06.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2201-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 06.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2201-1
Kuchga kirish sanasi
09.11.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2201-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyxat raqami 2201, 2011-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27/2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF–3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Lombard krediti olmoqchi boʻlgan bank yuqoridagi talablarga javob berishi bilan birga Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (bundan buyon matnda OʻzRVB deb yuritiladi) davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun ochilgan hisobvaraqqa (bundan buyon matnda DEPO hisobvaragʻi deb yuritiladi) ega boʻlishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 12-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shartlari, muddatlari, likvidligi, emitentlarining mavqeyi va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Markaziy bank tomonidan lombard kredit taʼminoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qogʻozlari roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qimmatli qogʻozlarining hisobi DEPO hisobvaragʻida yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka mulk huquqi asosida tegishli ekanligi, bankning boshqa majburiyatlari bilan bogʻlanmaganligi hamda DEPO hisobvaragʻining ahvoli toʻgʻrisidagi koʻchirma bilan tasdiqlanganligi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 18, 22, 23 va 28-bandlardan “Depozitariydagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Kimoshdi savdolari natijalariga koʻra lombard kreditini olish huquqiga ega boʻlgan banklar operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish toʻgʻrisida OʻzRVBga DEPO topshiriqnomasini ijro uchun beradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Bank lombard kimoshdi savdolari oʻtkazilgan kunning ertasida soat 10:00 gacha Markaziy bankka bankning OʻzRVBga bergan DEPO topshiriqnomasi nusxasini hamda lombard kreditini berish toʻgʻrisida oʻzi tomonidan imzolangan shartnomani taqdim etadi. Topshiriqnomada bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga qimmatli qogʻozlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisida OʻzRVBning belgisi qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjatlar (OʻzRVBga berilgan DEPO topshiriqnomasining nusxasi va shartnoma) belgilangan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnomani tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 34-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi Depozitariysi” degan soʻzlar “OʻzRVB” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35. Garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarning hisobi bankning DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimida yuritiladi, ushbu boʻlimning operatori Markaziy bank hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga davlat qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish OʻzRVB tomonidan bankning DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi. “Garovga olingan” boʻlimidan bankning DEPO hisobvaragʻining boshqa boʻlimlariga davlat qimmatli qogʻozlarini oʻtkazish OʻzRVB tomonidan faqat Markaziy bank DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 37-banddagi “Depozitariyga” degan soʻz “OʻzRVBga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Garov sifatida olingan davlat qimmatli qogʻozlari” degan soʻzlar “Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Depozitariydan” degan soʻz “DEPO hisobvaragʻidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garovga berilgan davlat qimmatli qogʻozlari” degan soʻzlar “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Depozitariydan” degan soʻzlar “DEPO hisobvaragʻidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 74-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garovga berilgan davlat qimmatli qogʻozlari” degan soʻzlar “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2-ilova ushbu oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 6-ilovadagi “Depozitariydagi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha lombard kreditini olish toʻgʻrisida

‎‎ARIZA

‎‎Raqami _____________

‎‎20___ yil “____” _______________

‎‎________________________________________________________________

(qarz oluvchi bank nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazidagi vakillik hisobvaragʻining raqami
‎________________________________________________________________________

‎‎Aloqa manzilgohi: _________________________________________________________
‎‎telefon: ___________________ faks: _______________

‎‎20___ yilning “___” _________dan 20____ yilning “___” ______________gacha yillik ___________ foiz lombard foiz stavkasi boʻyicha ___________________________ soʻm

‎‎(summa raqamlarda va soʻz bilan yoziladi) ‎‎

miqdorida lombard krediti berishingizni soʻraymiz.‎‎

‎‎Kredit summasini yuqorida qayd etilgan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazishingizni soʻraymiz.

‎‎Kreditni taʼminlash uchun Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi _______________________-raqamli DEPO hisobvaragʻimizning “Garovga olingan” (operatori Markaziy bank hisoblangan) boʻlimidagi davlat qimmatli qogʻozlarni oʻtkazamiz.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya etilganligini tasdiqlayman.

‎‎Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi DEPO hisobvaragʻidan koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.

‎‎Bank vakolatli shaxsining imzosi __________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎M.Oʻ.

‎‎Markaziy bank tomonidan toʻldiriladi
‎‎Arizaning qayd raqami __________________
‎‎Ariza kelib tushgan sana 20___ yil “___” _______________
‎‎Hujjatlarni qabul qilish uchun masʼul shaxs imzosi _____________________________

(F.I.O.)”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 570-modda)