Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOʻRTKOʻL SHAHRINING 120 YILLIGINI NISHONLASH TOʻGʻRISIDA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti boʻlgan Toʻrtkoʻl shahrining respublika tarixiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida tutgan muhim oʻrnini, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi, koʻplab mehnatkashlarning taklif-istaklarini eʼtiborga olib:
1. Toʻrtkoʻl shahrida bayram tantanalarini oʻtkazish 1993-yil noyabr oyining uchinchi oʻn kunligiga belgilansin.
Bayramni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita ilova* etilayotgan roʻyxat asosida tasdiqlansin.
* Ilova keltirilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi hamda Tashkiliy qoʻmita taqdim etgan takliflar asosida zarur chora-tadbirlar tizimini va sarf-xarajatlar miqdorini belgilovchi qaror loyihasini hozirlasin.
3. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-iyul,
PF-634-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 284-modda)