O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-dekabrda 2165-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. 2016-yilning 1-iyulidan boshlab notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda test sinovlari joriy etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Ishlar boshqarmasi (Z. To‘laganov) va Markaziy buxgalteriya (T. Bekbo‘tayev) test sinovlari o‘tkazish uchun alohida xona ajratsin va uni kompyuterlar hamda kuzatuv (video) moslamasi bilan jihozlash choralarini ko‘rsin.
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) va Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi (Sh. Yaminov) test sinovlari o‘tkazish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqilishi va o‘rnatilishini ta’minlasin.
6. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) Toshkent davlat yuridik universiteti (E. Kanyazov) bilan hamkorlikda ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy, xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida test savollari va javoblarini ishlab chiqsin.
7. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
8. Mazkur buyruq 2016-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-dekabr,
391-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 12-banddagi “24, 36 va 38-bandlarida” degan so‘zlar “175, 24, 36 va 38-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — test sinovi;
ikkinchi bosqich — yozma-og‘zaki.”.
3. Quyidagi mazmundagi 171 — 1711-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“171. Tanlovning birinchi bosqichi talabgorlarning ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy, xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovi kompyuterlar hamda kuzatuv (video) moslamasi bilan jihozlangan alohida xonada o‘tkaziladi.
172. Test sinovi jami 50 ta savoldan iborat bo‘lib, kompyuterda topshiriladi va har bir savol uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.
173. Test sinovini o‘tkazishda ishchi organ xodimi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
174. Test sinovi jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
qonun hujjatlaridan, ma’lumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (ma’lumotlardan) foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
test sinovi natijalari aniqlangunga qadar uzrli sabablarsiz test sinovi o‘tkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
175. Agar talabgor test sinovini topshirgunga qadar unda qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qo‘yilmaydi, davom ettirmaslik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
176. Test sinovi savollari va javoblarini tayyorlash hamda ularni zaruratga ko‘ra yangilab borilishini ta’minlash ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
177. Talabgorga tanlovning ikkinchi bosqichida test sinovi natijalariga ko‘ra quyidagicha ball qo‘shib beriladi:
40 tadan 50 tagacha to‘g‘ri javob uchun — 5 ball;
30 tadan 39 tagacha to‘g‘ri javob uchun — 4 ball;
25 tadan 29 tagacha to‘g‘ri javob uchun — 3 ball.
25 tadan kam bo‘lgan to‘g‘ri javob uchun ball qo‘shib berilmaydi.
178. Test sinovi jarayoni videotasvirga olinadi. Videotasvir test sinovi jarayoni bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda foydalanish uchun ishchi organda bir yil davomida saqlanadi.
179. Test sinovi natijalari u o‘tkazilgan paytning o‘zida aniqlanadi va ishchi organ tomonidan komissiyaga taqdim etiladi.
1710. Test sinovi natijalari tanlovning ikkinchi bosqichida olinadigan ballarga qo‘shib hisoblanadi.
1711. Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning ikkinchi bosqichiga qo‘yilmaydi.”.
4. 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Test sinovi natijalari aniqlangandan keyin tanlovning ikkinchi bosqichi talabgorlarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida barcha talabgorlar uchun bir yo‘la bir xonada yozma-og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi jarayonida komissiya a’zolari va talabgorlardan tashqari begona shaxslarning hozir bo‘lishiga ruxsat berilmaydi.
19. Komissiyaning mas’ul kotibi mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida talabgorlar bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi va ularni test sinovi natijalari bilan birgalikda komissiyaning har bir a’zosiga taqdim etadi.
Komissiya majlisida mas’ul kotib unda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarini hamda tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxatini, shu jumladan tanlov kuni kelgan va kelmagan talabgorlarning ro‘yxatini va test sinovi natijalarini o‘qib eshittiradi. Shuningdek, mas’ul kotib tanlovning ikkinchi bosqichini o‘tkazishning qisqacha mazmunini, shu jumladan mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan talablarni tushuntiradi.”.
5. 20-bandning birinchi xatboshisidagi “Tanlov o‘tkazish” degan so‘zlar “Tanlovning ikkinchi bosqichini o‘tkazishning qisqacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tanlovning ikkinchi bosqichi beshta savoldan iborat bo‘lgan bilet asosida o‘tkazilib, bunda har bir biletning orqa tomonida komissiya raisi va mas’ul kotibining imzolari bo‘lishi lozim.
Biletdagi savollarga yozma javob yozish va ular bo‘yicha og‘zaki javobga tayyorlanish uchun ikki soat vaqt ajratiladi.
22. Biletdagi savollarga yozma javoblar faqatgina tanlov varaqasiga yoziladi. Talabgorga javob yozish uchun tanlov varaqasi yetarli bo‘lmagan taqdirda, unga qo‘shimcha tanlov varaqasi beriladi.”.
7. 23 va 25-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Tanlov biletidagi” degan so‘zlar “Biletdagi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 24-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar talabgor o‘z tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlovning ikkinchi bosqichida qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qo‘yilmaydi.”.
9. 26-bandda:
birinchi xatboshi “hisoblab chiqish” degan so‘zlardan keyin “va test sinovi natijalari bilan birgalikda tanlovning yakuniy natijalarini aniqlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “guruhi tomonidan” degan so‘zlardan keyin “test sinovi natijalari va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
10. 281-band “g‘olib aniqlanmagan” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda ikki marta e’lon berilgan, lekin ushbu bo‘sh o‘ringa birorta ham talabgor tanlovda ishtirok etmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
11. 29-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“talabgorlarning tanlovning birinchi bosqichidagi test sinovi natijalari;”;
oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi “talabgor tomonidan” degan so‘zlardan keyin “tanlovning ikkinchi bosqichida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “baholash byulletenlaridagi” degan so‘zlar “tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlarida olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi xatboshidagi “Tanlov” degan so‘z “Test sinovi natijalari, tanlov” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 36-banddagi “bir yil” degan so‘zlar “olti oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
| | | | | | | | |
___________________________________________ |
| |||||||
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining |
| |||||||||||||||
|
T/r |
Talabgorlarning F.I.O. |
Tanlov o‘tkazilayotgan |
Test sinovi natijasi |
Komissiya a’zolarining F.I.O. va ular tomonidan qo‘yilgan ballar |
Jami |
| ||||||||||
|
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
F.I.O. |
| |||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | ”. |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 654-modda)