Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2003 29.01.2001 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2003
Hujjat 28.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLIShI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYATNI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 2001-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni (tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirishdan tashqari) litsenziyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus vakolatli organlar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vakolatli organlar tomonidan tashkil etiladigan litsenziya komissiyalarining qarorlari asosida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat ilgari berilgan litsenziyalarga muvofiq faqat 2001-yil 1-iyulgacha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish 2001-yil 1-martdan boshlab faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha litsenziya komissiyalarining shaxsiy tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 1-iyulgacha mazkur qaror talablariga muvofiq Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun yuridik shaxslarga litsenziyalar qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi va berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 29-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 29-yanvardagi 56-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar toʻgʻrisida”, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”, “Dorivor vositalar va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat, tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar oʻstirish bundan istisno, bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar oʻstirish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tashkil etiladigan litsenziya komissiyasining qarori asosida beriladi. Litsenziya komissiyasi tarkibiga milliy axborot-tahlil markazining vakili majburiy tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, uning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya “Davlat belgisi” korxonasida suv qogʻoz belgilari qoʻyilgan holda tayyorlangan maxsus blankada rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, qalbakilashtirishdan himoya qilinganlik darajasiga ega boʻladi va maxsus namuna boʻyicha tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish (berish, taqsimlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish (tayyorlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik moddalariga ega boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish litsenziyasiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq bir necha xil faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganda litsenziyada ushbu faoliyatning har qaysi turi aniq koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziya egasi yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi va joylashgan oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziya egasi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya egasi tomonidan bevosita yoxud pochta aloqasi vositalari orqali, ularning topshirilgani toʻgʻrisida bildirishnoma olgan holda, yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya 5 yildan kam muddatga faqat litsenziya oluvchining arizasiga binoan berilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach u litsenziya egasining arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 2 oy oldin berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda litsenziya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hujjatlarni taqdim etish va litsenziyalarni berish ilova qilinayotgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan oʻrni (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob-kitob varaqasining tartib raqami; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar hududiy organining binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar hududiy organining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish va tranzit tarzida tashish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya stansiyasining binolarning yoki shart-sharoitlarning litsenziyalash maqsadi va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hududiy organining xulosasi (prekursorlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolardan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (dalolatnomaning, ijaraga olish shartnomasi va shu kabilarning notarial tasdiqlangan nusxalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er uchastkalaridan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosasi (giyohvandlik moddalariga ega boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ishlab chiqarish sharoitlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya davlat bosh boshqarmasining xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yoʻq qilish) sohasidagi masʼul xodim uchun oliy farmatsevtika maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi hamda uni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasada surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizmga duchor boʻlgan dispanser hisobida turuvchi xodimlarning, shuningdek qasddan qilingan jinoyat uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi, tegishli tibbiyot muassasalari va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotnomalari albatta ilova qilingan holdagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olishga talabgordan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olish uchun talabgor tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziyalovchi organ litsenziya olishga talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmagan muddatda litsenziya komissiyasi qarori asosida litsenziya berish yoki bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi litsenziyalovchi organlar soʻrovlariga binoan ularga uch kun muddatda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy va noqonuniy muomalada boʻlishiga doir oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar banki asosida litsenziya talabgorlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, bank hisob raqami rekvizitlarini va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda, litsenziya talabgorlariga joʻnatiladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yozma shaklda, rad etish sabablari va litsenziya talabgori mazkur sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga joʻnatiladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya komissiyasi qayd qilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat talabgor qaytarilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomada koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan soʻng berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi va xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan ishlashga aloqador xodimlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan va xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan ishlashga aloqador xodimlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya olishga talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya olishga talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq kelmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan bahonalar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olishga talabgor litsenziya komissiyasining litsenziya berishni rad etish, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda arz qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat kengaytirilgan hollarda yuridik shaxs qoʻshimcha ruxsatnoma olish uchun litsenziyalovchi organga yozma holda murojaat qilishi shart, bunda unga mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar hamda ilgari berilgan litsenziyaning asli ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish amaldagisining oʻrniga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari roʻyxati koʻrsatilgan yangi litsenziya beradi, bu haqda litsenziya bitimi oʻzgarganligi toʻgʻrisida protokol tuziladi va litsenziyalar reyestriga tegishli maʼlumot kiritib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya bitimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni tasdiqlagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berilayotgan faoliyat aniq turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan tur boʻyicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan manzil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa muhim shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada bir nusxasi litsenziat uchun va bir nusxasi litsenziyalovchi organ uchun tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya litsenziya olishga talabgor tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda litsenziat quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus bilimlar va tegishli malakaga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirishning maxsus shartlarini, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasidan, asbob-uskunalardan, boshqa xil texnik vositalardan foydalanish sharoitlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziat quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va BMTning tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kelish, olib ketish va tranzit qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan ishlab chiqarishning texnologiya reglamentlariga koʻra belgilangan kvotalar doirasida RD Oʻz-19-01-96 (Dorivor vositalar ishlab chiqarishni va ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalari) talablariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyada va litsenziya bitimida koʻrsatilganga muvofiq, shuningdek litsenziya bitimida koʻrsatilgan manzil boʻyicha faoliyat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va ularning xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va vakolatli organ tomonidan berilgan ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini belgilangan tartibda rejali tekshiruvlardan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini tasdiqlovchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning bu talab va shartlarga rioya qilishi yuzasidan belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni litsenziatdan soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatni aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishga majbur qiluvchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud toʻxtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya egasi tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya egasi tomonidan litsenziyalovchi organning uni aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishga majbur qiluvchi qarori bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya qayta rasmiylashtirilayotgan muddatda yuridik shaxs oʻzgarganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziat tomonidan bartaraf etish muddatini belgilashi shart. Koʻrsatib oʻtilgan muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar litsenziya egasi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda uning litsenziyasi amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda tugatilgan vaqtdan boshlab yoki qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilganda qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, uni oʻzgartirish bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati toʻxtatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi, shuningdek sud qarori bilan ham toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar litsenziyaga talabgor litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya egasi litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi holati aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya shuningdek sud qarori bilan ham bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyaga talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziyaga talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha eng kam ish haqining besh baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha eng kam ish haqining ikki yarim baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziyalarga talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻimdan tushgan pul mablagʻlari litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziyaga talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya berish uchun davlat boji eng kam ish haqining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyalovchi organ giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning har bir turiga litsenziyalar reyestrini alohida yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarning reyestrining har birida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish asosi va sanasi, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilish asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar pul toʻlash asosida, faqat litsenziya komissiyasining ruxsatnomasi bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga litsenziya reyestridagi maʼlumotlar bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziya reyestridan maʼlumotlar eng kam ish haqining yarmi miqdorida litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkazilgan yigʻim toʻlanganligi haqidagi toʻlov hujjati taqdim etilgandan soʻng aniq litsenziya oluvchi toʻgʻrisida koʻchirmalar holida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Faoliyat litsenziyada koʻrsatilgan muddatdan oldin toʻxtatilgan taqdirda berilgan litsenziya litsenziat tomonidan litsenziya komissiyasiga qaytariladi. Qolgan muddat uchun toʻlangan summa qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziya komissiyasining qarori va harakati ustidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olish huquqi uchun hujjatlar taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 8-modda; 2002-y., 11-12-son, 97-modda)