O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUDUDIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, hududiy boshqaruv organlariga yuklangan funksional vazifalarning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek qishloq tumanlari hokimliklari tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qarori bilan belgilangan (7g-ilova) boshqaruv xodimlari soni doirasida 1-ilovaga muvofiq ayrim qishloq tumanlari hokimliklari tuzilmasiga hokimning birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi qo‘shimcha lavozimi kiritilsin.
2. Qo‘rg‘ontepa, Romiton, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Xazorasp va Sariosiyo tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasi tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-mart,
149-son
Boshqaruv apparati tuzilmasiga hokimning birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi lavozimi kiritilayotgan qishloq tumanlari hokimliklari ro‘yxati
|
T/r |
Qishloq tumanlari nomi |
Kiritilayotgan lavozim |
|
1. |
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Qorasuv shahri hokimi |
|
2. |
Buxoro viloyatining Romiton tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Gazli shahri hokimi |
|
3. |
Jizzax viloyatining Zomin tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Dashtobod shahri hokimi |
|
4. |
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Talimarjon shahri hokimi |
|
5. |
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Baxt shahri hokimi |
|
6. |
Xorazm viloyatining Hazorasp tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Pitnak shahri hokimi |
|
7. |
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Sharg‘un shahri hokimi |
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 30-martdagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
Qo‘rg‘ontepa, Romiton, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Xazorasp va Sariosiyo tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 151-modda)