Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston avtotransport vositalaridan yoʻl yigʻimlari stavkalarini tenglik asosida qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 28-sentabrdagi 447-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh: Uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175,0 AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha yigʻim undiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-noyabr,
318-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 565-modda)