O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari xizmatlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya qilishda ayrim rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan mas’uliyatsizlik to‘g‘risida” 2015-yil 6-noyabrdagi 321-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar sharoitida ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha kasbiy mahorat va malakani rivojlantirish asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining zaxirasini shakllantirish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini (keyingi o‘rinlarda maqsadli o‘qitish kurslari deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining sifatli zaxirasini shakllantirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida (keyingi o‘rinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi);
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining sifatli zaxirasini shakllantirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etiladi.
ishdan ajralgan holda maqsadli o‘qitish kurslariga yuboriladigan tinglovchilar uchun o‘qitishning butun davrida egallab turgan lavozim va asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishdan ajralgan holda maqsadli o‘qitish kurslariga yuboriladigan boshqa hududlardan kelgan tinglovchilar tegishli ravishda Bosh ilmiy-metodik markazda va Institutda yashash joylari bilan ta’minlanadilar, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qitish joyiga borish va kelish uchun bir martalik yo‘lkira xarajatlari qoplanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maqsadli o‘qitish kurslarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ta’lim” sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lari doirasida Bosh ilmiy-metodik markaz va Institut ta’minoti uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
bir oy muddatda — maqsadli o‘qitish kurslarini yuqori tashkiliy va kasbiy darajada o‘tkazish uchun zarur normativ, o‘quv, metodik va moddiy-texnik baza yaratish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
maqsadli o‘qitish kurslari doirasida ta’lim jarayoni sifatli tashkil etilishi va natijalar yuzasidan tizimli tahlil, monitoring olib borilishini, shuningdek rahbarlik lavozimlarida ishlash uchun kadrlar tayyorlashning talab etiladigan darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikma va layoqatlarning rivojlanish dinamikasini baholashni doimiy asosda amalga oshirsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda zaxiraga tanlashda hamda nomzodlarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etishda maqsadli o‘qitish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlar tarkibidan eng malakali, tashabbuskor va istiqbolli shaxslarning tavsiya qilinadigan kadrlarning tegishli ro‘yxatlariga kiritilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini (keyingi o‘rinlarda maqsadli o‘qitish kurslari deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasini (keyingi o‘rinlarda boshqaruv kadrlari zaxirasi deb ataladi) shakllantirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish, boshqaruv lavozimlariga tayinlashda moslashish davrini qisqartirish, kadrlarning kasbiy va ishbilarmonlik faolligi samaradorligini oshirish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
3. Maqsadli o‘qitish kurslariga ushbu Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv lavozimlari kadrlar zaxirasiga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv lavozimlari kadrlari zaxirasiga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tanlanadigan shaxslar qabul qilinadilar.
4. Boshqaruv kadrlari zaxirasi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv lavozimlariga tayinlash uchun nomzodlarni tanlashning manbai hisoblanadi.
5. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga tanlanadigan shaxslar maqsadli o‘qitish kurslariga ular zaxira sifatida tanlanadigan tegishli lavozim bo‘yicha bir marta yuboriladilar.
6. Maqsadli o‘qitish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar maqsadli lavozimlar uchun boshqaruv kadrlari zaxirasiga 3 yil muddatga kiritiladilar va ta’lim muassasasining tegishli turi bo‘yicha rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etishda muayyan ustunlikka ega bo‘ladilar.
7. Asosiy ishdan ajralgan holda o‘qishda maqsadli o‘qitish kurslarining jami davomiyligi 8 haftani (352 soatni) tashkil etadi. Bunda auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlashning eng yuqori hajmi haftasiga 44 soat etib belgilanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini bevosita, shu jumladan masofadan o‘qitish shakllarining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Umumiy tashkiliy-metodik rahbarlik hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi bilan ishlashni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kadrlar masalalari boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
9. Ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘qitishning samarali tizimini shakllantirish yo‘li bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilimlari, mahorati va malakasini, ishbilarmonlik sifatlarini takomillashtirish maqsadli o‘qitish kurslarining maqsadi hisoblanadi.
10. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi, ta’lim muassasalarini boshqarishning tashkiliy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, moliya-iqtisodiy, pedagogik-psixologik asoslari bo‘yicha bilimlar, mahorat va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadli o‘qitish kurslarining vazifasi hisoblanadi.
11. Maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, shuningdek boshqaruv sohasida jahonda erishilgan yutuqlar va boshqaruv vakolatlarini shakllantirishga qo‘yiladigan talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar ta’lim muassasalarida boshqaruv faoliyatiga kadrlar zaxirasi tayyorgarligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan umumiy talablar hisoblanadi:
boshqaruv faoliyatining mohiyatini, asosiy vazifalari va usullarini, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish texnologiyasini bilish;
kasbiy faoliyat tegishli bo‘lgan tizim ishlashining qonunchilik va iqtisodiy asoslarini, ma’muriy va mehnat huquqi asoslarini, fuqarolik va mehnat nizolarini hal etish tartibini bilish;
ta’lim muassasasiga samarali rahbarlik qilish usullarini, turli toifali xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish tizimini bilish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tarixini, zamonaviy tuzilmasini va uni rivojlantirish istiqbollarini, davlat ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va ushbu sohadagi xorijiy tajribani bilish;
milliy g‘oya asosida yoshlar va xodimlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar olib borish tamoyillarini bilish;
ta’lim muassasalari faoliyatining holati va dinamikasini xolisona tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
ma’naviy-axloqiy jihatlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasining (bo‘linmaning) faoliyati maqsad va vazifalarini to‘g‘ri shakllantirish mahoratiga ega bo‘lish;
ta’lim muassasasi va uning bo‘linmasini rivojlantirish loyihalari va rejalarini ishlab chiqish va baholash, rejalar va qarorlarni amalga oshirishning oqibatlarini prognozlashtirish va baholash mahoratiga ega bo‘lish;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni o‘zlashtirishni samarali tashkil etish mahoratiga ega bo‘lish;
ta’lim muassasasi va uning bo‘linmalari faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy hujjatlarni tuzish mahoratiga ega bo‘lish;
intellektual mulkni muhofaza qilish va ishlab chiqarish axborotini himoya qilishning zamonaviy usullarini jalb etgan holda elektron texnologiyalardan foydalanish asosida sifatli ish yuritilishini tashkil etish va uni qo‘llab-quvvatlash mahoratiga ega bo‘lish;
kompyuter texnikasida va Internetning butunjahon tarmog‘ida ishlash ko‘nikmasiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlikning sifat darajasi, shuningdek “Elektron hukumat” tizimini qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
rejalashtirishning, muammolarni hal etishning muqobil variantlarini ishlab chiqishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, ularni tahlil va sintez qilish, maqbul yechimlar topish qobiliyatiga ega bo‘lish;
ta’lim muassasasi (bo‘linma) faoliyatini nazorat qilish, ichki va tashqi baholash usullarini o‘zlashtirish;
o‘z faoliyati va hamkasblar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyat jarayonida ta’lim olish va mustaqil o‘qish usullarini, kommunikativ vazifalarni hal etish texnikalarini, ishbilarmonlik layoqati ko‘nikmalarini, kasbiy leksikani, ishbilarmonlik suhbatlari, yig‘ilishlar va muzokaralarni yuritish usullarini, mehnat jamoalaridagi nizolarning oldini olish va hal etish vositalarini o‘zlashtirish;
har xil tashkilotlarda kasbiy vazifalarni hal etish bo‘yicha amaliy faoliyat qobiliyatlarining mavjudligi;
o‘zini o‘zi kamol toptirishga (o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash va o‘zini o‘zi rivojlantirish), o‘zini ijodiy namoyon qilishga barqaror intilishni egallash;
ta’lim muassasasi faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishini prognoz qilish va baholash mahorati;
ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, yashirin zaxiralarni aniqlash, muammolarni qismlarga ajratish va ularni hal etishning samarali yo‘llarini topish mahoratiga ega bo‘lish;
fahm-idrok, intellektual yetuklik va muammolarni, vaziyatlarni ekspert baholash qobiliyati, moslashuvchanlik;
sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish, jismoniy kamol topish uquvi va ko‘nikmasini egallash;
o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki tarzda (shu jumladan katta auditoriyada) ravon bayon qilish qobiliyatlarini egallash;
13. Maqsadli o‘qitish kurslarining mazmuni boshqaruv kadrlari tomonidan yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi.
O‘qitish sifati tinglovchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ularning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarining boshqaruv kadrlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi bilan belgilanadi.
14. Quyidagilar maqsadli o‘qitish kurslarining ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:
maqsadli o‘qitish kurslariga umumiy rahbarlik qiladi, ularning o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
har yili 1-sentabrgacha — oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni tanlaydi va maqsadli o‘qitish kurslariga yuboriladigan tinglovchilarning dastlabki kontingentini aniqlaydi;
har yili 1-oktabrgacha — tinglovchilarning aniq sonini va o‘qitish muddatlarini ko‘rsatgan holda oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini o‘tkazishning reja-jadvalini tasdiqlaydi;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasining talab etiladigan malakasini ta’minlash bo‘yicha maqsadli topshiriqlarni tasdiqlaydi;
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini o‘qitish sifati yuzasidan umumiy nazorat o‘rnatadi;
maqsadli o‘qitish kurslari bitiruvchilarining kasbiy o‘sishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitishga umumiy rahbarlik qiladi, o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
har yili 1-sentabrgacha — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni tanlaydi va maqsadli o‘qitish kurslariga yuboriladigan tinglovchilarining dastlabki kontingentini aniqlaydi;
har yili 1-oktabrgacha — tinglovchilarning aniq sonini va o‘qitish muddatlarini ko‘rsatgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlaydi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasining talab etiladigan malakasini ta’minlash bo‘yicha maqsadli topshiriqlarni tasdiqlaydi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini o‘qitish sifati yuzasidan umumiy nazorat o‘rnatadi;
maqsadli o‘qitish kurslari bitiruvchilarining kasbiy o‘sishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi):
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni ta’lim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini hisobga olgan holda ishlab chiqadi;
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslari uchun o‘quv, metodik, axborot-tahlil adabiyotlarini ishlab chiqadi;
har yili 1-noyabrdan boshlab tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘qitishning modul tizimini qo‘llagan holda, umumiy e’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablarini hisobga olgan, shuningdek o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etadi;
nazariy o‘qitishning boshqaruv faoliyati amaliyoti bilan mustahkam aloqasini, o‘quv jarayoni davomida egallangan nazariy bilimlarni, shuningdek o‘qitish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan bitiruv malaka ishlarining asosiy qoidalari va xulosalarini amaliyotda chuqurlashtirish uchun tinglovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida, bo‘linmalarida, bazaviy oliy ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqarish davlat organlarida majburiy stajirovkalari tashkil etilishini ta’minlaydi;
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini ishdan ajralgan holda o‘qitadi;
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarining zarur sifat darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi;
boshqaruv kadrlari tayyorlash bo‘yicha samarali xorijiy tajribani va eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi):
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ta’lim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini hisobga olgan holda ishlab chiqadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslari uchun o‘quv, metodik, axborot-tahlil adabiyotlarini ishlab chiqadi;
har yili 1-noyabrdan boshlab tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘qitishning modulli tizimini qo‘llagan holda, umumiy e’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablarini hisobga olgan, shuningdek o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etadi;
nazariy o‘qitishning boshqaruv faoliyati amaliyoti bilan mustahkam aloqasini, o‘quv jarayoni davomida egallangan nazariy bilimlarni, shuningdek o‘qitish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan bitiruv malaka ishlarining asosiy qoidalari va xulosalarini amaliyotda chuqurlashtirish uchun tinglovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida, bo‘linmalarida, ta’limni boshqarish davlat organlarida majburiy stajirovkalari tashkil etilishini ta’minlaydi;
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini ishdan ajralgan holda o‘qitadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarining zarur sifat darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi;
boshqaruv kadrlari tayyorlash bo‘yicha samarali xorijiy tajribani va eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi.
har yili 1-avgustgacha kontingentni shakllantiradi hamda tanlangan shaxslarni ko‘rib chiqish va keyinchalik oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi tarkibiga kiritish uchun bo‘ysunish bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga tavsiya qiladilar;
maqsadli o‘qitish kurslari bitiruvchilarining kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadilar va ularning kasbiy faoliyati monitoringini olib boradilar.
har yili 1-avgustgacha kontingentni shakllantiradilar hamda ko‘rib chiqish va tanlangan shaxslarni keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi tarkibiga kiritish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga tavsiyalarni taqdim etadilar;
maqsadli o‘qitish kurslari bitiruvchilarining kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadilar va ularning kasbiy faoliyati monitoringini olib boradilar.
21. Tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 15-avgustgacha boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritish taklif etilayotgan shaxslar to‘g‘risida ta’lim muassasalaridan olingan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadilar va umumlashtiradilar hamda nomzodlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuboradilar.
22. Boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi — bu barcha mezonlar bo‘yicha o‘zlarini ijobiy jihatdan ko‘rsatgan, yakka tartibda tanlash va ular faoliyatini kompleks baholash asosida shakllantirilgan zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlar kontingentidir.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasiga nomzodlarni tanlash tartibi 2-ilovada keltirilgan.
24. Boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi tarkibiga kiritish uchun shaxslarni tanlash, qoidaga ko‘ra, lavozimlarning quyidagi toifalari bo‘yicha kontingent orasidan amalga oshiriladi:
oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) lavozimiga — boshqaruv ishida kamida 10 yil tajribaga ega bo‘lgan prorektorlar (filiallar direktorlari o‘rinbosarlari) va fakultetlar dekanlari kontingentidan tayinlanadi;
oliy ta’lim muassasasining prorektori (filial direktori o‘rinbosari) lavozimiga — boshqaruv ishida kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lgan fakultetlar dekanlari va kafedralar mudirlari kontingentidan tayinlanadi. Bunda moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimidagi zaxiraga faqat iqtisodiyot yoki muhandis-texnik sohada bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar kiritiladi;
oliy ta’lim muassasasi dekani lavozimiga — boshqaruv ishida kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lgan fakultetlar dekanlari o‘rinbosarlari va kafedralar mudirlari kontingentidan, ilmiy-pedagogik ishda kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lgan ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar tarkibidan;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori lavozimiga — boshqaruv ishida kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlari o‘rinbosarlari, tegishli iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek oliy ta’lim muassasalari fakultetlarining dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedralarning mudirlari kontingentidan;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining o‘rinbosari lavozimiga — tegishli iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining yetakchi pedagog va mutaxassislari, shuningdek oliy ta’lim muassasalari fakultetlarining boshqaruv ishida kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lgan dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari kontingentidan tayinlanadi. Bunda direktorning moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi zaxirasiga faqat iqtisodiyot yoki muhandis-texnik sohada bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar kiritiladi.
oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktorlari lavozimiga tayinlanadiganlar — 45 yoshdan oshmagan;
oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktorlari lavozimlariga — 40 yoshdan oshmagan;
26. Boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi tarkibiga nomzodlarni tanlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazida tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (o‘rinbosari) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi direktori raisligida komissiyalar (keyingi o‘rinlarda komissiyalar deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiyalarning raislari hamda a’zolari oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi tarkibiga shaxslarni tanlashda nomzodlarning ishchanligi va shaxsiy sifatlarini baholashning ishonchliligi va xolisonaligi uchun javob beradilar.
27. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni tasdiqlash tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan, komissiyalarning bayonnomalari bilan rasmiylashtirilgan tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasiga nomzodlarni tanlash tartibi, ularni tanlash uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar va hujjatlarning ro‘yxati, shuningdek tashkil etiladigan komissiyalarning ish tartibi va tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
28. Maqsadli o‘qitish kurslariga yuboriladigan shaxslarning har yilgi kontingenti oliy ta’lim muassasalaridagi tegishli lavozimlar bo‘yicha amaldagi rahbar kadrlar umumiy sonining 15 foizigacha hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi tegishli lavozimlar bo‘yicha amaldagi rahbar kadrlar umumiy sonining 5 foizigacha hisobidan shakllantiriladi.
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi uchun — Institutda tashkil etiladi.
30. Maqsadli o‘qitish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tegishli ravishda Bosh ilmiy-metodik markaz direktori hamda Institut direktori buyruqlari bilan, tasdiqlangan reja-jadvallar va asosiy ish joyi bo‘yicha buyruqlar asosida rasmiylashtiriladi.
Maqsadli o‘qitish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanadigan sanadan e’tiboran 3 kun muddatda rasmiylashtiriladi.
31. Maqsadli o‘qitish kurslari boshlangach ikki kun mobaynida o‘qishga kelmagan tinglovchi, kelmaganligi sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
Maqsadli o‘qitish kurslariga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda tinglovchi o‘qitishdan o‘tmagan deb e’tirof etiladi hamda oliy va o‘rta maxsus o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasi tarkibiga kiritilmaydi.
Tinglovchilarning maqsadli o‘qitish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining barcha holatlari to‘g‘risida Bosh ilmiy-metodik markaz va Institut tinglovchilarning asosiy ish joyidagi ma’muriyatni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini tegishli choralar ko‘rish uchun xabardor qiladilar.
32. Tinglovchida maqsadli o‘qitish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan uzrli sabablari mavjud bo‘lgan taqdirda ularning maqsadli o‘qitish kurslaridan o‘tish muddati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq keyingi muddatlarga ko‘chiriladi.
33. Tinglovchi 30 soatdan ortiq hajmdagi mashg‘ulotlarni uzrsiz sabablar bilan o‘tkazib yuborganligi uchun direktorning buyrug‘i bilan maqsadli o‘qitish kurslari tinglovchilari safidan chiqariladi hamda bu to‘g‘ridagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga va tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.
34. Maqsadli o‘qitish kurslari oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasi shakllantiriladigan lavozimlari toifalarining har biri uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari, dasturlari asosida tashkil etiladi.
35. Maqsadli o‘qitish kurslarida o‘quv jarayoni har yili 1-noyabrdan boshlab, tasdiqlangan reja-jadval asosida tashkil etiladi hamda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari, mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
36. Maqsadli o‘qitish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llanadi: ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil ravishda o‘qish, stajirovka, malaka ishini himoya qilish.
37. Auditoriya mashg‘ulotlari barcha turlarining davom etishi 80 daqiqani, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus — kamida 10 daqiqani tashkil qiladi.
38. Maqsadli o‘qitish kurslarida o‘quv jarayoni, odatda, kamida 25 nafar tinglovchidan iborat bo‘lgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
39. Maqsadli o‘qitish kurslaridan o‘tish davrida tinglovchilar tomonidan ularni kasbiy rivojlantirishning yakka tartibdagi rejalari tayyorlanadi, ularda tinglovchilarning boshqaruv va maxsus bilimlarga, amaliy mahorat va rahbarlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi tadbirlari nazarda tutiladi.
40. Tinglovchilarni kasbiy rivojlantirishning yakka tartibdagi rejalarida quyidagi bo‘limlar nazarda tutiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridagi jamiyatni, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik masalalari, milliy g‘oya asoslari, ta’limda menejment asoslari, ish yuritish asoslari o‘z ichiga oladigan nazariy tayyorgarlik;
rahbarlik va tashkilotchilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar, xorijiy til kurslari, ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’limni boshqarishning respublika va mahalliy organlarida, ta’lim muassasalaridagi stajirovkalarni o‘z ichiga oladigan amaliy tayyorgarlik.
41. Ta’limni va mustaqil ravishda ta’lim olishni uyg‘unlashtirish boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Tinglovchilarni kasbiy rivojlantirishning yakka tartibdagi rejalarida ularning dastlabki malakasi, mahorati, ko‘nikmalari va psixologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Tinglovchilar tomonidan kasbiy rivojlantirishning bajarilgan yakka tartibdagi rejalari natijalari bo‘yicha hisobotlar tuziladi, ular Bosh ilmiy-metodik markazda va Institutda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalariga taqdim etiladi.
42. Maqsadli o‘qitish kurslarida majburiy element sifatida tinglovchilarning stajirovkadan o‘tishi nazarda tutiladi, stajirovkalar tinglovchilarni kasbiy o‘qitishning mustaqil shakli hisoblanadi. Tinglovchilarning stajirovkasi vazirliklar, idoralar, oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tegishli tarmoqlarining tegishli tashkilotlarida tashkil etiladi.
43. Maqsadli o‘qitish kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun Bosh ilmiy-metodik markazning, Institutning yetakchi pedagog kadrlari, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va professor-o‘qituvchilar tarkibi, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengashlarning a’zolari, vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari tashkilotlarining yuqori malakali boshqaruv kadrlari va amaliyotchi mutaxassislari jalb etiladi.
44. Tinglovchilarni soatbay ish haqi to‘lash shartlarida o‘qitadigan pedagoglar tarkibining o‘quv yuklamasi hajmlari o‘quv yili mobaynida o‘quv ishlarining belgilangan normativlari bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan amalda bajariladigan o‘quv ishlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
45. O‘qish davrida har haftada o‘tilgan materiallar bo‘yicha maqsadli o‘qitish kurslari tinglovchilari o‘rtasida assismentlar (joriy nazorat ishlari) o‘tkaziladi, uning natijalari tinglovchilarning shaxsiy elektron ro‘yxatga olish kartasiga kiritiladi.
46. Maqsadli o‘qitish kurslari tinglovchilarining o‘quv jarayoni reyting tizimi asosida nazorat qilinadi. Reyting balini to‘plashda quyidagilar hisobga olinadi:
47. Malaka ishlarini himoya qilishga har haftadagi assismentlar, kasbiy rivojlantirishning yakka tartibdagi rejasini bajarish va har bir moduldan keyin o‘tkaziladigan test sinovlari yakunlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishgan tinglovchilar qo‘yiladi.
48. O‘qitish tugagach kurslarning tinglovchilari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori rahbarligida tashkil etiladigan tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlaridan, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat tarkibdagi attestatsiya komissiyalari o‘tkazadigan attestatsiyadan o‘tishlari kerak.
Attestatsiya komissiyalarining qarorlari tinglovchilarga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining istiqbolli zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat berish haqida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi.
49. Maqsadli o‘qitish kurslaridagi o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar ta’lim muassasasining tegishli turi bo‘yicha maqsadli lavozimlar zaxirasiga kiritiladi.
50. Maqsadli o‘qitish kurslaridagi o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan tinglovchi boshqaruv kadrlari zaxirasidan chiqariladi.
Tavsiya etilayotgan shaxslarni muayyan lavozimga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan boshqaruv organlari mazkur shaxsni egallab turgan lavozimida bundan buyon qoldirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlarining zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Maqsadli o‘qitish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat ofset usulida A4 formatdagi oq rangli qog‘ozda bosiladi, unda matn uchun — qora, rasmlarni tasvirlash uchun — yashil, havorang, qizil, fon uchun — och kulrang tusdagi beshta rangdan foydalaniladi.
Varaqning chap qismida, chet qismidan 10 mm masofada O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan eni 32 mm bo‘lgan lenta joylashtiriladi. Lentaning yuqori qismida 30 mm diametrli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, quyi qismida esa — 35 mm o‘lchamdagi ikkita tutash kvadratlardan iborat bo‘lgan sakkizta uchli yulduzning markazida — muhr uchun 25 mm diametrli oq tusdagi doira joylashtiriladi.
Sertifikat ikkita “ZK” lotin harflaridan va oltita raqamdan iborat bo‘lgan tartib raqamiga ega. Matnning hammasi bezakli rastrdan iborat bo‘lgan och kulrang fonda yoziladi.
| |||||||||
bo'yicha o’qitish kursini muvaffaqiyatli tugatdi. Muhr o`rni | |||||||||
Direktor | _______________ | _______________________________ | |||||||
Sana _______________ Qayd raqami______ |