taqdirda, Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida yoxud uning maydonini maqbullashtirish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi, ushbu xulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermerlari kengashining xulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xo‘jaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish to‘g‘risida fermer xo‘jaligi rahbariga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi taklif fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermerlari kengashining xulosasini dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer xo‘jaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan xo‘jalik sudiga da’vo arizasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan da’vo arizasi qondirilishi xo‘jalik sudi tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga, tuman fermerlari kengashiga, Komissiyaga va tegishli organlarga (tashkilotlarga) bildirishnoma yuboradi va kiritilgan materiallarni qaytaradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ixtiyoriylik asosida fermer xo‘jaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.

j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining, shuningdek xo‘jalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xo‘jaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 6-son, 57-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)