Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
buyrugʻi
“Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 4-yanvarda 2447-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 4-martdagi 203-sonli “Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2447, 2013-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 190-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-dekabr,
26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 7-modda)