06.11.2015 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz davlat universiteti huzurida “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish markazini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish hamda ularga darsdan bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Surxon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish markazini (keyingi o‘rinlarda Sport-sog‘lomlashtirish markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport-sog‘lomlashtirish markazini barpo etish uchun Surxon daryosi sohiliga tutash hududdan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer maydonini belgilangan tartibda ajratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda tozalash, mavjud bino va inshootlarni buzish, vertikal rejalashtirish, har bir bino uchun (birinchi quduqqa qadar) tashqi muhandislik tarmoqlarini (ichimlik va oqova suv tarmoqlari), avtomobil yo‘llari va avtomobillar to‘xtab turish joylarini (infratuzilma ishlari bilan) qurish ishlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan loyihalash va pudrat tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari) bilan bog‘liq chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida qurilishi belgilangan yopiq suzish havzasini Sport-sog‘lomlashtirish markazi hududiga ko‘chirish va 2016-yil avgust oyigacha foydalanishga topshirish bo‘yicha 2015-yilgi manzilli dasturlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin hamda 2016-yilgi manzilli dasturlarni shakllantirish jarayonida Sho‘rchi tumanida yopiq suzish havzasi qurilishiga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Sport-sog‘lomlashtirish markazi hududida kanal o‘zanini hamda o‘zan suv oqimini muvofiqlashtiruvchi inshootni (shu jumladan 3 ta ko‘prik bilan birga) barpo etish bo‘yicha 2015-2016-yillarda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish manzilli dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini va 2 ta transformator punktini hamda har bir obyekt va inshootgacha past voltli elektr kabellari o‘tkazishni loyihalash va qurish ishlarini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar uchun past voltli elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirish va yangilash dasturi doirasida amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Sport-sog‘lomlashtirish markazidagi obyektlarni gaz bilan ta’minlash uchun qurilish-montaj ishlarini va uni loyihalash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan bajarishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Surxondaryo viloyati hokimligiga Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish loyiha-smeta hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda ishlab chiqishga, 2015-yil 31-dekabrgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va uning hududlarini obodonlashtirish uchun sement va metall prokati ajratilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazishni hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ilovasida keltirilgan obyektlar (xususiy tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobiga qurilgan obyektlardan tashqari) qurilishi yakunlangandan so‘ng ularning tezkor boshqaruv huquqi bilan Sport-sog‘lomlashtirish markaziga berilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda Sport-sog‘lomlashtirish markazining rahbarini tayinlasinlar va xodimlari shtat jadvalini hamda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilab qo‘yilsinki, Sport-sog‘lomlashtirish markazi ta’minoti xarajatlari tijorat faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishidan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sport-sog‘lomlashtirish markazining tasdiqlangan bosh rejasiga qat’iy amal qilgan holda, uning hududida xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisoblaridan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, iste’mol mollari do‘konlari, savdo shoxobchalari va boshqa bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.Y. Xodiyev va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 322-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz davlat universiteti huzuridagi “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan qurilish tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurish muddatlari) bilan bog‘liq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qurilishi belgilangan obyekt nomi

Moliyalashtirish manbai

Pudrat tashkilotlari nomi*

Bajarish muddati

I. Tashkiliy-tayyorgarlik va texnik tadbirlarni amalga oshirish

1.

Yer maydoni ajratish, hududni tozalash, u yerdagi mavjud binolarni buzish va vertikal rejalashtirish ishlarini amalga oshirish.

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Uzundavsuvmaxsus-pudrat” DUK

2015-yil

15-noyabr

2.

Obyektlarning loyiha-qidiruv ishlarini bajarish,

jumladan:

topogeodezik tasvirga olish;

geologiya-qidiruv ishlarini bajarish;

bosh reja tayyorlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, bino, inshoot va obyektlar

egalari mablag‘lari

Loyiha tashkiloti- “O‘zshaharsozlik-LITI” DUK, “O‘zsuvloyiha” AJ

Qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda

30-noyabrgacha

3.

Daryo suvini bir me’yorda taqsimlash imkonini beradigan (yon devorlari va tubi) betonlangan o‘zan va ko‘priklarni barpo etish

Investitsiya dasturi doirasida

“Uzundavsuvmaxsus-pudrat” DUK

2016-yil

1-iyul

II. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish

4.

Markaz hududini elektr energiyasi bilan ta’minlash (yuqori kuchlanishli tizimi va transformator punktini qurish, past kuchlanishli kabel tarmoqlarini o‘tkazish).

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari (Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida)

MK-6 korxonasi

2015-yil

25-dekabr

5.

Obyektlar uchun tashqi gaz tarmoqlari qurish.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z mablag‘lari

“O‘ztransgaz” AK tizimidagi tashkilotlar

2015-yil

25-dekabr

6.

Hududni ichimlik suv va oqova suvlar (kanalizatsiya) tizimi bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya nasos stansiyasi qurish.

Investitsiya dasturi doirasida

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-mart

III. Sport-sog‘lomlashtirish hamda ma’naviyat va ma’rifat obyektlarini qurish

7.

25 x 12 o‘lchamli yopiq suzish havzasini tegishli infratuzilma inshootlari bilan qurish.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-iyun

8.

200 o‘rinli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi va sog‘lomlashtirish markazi qurish.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari

“Kasaba qurilish ta'mir” korxonasi

2016-yil

20-dekabr

9.

Quyidagi ochiq sport maydonchalarini qurish:

4 ta kichik (mini) futbol maydoni;

2 ta voleybol maydoni;

2 ta basketbol maydoni;

2 ta qum qoplamali tennis korti;

2 ta maxsus “xard” qoplamali tennis korti;

ochiq suzish havzalari.

Mahalliy budjet mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Tadbirkorlar yoki “G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-may

11.

Infratuzilma binolarini qurish (mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, militsiya tayanch punkti, tibbiyot punkti).

Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-may

IV. Bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish

12.

Umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari (restoran, kafe, choyxona, yozgi salqin ichimliklar, muzqaymoq do‘konlari) hamda boshqa bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish.

Xususiy tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Tadbirkor yoki

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

25-iyul

13.

Kichik non tayyorlash sexi (non sotish shoxobchasi bilan) qurish.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari

“Profgrupp” MChJ

2016-yil

20-iyul

V. Tashqi qurilmalar obyektlarini qurish va obodonlashtirish ishlarini bajarish

14.

Sport-sog‘lomlashtirish markaziga kirish qismlarini qurish hamda uning hududini metall panjaralar bilan o‘rash.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“G‘affor” xususiy korxonasi

2015-yil

30-dekabr

15.

Sport-sog‘lomlashtirish markaziga kirish qismlari yonida avtomobil turar joylari qurish.

Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-avgust

16.

Tashqi qurilmalar va kichik arxitektura shakllari:

yozgi axborot markazi;

yozgi ayvonchalar;

hojatxonalar;

favvoralar;

skameykalar, urnalar va b.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-iyul

17.

Hududni obodonlashtirish:

asosiy yo‘llar;

sayr yo‘lakchalari;

tashqi yoritish tizimlari;

yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari;

hududni ko‘kalamzorlashtirish.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“G‘affor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-iyul

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Obyektlarga biriktirilgan pudrat tashkilotlari tomonidan ishlar sust yoki sifatsiz darajada olib borilgan taqdirda Surxondaryo viloyati hokimligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, mazkur obyektlarga pudrat tashkilotlarini tender savdolari o‘tkazmasdan, eng maqbul taklif tanlovi orqali tanlab biriktirishlari mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 208-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 305-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 576-modda; 2016-y., 25-son, 305-modda)