Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 04.01.2016 yildagi O‘RQ-399-son
Kuchga kirish sanasi
05.01.2016
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 15.02.2024 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida | “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 2-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 2-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda maʼqullangan |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). |
2-modda.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | 2-modda.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
3-modda.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 3-modda.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2016-yil 4-yanvar, | 2016-yil 4-yanvar, |
OʻRQ-399-son | OʻRQ-399-son |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida | Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida |
(yangi tahriri) | (yangi tahriri) |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; | dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; |
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; | dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; |
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllanilish uchun tayyor dori vositalari; | dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllanilish uchun tayyor dori vositalari; |
dorivor oʻsimlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar boʻlgan oʻsimliklar yoki ularning qismlari; | dorivor oʻsimlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar boʻlgan oʻsimliklar yoki ularning qismlari; |
klinik tadqiqot subyekti — farmakologik vositani yoki dori vositasini klinik tadqiq etishda oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs; | klinik tadqiqot subyekti — farmakologik vositani yoki dori vositasini klinik tadqiq etishda oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs; |
retsept — shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasi; | retsept — shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasi; |
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy buyum; | sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy buyum; |
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; | tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; |
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar; | tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar; |
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega boʻlgan, klinik tadqiqot obyektlari boʻlgan modda yoki moddalar aralashmasi; | farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega boʻlgan, klinik tadqiqot obyektlari boʻlgan modda yoki moddalar aralashmasi; |
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat; | farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat; |
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari; | Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari; |
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum. | qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum. |
4-modda. Davlatning aholini asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash sohasidagi kafolatlari | 4-modda. Davlatning aholini asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash sohasidagi kafolatlari |
Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi. | Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi. |
2-bob. Davlat organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari | 2-bob. Davlat organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari |
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari | 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; | dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; | davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; |
dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi. | dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari | 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi: | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi: |
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; | dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; |
Asosiy dori vositalari roʻyxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud boʻlishi ustidan nazoratni taʼminlaydi; | Asosiy dori vositalari roʻyxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud boʻlishi ustidan nazoratni taʼminlaydi; |
farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi; | farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi; |
ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini taʼminlaydi; | ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini taʼminlaydi; |
dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; | dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; |
Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi; | Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi; |
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi; | dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi; |
tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi; | tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi; |
Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi; | Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi; |
dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini toʻxtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi; | dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini toʻxtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi; |
farmakologik nazoratni amalga oshiradi; | farmakologik nazoratni amalga oshiradi; |
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; | Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; |
oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi; | oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi; |
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlaydi; | dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlaydi; |
Asosiy dori vositalari roʻyxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; | Asosiy dori vositalari roʻyxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; |
Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlaydi. | Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari | 7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: | Mahalliy davlat hokimiyati organlari: |
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; | dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; |
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; | dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; |
tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashda ishtirok etadi; | tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashda ishtirok etadi; |
dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etadi. | dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etadi. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
3-bob. Dori vositalari. Tibbiy buyumlar. Tibbiy texnika | 3-bob. Dori vositalari. Tibbiy buyumlar. Tibbiy texnika |
8-modda. Davlat farmakopeyasi | 8-modda. Davlat farmakopeyasi |
Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami boʻlgan rasmiy nashrdir. | Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami boʻlgan rasmiy nashrdir. |
Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor oʻsimlik xom ashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-oʻrash materiallariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi. | Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor oʻsimlik xom ashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-oʻrash materiallariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi. |
Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor oʻsimlik xom ashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi. | Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor oʻsimlik xom ashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi. |
Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Davlat farmakopeyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oraligʻidagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi. | Davlat farmakopeyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oraligʻidagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi. |
9-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari | 9-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. |
Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. | Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi boʻyicha malakali mutaxassislarga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda, oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi boʻyicha malakali mutaxassislarga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda, oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin. |
10-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari | 10-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojoʻya taʼsirlari va boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri samarasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish uchun oʻtkaziladi. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojoʻya taʼsirlari va boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri samarasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish uchun oʻtkaziladi. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki koʻp markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma boʻyicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida oʻtkazilishi mumkin. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki koʻp markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma boʻyicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida oʻtkazilishi mumkin. |
Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi. | Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari; | farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari; |
farmakologik vositaning yoki dori vositasining qoʻllanilishidan ehtimol tutilgan nojoʻya taʼsir xavfi kutilayotgan ijobiy taʼsirdan ancha past boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | farmakologik vositaning yoki dori vositasining qoʻllanilishidan ehtimol tutilgan nojoʻya taʼsir xavfi kutilayotgan ijobiy taʼsirdan ancha past boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosasisiz yoʻl qoʻyilmaydi. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosasisiz yoʻl qoʻyilmaydi. |
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida klinik tadqiqot subyektining ishtirok etishi oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot subyektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Klinik tadqiqot subyekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli. | Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida klinik tadqiqot subyektining ishtirok etishi oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot subyektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Klinik tadqiqot subyekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli. |
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti ishtirokida oʻtkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak. | Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti ishtirokida oʻtkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak. |
Voyaga yetmagan klinik tadqiqot subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan klinik tadqiqot subyektlarida klinik tadqiqot oʻtkazilgan boʻlishi kerak. | Voyaga yetmagan klinik tadqiqot subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan klinik tadqiqot subyektlarida klinik tadqiqot oʻtkazilgan boʻlishi kerak. |
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni oʻtkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs klinik tadqiqot subyektining hayotiga, sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sugʻurta shartnomasini sugʻurtalovchi bilan tuzishi shart. | Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni oʻtkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs klinik tadqiqot subyektining hayotiga, sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sugʻurta shartnomasini sugʻurtalovchi bilan tuzishi shart. |
Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan klinik tadqiqot subyektining hayoti, sogʻligʻi uchun tahdid paydo boʻlgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni toʻxtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak. | Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan klinik tadqiqot subyektining hayoti, sogʻligʻi uchun tahdid paydo boʻlgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni toʻxtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan yoxud qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan yoxud qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. |
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi va klinik tadqiqotlar oʻtkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi va klinik tadqiqotlar oʻtkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
11-modda. Etika ekspertizasi | 11-modda. Etika ekspertizasi |
Etika ekspertizasi farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida oʻtkaziladi. | Etika ekspertizasi farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida oʻtkaziladi. |
Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy taʼlim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi. | Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy taʼlim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi. |
Etika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Etika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
12-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 12-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish |
Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ruxsat etiladi. | Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ruxsat etiladi. |
Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak: | Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak: |
dori vositalari; | dori vositalari (bundan dori vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan dori moddalari (substansiyalar) mustasno); |
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari; | Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari; |
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari; | ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari; |
tibbiy buyumlar; | tibbiy buyumlar; |
tibbiy texnika. | tibbiy texnika. |
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. | Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. |
Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritiladi. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritiladi. |
Tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat boʻlgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. | Tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat boʻlgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. |
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi. | Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi. |
Tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud boʻlgan dori vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilgan dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi mavjud maxfiy axborot ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran olti yil mobaynida uning roziligisiz oshkor qilinishi va undan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin emas. | Tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud boʻlgan dori vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilgan dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi mavjud maxfiy axborot ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran olti yil mobaynida uning roziligisiz oshkor qilinishi va undan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin emas. |
Yangi kimyoviy modda deganda patentga layoqatliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatdan oʻtkazilmagan har qanday kimyoviy birikma tushuniladi. | Yangi kimyoviy modda deganda patentga layoqatliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatdan oʻtkazilmagan har qanday kimyoviy birikma tushuniladi. |
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan axborotni ariza beruvchining roziligisiz oshkor qilishga va undan foydalanishga sudning qaroriga asosan, quyidagi hollardan biri mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: | Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan axborotni ariza beruvchining roziligisiz oshkor qilishga va undan foydalanishga sudning qaroriga asosan, quyidagi hollardan biri mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: |
dori vositasini yetkazib berish hajmi Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy mobaynida aholining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmaganda; | dori vositasini yetkazib berish hajmi Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy mobaynida aholining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmaganda; |
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish hollari aniqlanganda. | raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish hollari aniqlanganda. |
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalariga koʻra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil boʻlgan tegishli roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi. | Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalariga koʻra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil boʻlgan tegishli roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi. |
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasining zarur hujjatlar ilova qilingan arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy ichida berilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasining zarur hujjatlar ilova qilingan arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy ichida berilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qoʻllashga, agar ular roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan boʻlsa, ruxsat etiladi. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qoʻllashga, agar ular roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan boʻlsa, ruxsat etiladi. |
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi dori vositasining, tibbiy buyumning va tibbiy texnikaning xavfsizligiga, sifatiga hamda samaradorligiga taalluqli yangi maʼlumotlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart. | Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi dori vositasining, tibbiy buyumning va tibbiy texnikaning xavfsizligiga, sifatiga hamda samaradorligiga taalluqli yangi maʼlumotlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart. |
13-modda. Farmakologik nazorat | 13-modda. Farmakologik nazorat |
Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush taʼsir koʻrsatadigan nojoʻya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir. | Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush taʼsir koʻrsatadigan nojoʻya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir. |
Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart. | Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan nojoʻya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojoʻya reaksiyaning klinik koʻrinishlari va dori vositasining qoʻllanilishi oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻlanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan nojoʻya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojoʻya reaksiyaning klinik koʻrinishlari va dori vositasining qoʻllanilishi oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻlanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi. |
Kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining oʻzgarishiga taʼsir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qoʻllanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrishi shart. | Kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining oʻzgarishiga taʼsir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qoʻllanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrishi shart. |
Dori vositasi qoʻllanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi. | Dori vositasi qoʻllanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi. |
14-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika toʻgʻrisidagi axborot va dori vositalarining reklamasi | 14-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika toʻgʻrisidagi axborot va dori vositalarining reklamasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga: | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga: |
Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida; | Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida; |
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatida; | Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatida; |
Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatida; | Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatida; |
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatida; | |
Asosiy dori vositalari roʻyxatida; | Asosiy dori vositalari roʻyxatida; |
Oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika roʻyxatida; | Oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika roʻyxatida; |
Tibbiy buyumlar roʻyxatida koʻrsatilgan axborot joylashtiriladi. | Tibbiy buyumlar roʻyxatida koʻrsatilgan axborot joylashtiriladi. |
Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda berilishi mumkin. | Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida koʻrsatiladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin. |
Retsept boʻyicha beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda beriladi. | Retsept boʻyicha beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida beriladi. |
Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
4-bob. Farmatsevtika faoliyati | 4-bob. Farmatsevtika faoliyati |
15-modda. Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari | 15-modda. Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari |
Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: |
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari; | dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari; |
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish; | dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish; |
dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish; | dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish; |
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish; | dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish; |
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish; | dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish; |
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash; | dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash; |
dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish. | dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish. |
16-modda. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish | 16-modda. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish |
Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. | Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. |
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. | Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. |
Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi: | Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi: |
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish; | tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish; |
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari; | dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari; |
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish; | dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish; |
dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish. | dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish. |
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. | Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi. | Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi. |
17-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari | 17-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. |
Dori vositalarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini oʻrganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni oʻtkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. | Dori vositalarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini oʻrganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni oʻtkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. |
Tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini oʻrganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. | Tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini oʻrganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. |
18-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish | 18-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat boʻlib, u toʻliq texnologik sikl boʻyicha yoki uning alohida bosqichlari boʻyicha ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat boʻlib, u toʻliq texnologik sikl boʻyicha yoki uning alohida bosqichlari boʻyicha ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. |
Qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi. | Qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisining buyurtmasiga muvofiq tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dori vositalarini va tibbiy buyumlarni buyurtmaga muvofiq bevosita ishlab chiqaradigan tashkilotga beriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisining buyurtmasiga muvofiq tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dori vositalarini va tibbiy buyumlarni buyurtmaga muvofiq bevosita ishlab chiqaradigan tashkilotga beriladi. |
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin. | Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega boʻlishi kerak. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega boʻlishi kerak. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamgʻalash hamda joylash-oʻrash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamgʻalash hamda joylash-oʻrash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
19-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish | 19-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish |
Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. | Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. |
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi. | Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
20-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish | 20-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni (oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari) chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni (oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari) chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi. |
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar boʻyicha yoki tasdiqlangan Retseptsiz beriladigan dori vositalarining roʻyxatiga koʻra retseptsiz amalga oshiriladi. | Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. |
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. | Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. |
21-modda. Dorixona | 21-modda. Dorixona |
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. | Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. |
Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni realizatsiya qilishni ularning qoʻllanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirishi mumkin. | Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni realizatsiya qilishni ularning qoʻllanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirishi mumkin. |
Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak. | Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak. |
Dorixona filialining mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. | Dorixona filialining mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak. |
Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. | Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. |
211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat | 211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi. | Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi. |
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak. | Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak. |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. | Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak. | Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak. |
22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash | 22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash |
Dori vositalari dorixonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi. | Dori vositalari dorixonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari roʻyxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari roʻyxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. |
23-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilib tashlash | 23-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilib tashlash |
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi. | Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. |
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi. | Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi. |
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilib tashlanishi kerak. | Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilib tashlanishi kerak. |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yoʻq qilib tashlash ularning egalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yoʻq qilib tashlash ularning egalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish | 5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish |
24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish | 24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi. | Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi. |
Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar importi, oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda hamda ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin. | Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar importi, oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda hamda ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin. |
25-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish | 25-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish |
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular: | Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular: |
mamlakatda boʻlish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa; | mamlakatda boʻlish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa; |
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa; | diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa. |
Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. | Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. |
6-bob. Yakunlovchi qoidalar | 6-bob. Yakunlovchi qoidalar |
26-modda. Nizolarni hal etish | 26-modda. Nizolarni hal etish |
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
27-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 27-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |