Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019 01.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2736
ONLINE TRANSLATE
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori, 01.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2736
Kuchga kirish sanasi
09.12.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019
Hujjat 09.12.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 1-dekabrda 2736-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 428-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2736-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. QURBONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k-8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6, k-8-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi va “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlarini (bundan buyon matnda hisobga olish pribori deb yuritiladi) qiyoslashdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy isteʼmolchi (isteʼmolchi) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (bosh ishonchnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomidan shartnoma tuzuvchi elektr taʼminoti korxonasi) bilan elektr taʼminoti shartnomasini tuzgan va elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr taʼminoti shartnomasi asosida isteʼmolchilarga elektr energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr taʼminoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiyoslashdan oʻtkazish ishlari — elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish (demontaj qilish), uni qiyoslashdan oʻtkazish, qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborini isteʼmolchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish (montaj qilish) boʻyicha bajariladigan ishlar (xizmatlar) majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish priborlari belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish priborlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy qiyoslashdan — hisobga olish priborlarini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdan tashqari qiyoslashdan — hisobga olish priborlarining qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert qiyoslashdan — hisobga olish priborlarining sozligi yoki ularning qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisobga olish priborlarining qiyoslashlararo interval muddati toʻrt yilni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektr taʼminoti korxonasi oʻzining maʼlumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati oʻtishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan oʻtkazishning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hisobga olish priborini navbatdan tashqari qiyoslashdan oʻtkazish elektr taʼminoti korxonasi tashabbusi bilan oʻtkazilganda, qiyoslashdan oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hisobga olish pribori ekspert tekshiruvidan surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga) asosan oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish ishlari elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tashkil etiladi. Bunda kelgusi yil uchun hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish ishlari boʻyicha reja-jadval ishlab chiqiladi va har yili 20-dekabrga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga imzo qoʻydirgan holda xabarnoma taqdim etiladi. Xabarnoma ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, isteʼmolchi tomonidan imzolangan ikkinchi nusxasi esa, elektr taʼminoti korxonasida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborini qiyoslashdan oʻtkazish uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborini echib olish uchun elektr taʼminoti korxonasi xodimi boradigan kun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma yuborayotgan elektr taʼminoti korxonasining rekvizitlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa zarur maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xabarnomaga qiyoslashdan oʻtkazish uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa koʻrsatilgan toʻlov hujjati ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xabarnomani keltirgan shaxs isteʼmolchini yashash joyida topmasa, xabarnoma u bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga yoki u bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan shaxsga, ular ham boʻlmasa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga topshiriladi. Bunday hollarda xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek xabarnoma yuborilgan isteʼmolchining kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol isteʼmolchiga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Isteʼmolchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, xabarnomani keltirgan shaxs uning ikkinchi nusxasiga isteʼmolchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi. Bu maʼlumotlar tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlov isteʼmolchi tomonidan qiyoslashdan oʻtkazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kam taʼminlangan isteʼmolchilar, ularning kam taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan, hisobga olish priborini qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summani 6 oy ichida toʻlashi mumkin. Bunda qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlov elektr taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi oʻrtasida qiyoslashdan oʻtkazish ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan qiyoslashdan oʻtkazish elektr taʼminoti korxonasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish (demontaj qilish), qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborini isteʼmolchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish (montaj qilish) elektr taʼminoti korxonasining shtatdagi elektrotexnik xodimi (bundan buyon matnda vakolatli xodim deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qiyoslashdan oʻtkazish ishlari hisobga olish pribori echib olingandan soʻng 15 kun ichida yakunlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun echib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Isteʼmolchi tomonidan qiyoslashdan oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, uch ish kuni ichida hisobga olish priborini echib olish uchun elektr taʼminoti korxonasi tomonidan vakolatli xodim yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli xodim soat 8.00 dan 20.00 gacha isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish va oʻrnatish uchun kelish huquqiga ega. Bunda vakolatli xodim oʻz xizmat guvohnomasini isteʼmolchiga koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hisobga olish priborini echib olishda vakolatli xodim isteʼmolchi ishtirokida hisobga olish pribori va oʻrnatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish pribori echib olinganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi nusxasi elektr taʼminoti korxonasida qoladi, uchinchi nusxasi esa, davlat metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaning barcha nusxalari vakolatli xodim va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning echib olingan vaqtdagi koʻrsatkichlari hamda boshqa zarur maʼlumotlar qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchi vakolatli xodim oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektr taʼminoti korxonasida qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborlarining almashtirish fondi mavjud boʻlganda, isteʼmolchining hisobga olish pribori echib olingandan soʻng, uning oʻrniga almashtirish fondidan belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish pribori oʻrnatiladi hamda belgilangan tartibda sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elektr taʼminoti korxonasining almashtirish fondi mavjud boʻlmaganda, hisobga olish pribori echib olinganidan soʻng, vakolatli xodim qiyoslashdan oʻtkazish ishlari davom etadigan davrga isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga toʻgʻridan toʻgʻri, hisobga olish priborisiz ulab qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Isteʼmolchi hisobga olish priborisiz elektr tarmoqlariga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan taqdirda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli xodim hisobga olish priborini, u echib olingandan soʻng uch ish kuni ichida davlat metrologiya xizmati organiga uning echib olinganligi haqidagi dalolatnoma bilan birgalikda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish priborida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish priborining turi va zavod raqami aniq boʻlmasa yoki u shikastlangan holatda boʻlsa, davlat metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish priborini qabul qilib olgan davlat metrologiya xizmati organi xodimi uning qabul qilganligini tegishli jurnalda qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hisobga olish priborini qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va davlat metrologiya xizmati organi xodimi hamda vakolatli xodim tomonidan imzolanadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchisi esa, davlat metrologiya xizmati organida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilinganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan davlat metrologiya xizmati organi oʻrtasida hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish va taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish pribori uch ish kuni ichida qiyoslashdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiyoslashdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobga olish pribori ishlatishga yaroqli deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat rasmiylashtiradi hamda vakolatli xodimga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hisobga olish priborining hisoblash mexanizmi va rostlash elementlariga ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida hisobga olish priborining kojuxlari mahkamlangan joy davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qiyoslashdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobga olish pribori keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Xabarnomada hisobga olish priborining yaroqsiz holga kelish sabablari, shuningdek hisobga olish priborini taʼmirlash mumkinligi yoki uni taʼmirlash imkoni mavjud emasligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish priborini taʼmirlash mumkin boʻlsa, vakolatli xodim isteʼmolchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida taʼmirlash tashkilotiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hisobga olish pribori taʼmirlangandan soʻng, u taʼmirlaganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, taʼmirlash tashkilotida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hisobga olish pribori taʼmirlangandan soʻng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hisobga olish priborini qayta qiyoslashdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi shu kunning oʻzida hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, hisobga olish priborining kojuxlari mahkamlangan joyini plombalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Hisobga olish pribori qayta qiyoslashdan oʻtkazilganda ham foydalanishga yaroqsiz deb topilgan hollarda, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga olish pribori oʻrnatib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan elektr energiyasini hisobga olish priborini buzish holatlari isteʼmolchining aybi bilan sodir etilganda, hisobga olish priborini almashtirish, qiyoslashdan oʻtkazish, taʼmirlash, oʻrnatish xarajatlari va koʻrsatilgan xizmatlar haqi isteʼmolchi tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Hisobga olish priborini ekspert qiyoslashdan oʻtkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vakolatli xodim qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborini oʻrnatib, uning klemmnik qopqogʻini (sxemasini) plombalaydi va isteʼmolchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Hisobga olish pribori oʻrnatilgandan soʻng, bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning oʻrnatilgan vaqtdagi koʻrsatkichlari hamda boshqa zarur maʼlumotlar qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma vakolatli xodim hamda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, elektr taʼminoti korxonasida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qiyoslashdan oʻtkazish ishlarini bajarishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 29-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 610-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2736-1/0272-son; 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)