03.11.2015 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, taʼlim jarayoniga zamonaviy yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor usullarini faol joriy etish, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining zarur ixtisosli va maʼlumot darajasiga ega boʻlgan oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassislikka muvofiq ishga joylashtirish ishlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va oʻquv fanlari dasturlarini yangilash asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, oʻquv jarayoniga zamonaviy yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, talabalarning malaka amaliyotlarini tashkil etishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ishlab chiqarish talablarini va ilgʻor texnologiyalarni hisobga olgan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va pedagog kadrlarini, qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarini, shuningdek fermer xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi olimlar va tajribali mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish, qoʻshma tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, keyinchalik ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish yoʻli bilan qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining integratsiyasini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorligi mustahkamlanishiga koʻmaklashish, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish hamda professor-oʻqituvchilar tarkibining pedagogik va kasbiy saviyasini oshirish uchun xalqaro grantlarni jalb etish, axborotlarni va toʻplangan amaliy tajribani keng ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning izchilligi va uzluksizligini taʼminlash, oʻqituvchilar tarkibining kasb darajasini va oʻquv jarayoni sifatini oshirishda, oʻquv va metodik adabiyotlar tayyorlashda qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ham oliy taʼlim muassasalari bazasida, ham kasb-hunar kollejlarida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitishning butun tizimini, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish boʻyicha kompleks masalalarni qamrab olishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi institutining yangilangan ustavlarini ikki oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 20-dekabrgacha boʻlgan muddatda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari fakultetlari va kafedralarini yuqori malakali kadrlar bilan butlash, oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, darsliklar va oʻquv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2016/2017 oʻquv yilida respublika qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotasini ishlab chiqishda oʻrmon xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklar boʻyicha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarining talab yuqori boʻlgan yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha 2016-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda 2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq va suv xoʻjaligining yetakchi tashkilotlari va tarmoqlari bazasida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazishda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul bajaruvchilar

Amalga oshirish shakli

I. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojini aniqlash

1.

Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun mutaxassislarning lavozimlari va ishchilar kasblarining namunaviy nomenklaturasini, shuningdek fermer xoʻjaliklarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

2.

Fermer xoʻjaliklaridagi asosiy kasblar va lavozimlar boʻyicha tarif-malaka tavsiflarini ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

3.

Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoji prognoz parametrlarini aniqlash.

har yili
dekabrda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

4.

Fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun yangi lavozimlar va kasblarni joriy etishni, shuningdek mintaqaviy xususiyatlarni va kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilishning har yilgi kvotalari boʻyicha takliflarni shakllantirish.

har yili
yanvarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

5.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari kontingentini hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz parametrlarini aniqlash.

har yili
aprelda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

II. Davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini yangilash, zamonaviy, yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish

6.

Fermer xoʻjaliklarining, qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlarining xususiyatlarini va faoliyatini, mehnat bozori konyukturasini, lavozimlar va kasblarning yangi nomenklaturasini, kadrlardan foydalanuvchilarning mutaxassislarning bilimlariga, mahoratiga va kasbiy koʻnikmalariga boʻlgan zamonaviy talablarini hisobga olgan holda davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini takomillashtirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini oʻquv-metodik taʼminlashni yaxshilash.

2015-2016-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Davlat test markazi,
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

7.

Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha bakalavriat va magistratura ixtisosliklarining talab katta boʻlgan ochilayotgan yangi taʼlim yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2016-yil

may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

8.

Yangi pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy oʻquv va metodik adabiyotlardan foydalanish, ularning axborot-resurs markazlarini zamonaviy elektron-kutubxona tizimlari bilan jihozlash yoʻli bilan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni sifatini yaxshilash.

2015 — 2017-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

9.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi har bir oliy taʼlim muassasasida eng yaxshi bitirish malakaviy ishi, eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi va talabalar ilmiy konferensiyasidagi eng yaxshi maʼruza uchun tanlovlarni oʻtkazish.

har yili
aprel-mayda

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

Kelgusida ularni ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga aniq maqsadli tayyorlash uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan 100 nafar iqtidorli talabalarni tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish.

2015-yil
noyabr

Homiylar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan iqtidorli talabalar roʻyxatini har yili yangilab borish.

har yili

martda

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Kengashlarining aʼlochi talabalari uchun maxsus stipendiyalarni, shuningdek homiylarning 12 ta maxsus stipendiyalarini taʼsis etish.

har yili noyabrda

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Yaqin vaqtlarda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishni moʻljallayotgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilmiy-tadqiqot institutlarining (keyingi oʻrinlarda ilmiy muassasalar deb ataladi) 50 nafar eng yaxshi tayyorlangan katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish.

2015-yil

noyabr

Homiylar mablagʻlari

III. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining hamda qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tizimli asosda taʼminlash

a) Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

10.

Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash talablariga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash.

har yili 1-dekabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

11.

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

b) Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

12.

Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

13.

Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va oʻtkazish.

har yili

2015 — 2017-yillar jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

14.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida quyidagilar boʻyicha har yilgi qisqa muddatli kurslarni tashkil etish:

suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish boʻyicha;

suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash boʻyicha.

har yili

jadval boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

15.

Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha kasb-hunar kollejlarida suv xoʻjaligi hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek 2013-2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha davlat dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlarning mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

har yili

jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi tashkilotlarining va suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa manfaatdor tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

16.

Maxsus oʻquv auditoriyalarini va laboratoriyalarini, shuningdek suv xoʻjaligining demonstratsiya obyektlarini va dala uchastkalarini suv xoʻjaligi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-demonstratsiya materiallarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlash. Ularni suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishidagi eng yangi yutuqlar bilan yangilab borishni taʼminlash.

har yili

jadval boʻyicha

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti,

“Oʻzmeliomashlizing” DLK mablagʻlari,

suv xoʻjaligi tashkilotlari va homiylar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti,

“Oʻzmeliomashlizing” DLK,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori

17.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, Homiylar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari,

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

IV. Qishloq va suv xoʻjaligi, ilm-fan hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha taʼlimni integratsiyalashni chuqurlashtirish

18.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini tanlash va shakllantirishga jalb etish. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari boʻyicha ilmiy-innovatsiya loyihalarini tanlash boʻyicha tanlovlarda birgalikda ishtirok etishi.

2015 — 2017-yillar

jadval boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

19.

Ilmiy muassasalarning yetakchi ilmiy xodimlarini va ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislarini qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridagi pedagogik faoliyatga, qishloq va suv xoʻjaligida fan va texnikani rivojlantirishning eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqishga jalb etish.

doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida

Oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar,

manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

20.

Ilmiy muassasalar tomonidan qishloq va suv xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga jalb etish.

doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida

Ilmiy muassasalarning ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

21.

Talabalar, oʻqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining fakultetlari va yetakchi soha kafedralari kabinetlarini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Bajaruvchilar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining tashkilotlari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash

22.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari hamda yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

2015 — 2017-yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar

23.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xalqaro grantlarni jalb etish.

2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

24.

Axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash, pedagog kadrlarning yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalardagi stajirovkalarini tashkil etish. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida leksiyalar va maxsus mashgʻulotlar oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari

qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari,

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

VI. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni tubdan takomillashtirish hamda ularni ishga joylashtirish ishlarining samaradorligini oshirish

25.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish va homiylik qilish.

har yili jadval boʻyicha

Homiylar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari

26.

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashlari va ilmiy ishlanmalarning sinovlarini oʻtkazishlari uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi har bir oʻquv-tajriba xoʻjaligining 5 gektardan sugʻoriladigan yer maydonini davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdan ozod qilish.

2015-yil
noyabr-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon,
Buxoro, Samarqand,
Toshkent viloyatlari hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Samarqand,
Toshkent viloyatlari hokimliklari qarorlari

27.

Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun yetakchi xorijiy qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tashkilotlariga yuborish.

2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq

Xalqaro tashkilotlarning, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining grantlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar

28.

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Navoiy” qishlogʻi hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “ToshDAU Eksperimental muassasasi” oʻquv-tajriba xoʻjaligini tugatish, belgilangan tartibda quyidagilarni:

58,9 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan “VUZ AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyatga (“VUZ AGRO” MCHJ) meva, sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda 149,5 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun Oʻrta Chirchiq tumani hokimligining yer zaxirasiga berilishini;

binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent davlat agrar universitetiga, keyinchalik “VUZ AGRO” MCHJga begʻaraz foydalanishga berilishini taʼminlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari

29.

Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi “AQXI oʻquv-tajriba xoʻjaligi”ning Andijon viloyati Andijon tumani “Koʻyganyor” qishlogʻi hududidagi 9,7 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan Gʻalla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga hamda 143,3 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun Andijon viloyati Andijon tumani hokimligining yer zaxirasiga berish.

2015-yil dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari

30.

Davlat unitar korxonasi shaklida Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida “Veterinariya xizmati koʻrsatish ilmiy-amaliy markazini (“Vetservis”)” va “Naslchilik ilmiy-amaliy markazini (“Naslservis”)”, Andijon qishloq xoʻjaligi institutida — “Oʻsimliklarni biologik himoya qilish ilmiy-amaliy markazini (“Bioservis” IAM)” tashkil etish.

Tashkil etiladigan markazlar bazasida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etgan holda ularning amaliyot oʻtashini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti va Andijon qishloq xoʻjaligi institutining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

31.

Har yilgi mehnat yarmarkalarini, boʻsh oʻrinlar taqdimotlarini tashkil etgan, ommaviy axborot vositalarida bakalavrlar va magistrlarning bitirishi toʻgʻrisidagi obzorli va statistik materiallarni eʼlon qilgan holda, talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish va uch tomonlama shartnomalar tuzish yoʻli bilan bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish.

har yili,
aprel-iyun oylarida

Bajaruvchilar mablagʻlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar , manfaatdor tashkilotlar

Talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi shartnomalar

32.

Oʻzbekiston Femerlari kengashi hamda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar mablagʻlari

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilar-ning Chora-tadbirlari kompleksi

VII. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga oʻquv jarayonining sifatini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish

33.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini va dasturlarini amalga oshirishga jalb etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar

34.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish: “Qishloq xoʻjaligida menejment”, “Oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi”, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin”, “Elektroenergetika (suv xoʻjaligida)”, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”.

2016-2017 oʻquv yilidan boshlab

Bajaruvchilar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari

35.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish.

har yili, tasdiqlangan jadvallar asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

36.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlari tayyorlashga jalb etish.

2015 — 2017-yillar,
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

37.

Kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga jalb etishga doir manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy ravishda

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

VIII. Qishloq va suv xoʻjaligi so�asidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash

38.

Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etiladigan Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi binosini mukammal taʼmirlash, uni zarur oʻquv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash.

2015-2016-yillar

Homiylar mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

39.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish:

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakultetlarining oʻquv-laboratoriya korpusini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish;

Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining Zootexniya va qorakoʻlchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash;

Samarqand va Andijon qishloq xoʻjaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish.

2016-yildan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

40.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini, oʻquv-mashina-traktor parklarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya va texnologiya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebel, anjomlar, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash.

har yili

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining

ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doira-sida, homiylar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-avgustdagi 669-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 899-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 563-modda; 2017-y., 34-son, 899-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)