17.06.2015 yildagi 13-1403/3437-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining qarori, 17.06.2015 yildagi 13-1403/3437-son
Kuchga kirish sanasi
17.06.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tijorat “Xalq banki” Zafarobod tuman filiali (bundan buyon matnda da’vogar deb yuritiladi) bilan “O‘tkir tex” fermer xo‘jaligi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) o‘rtasida 2009-yil 3-oktabrda tuzilgan 6-sonli kredit shartnomasiga ko‘ra da’vogar tomonidan javobgarga yillik 14 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan 5 yil muddatga 31 404 000 so‘mlik TTZ 8011 rusumli traktori va 7 008 000 so‘mlik 2PTS-4793A-03A rusumli tirkama sotib olish uchun jami 38 412 000 so‘m kredit ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit mablag‘ining ta’minoti sifatida 2010-yil 7-yanvarda Paxtakor tuman notarial idorasida kreditga olingan traktorni va tirkamani garovga qo‘yish bo‘yicha garov shartnomasi rasmiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, javobgar bilan “Obid-A” fermer xo‘jaligi (bundan buyon matnda kafil deb yuritiladi) o‘rtasida 2009-yil 29-sentabrda tuzilgan kafillik shartnomasiga muvofiq javobgar tomonidan kreditni qaytarish majburiyati bajarilmagan taqdirda, kafil tomonidan da’vogarga 10 000 000 so‘mlik kafillik berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasi shartlari da’vogar tomonidan bajarilgan holda javobgarga kredit mablag‘i ajratilgan bo‘lsada, javobgar tomonidan to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganligi sababli javobgarning 2014-yil 11-mart holatiga da’vogar oldida kredit bo‘yicha 31 631 082 so‘m asosiy qarz va 2 196 000 so‘m foiz qarzdorligi vujudga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizoni sudgacha hal etish bo‘yicha javobgarga yuborilgan talabnomalar javobgar tomonidan natijasiz qoldirilganligi sababli O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi da’vogar manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar bilan kafil hisobidan 31 631 082 so‘m asosiy qarz va 2 196 000 so‘m undirishni so‘ragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2014-yil 17-apreldagi ajrimi bilan ishga Davlat tijorat “Xalq banki” da’vogar sifatida jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 13-yanvardagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilgan. Javobgar va kafildan da’vogar foydasiga 26 677 537 so‘m asosiy qarz va 184 184 so‘m foiz undirilib, da’voning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish apellatsiya tartibida ko‘rilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hal qiluv qaroriga nisbatan Jizzax viloyat prokurorining o‘rinbosari tomonidan kassatsiya protesti keltirilib, unda birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni o‘rganmasdan, kafillik shartnomasining shartlariga huquqiy baho bermagan holda kafilni to‘liq kredit summasi bo‘yicha javobgar qilganligi, yuridik maqomi bo‘lmagan tarafga nisbatan ish yuritishni tugatish choralarini ko‘rmaganligi, moddiy va protsessual huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llagan holda da’voni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini o‘zgartirib, kafilning da’vogar oldidagi javobgarligini ushbu 10 000 000 so‘m miqdorda belgilanishi so‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorning hal qiluv qarorini o‘zgartirib, kafilning da’vogar oldidagi javobgarligini 10 000 000 so‘m miqdorda belgilash haqidagi fikrini tinglab, ishdagi hujjatlarini kassatsiya protestida keltirilgan vajlari bilan birgalikda muhokama qilib, sudlov hay’ati quyidagilarga ko‘ra hal qiluv qarorini o‘zgartirishni, kassatsiya protestini esa to‘liq qanoatlantirishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPKning 135-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 8 va 234-moddasining ikkinchi qismiga asosan majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda, taraflar o‘rtasidagi nizo kredit va kafillik bo‘yicha shartnomalardan kelib chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 236-moddasida majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerakligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, taraflar o‘rtasida 2009-yil 3-oktabrda tuzilgan kredit shartnomasi asosida da’vogar tomonidan javobgarga yillik 14 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan ajratiltgan 38 412 000 so‘m kredit mablag‘ining ta’minoti sifatida 2010-yil 7-yanvarda kredit evaziga olingan traktor va tirkamani garovga qo‘yish haqida garov, shuningdek javobgar bilan kafil o‘rtasida 2009-yil 29-sentabrda kafillik shartnomalari tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu kafillik shartnomasining 1.1-bandida, kafil shartnoma asosida 10 000 000 so‘m miqdorda kreditni vaqtida qaytarish to‘g‘risida majburiyatni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil da’vogarning birinchi talabiga binoan kredit bo‘yicha to‘lovlarni, unga hisoblab yozilgan foizlarni hisobvaraqasidagi mablag‘lari yoxud likvidli mol-mulki bilan so‘zsiz to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 292-moddasining birinchi qismida, kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga olishi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 293-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dyemak, qayd etilgan qonun normasiga binoan kafil kreditor oldidagi qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha, agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, qarzdor bilan birgalikda solidar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda esa, kafillik shartnomasining 1.1-bandiga ko‘ra kafil qarzdorning kreditor oldidagi faqat 10 000 000 so‘mlik majburiyati bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 333-moddasiga muvofiq, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda, birinchi instansiya sudi tomonidan barcha qarzdorlik summasini javobgar bilan birga kafildan ham solidar tartibda undirish haqida noto‘g‘ri to‘xtamga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga ko‘ra sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan to‘liq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 188-moddasiga ko‘ra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda, hal qiluv qarorining kafildan to‘liq da’vo summasini undirish haqidagi qismi 10 000 000 so‘mga o‘zgartirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganlarga ko‘ra, sudlov hay’ati, Jizzax viloyat xo‘jalik sudining 2014-yil 13-maydagi hal qiluv qarorini o‘zgartirishni, ushbu hal qiluv qarorining kafildan da’vogar foydasiga 26 677 537 so‘m asosiy qarz va 184 184 so‘m foiz undirish qismini, kafildan 10 000 000 so‘m undirilsin deb o‘zgartirishni, Jizzax viloyat prokurorining o‘rinbosari tomonidan kiritilgan kassatsiya protestini esa to‘liq qanoatlantirishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-1403/3437-son