21.11.2005 yildagi 92-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini shakllantirish hamda takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlansin (ilovaga binoan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-noyabrdagi 92-I-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLARI KOMPLEKSI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Masʼul

ijrochilar

1.

Senatning xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvchi quyidagi hujjatlarni qonunchilik hokimiyati islohotlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish, qabul qilish va takomillashtirish (kelishuvga binoan):

1) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining namunaviy reglamentini;

2) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari haqidagi namunaviy nizomni;

3) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyanomalarni.

Senat Kengashining Qarori

(kelishuvga binoan)

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

Senatning nazorat qilish sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish uchun shakllantirilgan ishchi guruhlari faoliyatida ishtirok etishga joylardagi senatorlarni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarini jalb etish

Rejaga muvofiq (kelishuvga binoan)

Senat qoʻmitalari

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining dasturiy nutq va maʼruzalariga muvofiq chora-tadbirlar ishlab chiqishga bagʻishlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʻtkazayotgan majlislarda Senat aʼzolarining ishtirok etishi

Rejaga muvofiq

Senat qoʻmitalari

4.

Oliy Majlis Senatining qarorlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborish

Qabul qilinishiga qarab

Senat Devoni

5.

Senat qoʻmitalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidan, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlaridan ularning tashkiliy-huquqiy faoliyati toʻgʻrisida axborotlar olishi, shuningdek ularga Senatning hamda Senat qoʻmitalarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot materiallarini yuborishi

Zaruratga qarab

Senat qoʻmitalari

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Senat aʼzolarining soʻzga chiqishi hamda ularning mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishi

Muntazam ravishda

Senat qoʻmitalari

7.

Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorlarning mintaqalarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida qabul qilingan qarorlarni tushuntirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etish, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, mahalliy Kengashlarning deputatlari bilan uchrashuvlar tashkil etish uchun borishi

Rejaga muvofiq

Senat qoʻmitalari

8.

Senatning ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar, davra suhbatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy Kengashlar bilan birgalikda oʻtkazishi

Rejaga muvofiq

Senat qoʻmitalari

9.

Senat aʼzolari tomonidan fuqarolarning qabul qilinishi

Senat Reglamentiga muvofiq

Senatorlar

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 11-son, 407-modda)