05.01.2016 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni taʼminlash yoʻli bilan shaharsozlik va arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016 — 2019-yillar davrida Nukus shahri va viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (tuzatish kiritish) jadvali (keyingi oʻrinlarda jadval deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli istiqbolga prognoz hisob-kitoblarni shakllantirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan xizmatlar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud tabiiy va mineral-xomashyo resurslarni hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan — “Oʻzdaverloyiha” yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har besh yilda — shaharlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari amalga oshirilishi kompleks xatlovdan oʻtkazilishini, shuningdek har oʻn yilda — zamonaviy shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar hisobga olingan holda ularga tuzatish kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri va maʼmuriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi (tuzatish kiritilishi) boʻyicha ishlar (xizmatlar)ning buyurtmachilari etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini va mufassal rejalashtirish loyihalarini, shuningdek shahar va shahar chegarasi loyihalarini ishlab chiquvchilar etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzGAShKLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkiloti — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun kompleks muhandislik-texnik izlanishlar oʻtkazish (muhandislik-geologik qidiruvlar oʻtkazish, topografik xaritalar va rejalarni tuzish) boʻyicha ishlarni ijro etuvchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi har yili, 2016-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri, maʼmuriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish (tuzatish kiritish)ni moliyalashtirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini olib borish ishlarini bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlariga — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini toʻlaqonli olib borish taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari va davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisosli taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mavjud tizimi samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni takomillashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan obyektlar qurilishiga ruxsatnomalar berishda va yer uchastkalari berishda bosh rejalar buzilganligi, shuningdek yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olingandagi harakatsizlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, shahar chegarasi loyihalari, kompleks muhandislik izlanishlarini oʻtkazish, aholi punktlarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalarini, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish sxemalari va boʻlimlarini tuzish, ekologiya ekspertizasi xulosalari, aholisi (fuqarolar yigʻini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan koʻp boʻlgan fuqarolar qishloq yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish — nazarda tutilgan budjet mablagʻlari, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholisi (fuqarolar yigʻini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan kam boʻlgan fuqarolar qishloq yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, ekologiya ekspertizasi xulosalari, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish — mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish ishlarining qiymati indeksatsiya qilinmaydi va boʻlajak yillar loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari bilan belgilangan summalar miqdorida moliyalashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2015 — 2018-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturidan (qarorga 1-ilova) 18-qator chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 52-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarori)” 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 10-modda) ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 890-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)