11.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2739
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining qarori, 11.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2739
Kuchga kirish sanasi
14.03.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-dekabrda 2739-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2015-yil 12-noyabr,

139-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-20-son

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 12-noyabrdagi 139-mh, 2015-20-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisining hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodim — elektron yozuvlarni kiritish, koʻrib chiqish va oʻzgartirish, shuningdek hisobga olish registrlari, maʼlumotlar uzatish lokal tarmogʻini maʼmuriy boshqarish, axborotni muhofaza qilish va antivirus taʼminoti uchun vakolatli hamda masʼul boʻlgan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachisining xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron yozuv — Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisining hisobga olish registrlaridagi elektron shakldagi yozuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlari — investitsiya vositachisida va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida qimmatli qogʻozlarni saqlash hamda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-texnik majmua — hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisi tomonidan ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-texnik majmua foydalanuvchilari (bundan buyon matnda foydalanuvchilar deb yuritiladi) — hisobga olish registrlaridan foydalanish va ulardagi axborotni uzatish huquqlaridan foydalanuvchi masʼul xodimlar va boshqa shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsirchan axborot — oshkor etilishi, modifikatsiyalanishi, yoʻq qilinishi yoki yashirilishi oqibatida qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilariga zarar yetkazilishi mumkinligi tufayli muhofaza qilinishi lozim boʻlgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida insayder axborotidan foydalanish — qimmatli qogʻozlarni olish yoki realizatsiya qilish uchun oshkor qilinmagan (tarqatilmagan) va oshkor qilinishi (tarqatilishi) qimmatli qogʻozlar qiymatining oʻzgarishiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlganligi tufayli qimmatli qogʻozlar bozorining bir ishtirokchisiga boshqasiga nisbatan ustunlik berishi mumkin boʻlgan axborotdan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisining rahbari (bundan buyon matnda rahbar deb yuritiladi) masʼul xodimlarni tayinlaydi va elektron yozuvlarning but saqlanishi, maxfiyligi, yaxlitligi va ishonchliligini taʼminlash boʻyicha boshqa tashkiliy choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rahbar har bir masʼul xodim bilan axborot bilan ishlash talablari va qoidalariga rioya qilish uchun hamda maxfiy, taʼsirchan va oshkor qilinishi (tarqatilishi) qimmatli qogʻozlar bozorida insayder axborotidan foydalanishga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa axborotning oshkor qilinganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida yozma kelishuv — majburiyat tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari asosiy qoidalar, maqsad va vazifalar, himoya obyektlari, axborot xavfsizligiga tahdidlar, axborot xavfsizligi buzilgandagi xatti-harakatlar tartibi, majburiyatlar taqsimoti, axborot xavfsizligi sohasidagi siyosatni qayta koʻrib chiqish va aktuallashtirish tartibini nazarda tutuvchi tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari masʼul xodimlarning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, maxfiy, taʼsirchan va oshkor etilishi (tarqatilishi) qimmatli qogʻozlar bozorida insayder axborotidan foydalanishga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa turdagi axborotni muhofaza qilish va oshkor qilmaslikka, shuningdek axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi kutilmagan holatlar yuzaga kelganda dasturiy-texnik majmua tizimining (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) ishlashini tezkor tiklashga va bunday vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari, yoʻriqnomalarga ega boʻlishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Rahbar hisobga olish registrlaridan ruxsatsiz foydalanish va ularning tarkibidagi axborotni bunday axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga uzatilishining oldini olishni quyidagi choralarni koʻrish yoʻli bilan taʼminlashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar doirasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir foydalanuvchi uchun turli foydalanish darajalarini va ruxsat etilgan funksiyalarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning foydalanish parollarini almashtirish davriyligi va tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rahbar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiq axborot xavfsizligi boshqarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlarining ishi buzilishiga olib keladigan ularni qayta ishlash va saqlashning texnik vositalariga taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur texnik vositalar, apparat resurslari va zaxiralash tizimlarining mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlarni axborot xavfsizligi sohasidagi siyosat, axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar yuz berganda masʼul xodimlarning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi yoʻriqnomalar talablariga davriy oʻqitilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlarining muhofazalanganlik darajasini taʼminlashning doimiy nazoratini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsion kun davomida dasturiy-texnik majmuaning uzluksiz ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan ruxsatsiz foydalangan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish choralari koʻrilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlashning texnik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektron yozuvlar dasturiy-texnik majmuadan foydalangan holda hisobga olish registrlarida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dasturiy-texnik majmua quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlaridan foydalanganda foydalanuvchilarni shaxsiy elektron raqamli imzo va (yoki) login va parol orqali identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, avtorizatsiyalash va roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga hisobga olish registrlaridan foydalanish imkoniyatini ularning foydalanish darajasiga va hisobga olish registrlarida operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha funksiyalariga muvofiq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlaridan foydalanishni faqat muayyan avtomatlashtirilgan ish joylaridan tashkil qilish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hodisaning vaqtini qayd qilgan holda tizimga kirish va (yoki) tizimdan chiqish, hisobga olish registrlarida operatsiyalarni oʻtkazish fakti boʻyicha foydalanuvchilarni avtomatlashtirilgan roʻyxatga olish, shuningdek tizimdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlarni qayd qilish jurnalini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlaridan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar va ruxsatsiz foydalanish faktlarini oʻz vaqtida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan ruxsatsiz foydalanishga urinish holatlarida tizimni bloklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim maʼmuri tomonidan yoki uning talabiga koʻra oʻrnatiladigan muayyan davriylik bilan parolni oʻzgartirish uchun soʻrovni foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan tarzda yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlarining zaxiralangan nusxalarini shifrlangan koʻrinishda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlaridan ruxsatsiz foydalanish oqibatida yoki dasturiy-texnik majmua ishidagi buzilish oqibatida modifikatsiyalangan yoki yoʻq qilingan hisobga olish registrlarini tezkorlik bilan tiklash imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dasturiy-texnik majmuaning server uskunalari joylashtirilgan xonalar ularga kirishni nazorat qilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash maqsadida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga olish registrlarini zaxiralashning quyidagi uch darajali sxemasidan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi daraja — zaxiralash asosiy serverda hisobga olish registrlarining aksini real vaqt rejimida yaratgan holda amalga oshiriladi. Zaxiralashning ushbu darajasi tizim ishi buzilganda uni avtomatik va tezkorlik bilan tiklash uchun xizmat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi daraja — zaxiralash alohida xonada joylashgan, asosiy serverning toʻliq nusxasi boʻlgan replikatsiya serverida real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi daraja — zaxiralash asosiy serverdan kamida uch kilometr masofada joylashgan alohida serverda amalga oshiriladi, bunda hisobga olish registrlarining arxiv nusxasi operatsion kunning yakunida bir sutkada bir marotaba avtomatik tarzda yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxiralashning har bir keyingi darajasi avvalgi zaxiralash darajasining samarasizligida tizim ishini tiklash uchun xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Zaxiralashning har bir darajasida ushbu darajaning zaxiralash sxemasi talablariga javob beruvchi bir nechta zaxira serveri yaratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tizimning ishdan chiqishga chidamliligi va ishonchliligini oshirish maqsadida zaxiralashning qoʻshimcha darajalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hisobga olish registrlarini zaxiralash boʻyicha ishlarning holatini oʻrganish maqsadida rahbarning qaroriga koʻra masʼul xodimlardan iborat tegishli komissiya tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning shaxsiy tarkibi, aʼzolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, oʻrganish oʻtkazish tartibi rahbar qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya har chorakda, shu jumladan zaxiralash masofada joylashgan alohida serverda amalga oshirilganda, joyiga borgan holda, zaxiralash boʻyicha ishlarning holatini oʻrganadi va oʻrganish natijalariga koʻra bayonnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma oʻrganish tugaganidan soʻng ikki ish kuni davomida tuziladi va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tarkibi, uning aʼzolarining toʻliq F.I.O.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma tuzilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralashning turli darajalarida saqlanadigan zaxiralangan axborot hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Asosiy serverni joylashtirish va istalgan darajadagi zaxiralash faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining ishchi stansiyalari va server uskunasi talab etilgan quvvat va zaxira elektr taʼminotiga oʻtish vaqtini hisobga olgan holda zarur boʻlgan avtonom ishlash vaqtiga ega boʻlgan mahalliy uzluksiz taʼminot manbalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya vositachisining server uskunasi va ishchi stansiyalari talab etilgan quvvat va 30 daqiqadan kam boʻlmagan avtonom ishlash vaqtiga ega boʻlgan mahalliy uzluksiz taʼminot manbalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi server uskunasining uzluksiz taʼminot manbai ikkinchi aynan shunday uzluksiz taʼminot manbai koʻrinishidagi tezkor zaxiraga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi dasturiy-texnik majmuasining elektr taʼminotini zaxiralash kichik elektr stansiyadan keluvchi asosiy elektr taʼminot kirishi va avtonom zaxira generatoridan keluvchi zaxira elektr taʼminot kirishining mavjudligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira generatori boshqa manbalardan elektr taʼminoti yoʻqolganda oʻttiz minut vaqt ichida elektr taʼminoti uzatilishini taʼminlashi va generatorning kamida bir sutka davomida ishlashi uchun yetarli boʻlgan yonilgʻi zaxirasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rahbarlar va masʼul xodimlar elektron yozuvlarning but saqlanishi, maxfiyligi, butunligi va ishonchliligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 617-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)